6.1-rasm. Ozuqa piramidasi.
Oziq zanjirining asosi hisoblangan o‘simlik massasi o‘txo‘r hayvonlarning
umumiy massasidan doimo bir necha barobar ko‘p bo‘ladi. Shunday qilib,
tabiatda ekologik piramida hosil bo‘ladi.
Hosildorlik piramidasi - energiyaning ozuqa zanjirlarida sarflanish
qonuniyatini ifodalaydi.
Yuqorida bayon etilgan oziq zanjirida biomassaning kamayib borishi qoidasi
grafik holida chizilsa, u piramidani eslatadi. Bunday holat birinchi marta 1927 yil
Ch.Elton tomonidan o‘rganilib, Elton piramidasi deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |