7.1-rasm. Biosferaning Yer geosferalari o‘rtasidagi o‘rni Hayotning yuqori chegarasi sayyorani ultrabinafsha nurlanishdan himoya
qiladigan «ozon qatlami» (22 km) dan o‘tkaziladi va biosferaning umumiy
qalinligi 33-35 km deb belgilanadi.
Biosfera atamasi 1875 yilda paydo bo‘lib, uni birinchi marta avstriyalik
geolog olim Eduard Zyuss – Yerning alohida qobiqlari - geosferalarini
o‘rganayotganida tirik organizmlar yashaydigan Yer qobig‘ini belgilash maqsadida
qo‘llagan.
Biosfera haqidagi ta’limotning asoschisi rus olimi, akademik V.I.Vernadskiy
(1863-1945) hisoblanadi. V.I.Vernadskiy birinchi bo‘lib Yer sayyorasi
evolyutsiyasida tirik organizmlarning roli va ahamiyatini ochib bergan, biosferani
biogeokimyoviy o‘rganishni boshlagan.
74
Biosferaning hosil bo‘lishida abiotik, biotik va noobiotik bosqichlar
ajratiladi.