Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   189
Bog'liq
ekologiya

Barqaror rivojlanish
 deganda hozirgi avlodlar hayotiy ehtiyojlarini kelgusi 
avlodlar  ehtiyojlarini  qondirishga  zarar  yetkazmasdan  amalga  oshiriladigan 
rivojlanish tushuniladi. Barqaror rivojlanish mazmun bo‘yicha ekologik rivojlanish 
tushunchasiga juda ham yaqindir. 
Konferenstiya quyidagi muhim hujjatlarni qabul qildi: 


226 
 

 
Atrof muhit va rivojlanish bo‘yicha Rio deklarastiyasi; 

 
Barcha  turdagi  o‘rmonlardan  unumli  foydalanish,  ularni  saqlash  va 
o‘zlashtirish tamoyillari to‘g’risidagi Bayonnoma; 

 
XXI  asrning  Kun  tartibi-jahon  hamjamiyatining  yaqin  kelajakning 
ekologik-iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga tayyorgarligiga 
yo‘naltirilgan hujjat. 
Bundan  tashqari  Konferenstiya  doirasida  Iqlim  o‘zgarishi  bo‘yicha 
chegaraviy  Konvenstiya  va  Biologik  xilma-xillikni  saqlash  Konvenstiyalari 
tayyorlandi. 
    27  tamoyildan  iborat  «Rio  deklarastiyasi»  xalqaro  huquqiy  hujjat  bo‘lib, 
unga  ko‘ra  davlatlar  boshqa  mamlakatlarning  muhitiga  zarar  yetkazadigan  har 
qanday  faoliyat  uchun  javobgarlikni  tan  olishi,  ekologik  qonunchilikning 
samaradorligini  oshirish,  falokatlardan  ogohlantirish,  ekologik  xavf  manbalarini 
boshqa davlatlar hududiga o‘tkazmaslikka chaqiradi. 
«XXI asrning Kun tartibi» insoniyatning yangi asrda barqaror taraqqiyotini 
ta’minlashga  qaratilgan  muhim  hujjat  bo‘lib,  unda  atrof  muhit  muhofazasi  va 
rivojlanishga  doir  muammolarni  hal  qilish  yo‘llari  va  vositalari  ko‘rsatilgan. 
Konferenstiya  qarorlarida  har  bir  alohida  mamlakatda  barqaror  rivojlanish 
konstepstiyasi va milliy darajada «XXI asrning Kun tartibi» ni ishlab chiqishi va 
amalga oshirish majburiyati yuklangan. 
«Rio-92»  Konferenstiyasida  o‘rmonlarning  tartibsiz  kesilishining  oldini 
olish  va  ularni  muhofaza  qilishga  qaratilgan  muhim  Bayonnoma  qabul  qilindi. 
Konferenstiyada eng dolzarb global muammolar- iqlimning o‘zgarishi va biologik 
xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Konvenstiyalarning imzolanishi boshlandi. 
«Rio-92»  Konferenstiyasi  alohida  davlatlar  va  jahon  hamjamiyati  barqaror 
rivojlanishining  strategik  vazifalarini  belgilab  berdi  va  uni  amalga  oshirishning 
tashkiliy, huquqiy va moliyaviy asoslarini ishlab chiqdi. 
1991yili  Sharqiy  Yevropa  va  SSSRdagi  totalitar  tuzum  inqirozga  uchradi. 
Jahon  urushi  xavfi  keskin  kamaydi    va  juda  katta  moliyaviy  resurslardan  tinchlik 
maqsadlarida  foydalanish imkoniyati vujudga keldi. 


227 
 
90-yillarda  alohida  davlatlar,  jahon  hamjamiyati,  halqaro  tashkilotlar  «XXI 
asrning Kun tartibi»ni amalga oshirish bo‘yicha harakatlarni amalga oshirdilar. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Rio  deklarastiyasini  ratifikastiya  qildi. 
O‘zbekiston  Iqlimning  o‘zgarishi  to‘g’risidagi  Konvenstiya  va  Biologik  xilma-
xillik  to‘g’risidagi  Konvenstiyalarga  qo‘shildi.  1998-yili  Barqaror  rivojlanish 
Konstepstiyasi tayyorlandi. 1999-yili Barqaror rivojlanishning Milliy strategiyasini 
ishlab  chiqildi.  2002-yili  O‘zbekistonda  «XXI  asrning  Kun  tartibi»  qabul  qilindi.  
O‘zbekiston  Respublikasida  barqaror  rivojlanishni  ta’minlash  ustuvor  masalaga 
aylandi. 
2000-yili Nyu-Yorkda Ming yilik Sammiti bo‘lib o‘tdi va unda «Ming yillik 
Deklarastiyasi»  qabul  qilindi.  Ming  yillik  rivojlanish  maqsadlariga  erishish 
bo‘yicha jahonning barcha mamlakatlarida sa’yi-harakatlar boshlandi. 
 Qilingan  ishlarni  sarhisob  qilish  maqsadida  2002-yil    Yoxannesburgda 
BMTning  Barqaror  rivojlanish  bo‘yicha  Butunjahon  Sammiti  bo‘lib  o‘tdi.  Unda 
«Barqaror  rivojlanish  Butunjahon  Sammiti  qarorlarini  bajarish  rejasi»  va 
«Yoxannesburg  deklarastiyasi»  qabul  qilindi.  Sammit  rejasida  sayyoramizning 
turli  mintaqalarida  baqaror  rivojlanishni  ta’minlashga  asosiy  e’tibor  berildi  va 
uning  tamoyillari  barqaror  rivojlanishning  uch  tarkibiy  qismi:  iqtisodiy  o‘sish, 
ijtimoiy  rivojlanish  va  atrof-muhit  muhofazasi  talablariga  javob  beradi. 
Butunjahon  Sammitida  qashshoqlikni  yo‘qotish  va  atrof  muhit  muammosi  bosh  
masalalar  sifatida  tahlil  qilindi.  Dunyodagi  rivojlanayotgan  kambag’al 
mamlakatlarda  1  mlrd.  dan  ortiq  aholi  doimiy  ovqat  yetshmasligi  sharoitlarida 
yashaydi.  Bu  davlatlarga  moliyaviy  yordam  berish  masalalari  ko‘rildi. 
Yoxannesburg  Sammiti  barqaror  ijtimoiy-iqtisodiy-ekologik    rivojlanish  yo‘lidagi 
muhim qadam bo‘ldi. 
Rivojlangan  davlatlardagi  yuqori  hayot  darajasini  ta’minlash  tabiiy 
resurslardan  katta  miqdorda  foydalanish  va  o‘z  navbatida  atrof  muhitni  kuchli 
ifloslash hisobiga amalga oshadi. 
Hozirgi  vaqtda  rivojlanayotgan  mamlakatlar  aholisi  rivojlangan  Germaniya 
yoki  AQSh  aholisi  hayot  darajasiga  yetishishi  uchun  yana  bir  Yer  sayyorasi 


228 
 
resusrlarini  o‘zlashtirish  lozim  bo‘ladi.  Yer  esa  Koinotda  yagonadir.  Tabiat  va 
jamiyatning  mutanosib,  bir-biriga  mos  rivojlanishi-

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish