Salimjon buriyev, dildora maxkamova, vafabay sherimbetov ekologiya va atrof muhit muhofazasi



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/189
Sana23.01.2022
Hajmi3,33 Mb.
#403574
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   189
Bog'liq
ekologiya

koevolyustiya
  deb  yuritiladi. 
Jamiyatning  rivojlanishi  sur’atlari  juda  yuqori,  tabiat  evolyustiyasi  tezligi 
o‘zgarmaydi.  Koevolyustiyaga  erishish  uchun  jamiyat  o‘zining  ayrim 
ehtiyojlaridan voz kecha olishi lozimdir. 
XXI asrga kelib, atrof muhitga ta’sir sur’ati yuqoriligicha qolmoqda. Dunyo 
okeanining ifloslanishi, cho‘llashish, biologik xilma-xillikning kamayishi, chuchuk 
suv  yetishmasligi  va  boshqa  muammolar  tezkor  choralar  ko‘rishni  talab  etadi. 
Aholi  sonining  o‘sish  sur’atlari  yuqoriligicha  qolmoqda.  Ekologik  xavfsiz, 
barqaror  rivojlanish  yo‘lidagi  sa’yi-harakatlar  o‘zining  ijobiy  natijalarini  ham 
bermoqda.  Rivojlangan  mamlakatlarda  atrof-muhit  muhofazasiga  sarflanadigan 
mablag’lar oshmoqda va ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin. 
XXI asr boshlariga kelib rivojlangan davlatlarda  ekologik inqirozning oldini 
olish    tadbirlariga  Ichki  Yalpi  Mahsulot  (IYaM)ning  1,5-2,5%  ulushi  sarflanishi 
lozim.  Atrof-muhit  ancha  ayanchli  ahvolga  tushib  qolgan  mamlakatlarda  esa  bu 
ko‘rsatkich 4-5% dan kam bo‘lmasligi kerakligi ta’kidlanadi.  
Ekologik  ta’lim-tarbiyani  rivojlantirish,  jamoatchilik  rolini  oshirish, 
ekologik  texnologiyalarni  joriy  qilish  barqaror  rivojlanishni  ta’minlashda  muhim 
ahamiyatga egadir. 
Hozirgi  vaqtda  tabiat  va  inson  hayotining  ekologik  xavf  ostida  qolish 
jarayoni  yanada  murakkablashib,  mushkullashib  bormoqda.  Atrof-muhit  bilan 
jamiyat  o‘rtasidagi  aloqalar  muvozanatining  buzilishi  tabiiy  holatga  putur 
yetkazmoqda.  Yer  yuzi  tabiatining  barqarorligi,  turg’unligi  va  uning  o‘ziga  xos 
qonunlarini  insoniyat  tomonidan  buzilishining  asosiy  sabablaridan    biri 
kishilarning  atrof-muhit  muhofazasi  haqidagi  bilimlarining  yetishmasligi  hamda 
tabiatning kelajakdagi ekologik holatini ko‘ra bilmasliklaridir.  
Ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash uchun ekologik siyosatga  o‘z ta’sirini 
ko‘rsatishi  mumkin  bo‘lgan  vazirliklar,  korxona  va  tashkilot  rahbar  kadrlarining 
faoliyatida  ijtimoiy  –  ekologik  vaziyatga  to‘g’ri  baho  berish,  uni  himoya  qilish, 
saqlash va takomillashtirish kabi tushunchalarni qalbdan his etishni shakllantirish, 


229 
 
ya’ni ularda ekologik  muammolarga muhim ijtimoiy-siyosiy ish sifatida qarashni 
tarbiyalashdir.  Ushbu  rahbar  kadrlarida  tabiatni  muhofaza  qilish  muammolarini 
to‘g’ri  yechish  va  bashorat  qilishni  uddalash,  yuzaga  chiqishi    mumkin  bo‘lgan 
ijtimoiy-iqtisodiy  ziddiyatlarni  oldini  olish  sharoitlarini    yaratish  kabi    hislatlarni 
barpo etish hisoblanadi.  
Ekologik  tarbiya  oiladan  boshlanishi  lozim.  Ota-onalar  ekologik  savodxon 
bo‘lishlari  lozimdir.  «Bog’cha-maktab-oliy  maktab-malaka  oshirish»  tizimida 
uzluksiz ekologik ta’limni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. 
Uzluksiz ekologik  ta’lim  quyidagicha bo‘lmog’i zarur: 1- bosqich – oilada 
va maktabgacha ta’lim muassasalarida; 2-bosqich maktab-akademik listey va kasb-
hunar  kollejlaridagi  ekologik  ta’lim;  3-bosqich  –  oliy  o‘quv  yurtlaridagi  ta’lim; 
oliy ta’limdan keyingi bosqich – kadrlarni qayta tayyorlash va muntazam ravishda 
malakasini  oshirib borish; oliy bosqich – tayanch doktorantura, doktorantura. 
O‘zbekistonda «Tabiatni muhofaza qilish to‘g’risida»gi  qonunda «...barcha 
ta’lim  muassasalarida  ekologik  ta’lim  majburiy»  deb  belgilangan.  O‘rta  maktab, 
listey va kollejlarda ekologiya bo‘yicha alohida fan o‘qitilishi zarurdir. Bu barqaror 
rivojlanish uchun ta’limning asosini tashkil qilishi lozimdir.   
XXI asr - ekologiya asri bo‘lishi shubhasizdir. Har bir inson ona sayyoramiz 
tabiatiga  ziyon  yetkazmasdan  o‘zgartirishi,  tabiiy  boyliklardan  oqilona 
foydalanishi  va  yashash  muhitini  saqlashdek  muqaddas  ishga  o‘zining
 
munosib  
hissasini qo‘shishi lozimdir. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish