Ishning maqsad va vazifalari. Kurs ishida axborot va uning asosiy tushunchalari ochib beriladi shuningdek, umumta`lim maktablarida O’zbekistonda o’qituvchilarning meyoriy hujjatlari loyihalashtirishga tavsiyalar ishlab chiqiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad ushbu mavzu haqida tushunchalarga ega bo‘lish va uni o`qitish samaradorlogini oshirish vazifasi qo‘yiladi.
Ishning predmeti. O’zbekistonda o’qituvchilarning meyoriy hujjatlari loyihalashtirish.
Ishning obyekti. Informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish jarayoni.
I. ASOSIY QISM
1.1. O’zbekistonda o’qituvchilarning meyoriy hujjatlari
Mustaqil, demokratik O‘zbekiston Respublikasida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlanishida ustuvor soha deb e’lon qilingan ta’limning takomillashtirilishi, eng avvalo, uning sifat jihatdan yangi holatiga erishishga yo‘naltirilgan. Bu ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha hal etilayotgan favqulodda murakkab, majmuaviy muammodir. Ulardan biri ijtimoiy hayotni boshqarishning o‘ziga xos shakli bo‘lgan ta’lim tizimini boshqarish mexanizmini takomillashtirish va qayta qurishni o‘z ichiga oladi. Bu yo‘nalishning dolzarbligi, eng avvalo, ijtimoiy amaliyot ehtiyojlaridan kelib chiqadi, chunki, ta’limni boshqarishning ilmiy-nazariy va tajriba-amaliy jihatlari uning amal qilishining eng ilg‘or an’analarini aniqlash va butun choralar bilan rag‘batlantirishni hamda jamiyat hayot faoliyatining yangi ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va milliy-madaniy voqyeligi sharoitida yanada rivojlantirishni taqozo etadi.
Shu munosabat bilan davlat qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlarining sa’y-harakati o‘sib kelayotgan avlodlarni davlat-jamoat ta’lim tizimida o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish jarayonining o‘z ta’lim-tarbiya faoliyatida ta’lim jarayonining uzluksizligi va uzviyligi tamoyiliga qat’iy rioya qilishga da’vat etilgan ta’lim muassasasining (TM) barcha turlarida uning demokratik, gumanistik yo‘naltirilganligi, ta’lim makonining birligi, ta’lim mazmunining maqbul darajasi, ushbu mazmun taqdimoti pedagogik texnologiyalarning oqilona to‘plami ta’minlanadigan ob’ektiv huquqiy sharoit va ijtimoiy-iqtisodiy poydevor yaratishga yo‘naltirilgan.
Ta’lim amal qilishining zarur huquqiy shartlarini ta’minlovchi ob’ektiv huquqiy omil sifatida: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining shaxsning asosiy huquqlaridan biri bo‘lgan bilim olish huquqi to‘g‘risidagi; «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunlarining, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», mazkur qonunlar asosida chiqariladigan asosiy qonunchilik va huquqiy hujjatlari qoidalari, shuningdek, o‘sib kelayotgan avlod shaxsining to‘laqonli rivojlanishini ta’minlashni ko‘zda tutadigan umuminsoniy, gumanistik, demokratik ideallar hamda ahloq me’yorlari namoyon bo‘ladi. Bunda ta’lim va tarbiya jarayonida bu kabi rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi serunum ijodiy o‘quv faoliyatini va ahloqiy xatti-harakatni, shuningdek, o‘quvchilarni jismoniy kamolga yetkazishni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tizimi amal qilishining huquqiy shartlarini bajarishga ko‘maklashuvchi ijtimoiy-iqtisodiy zamin:
• shaxsning har bir individning ta’lim sohasida o‘zini-o‘zi ro‘yobga chiqarishi uchun ob’ektiv jihatdan zaruriy va yetarli bo‘lgan ehtiyojiy intilishi;
• davlat o‘quv yurtlarida ham, xususiy o‘quv yurtlarida ham davlat va xususiy, investitsiya bilan moliyalashtirish hisobiga o‘quv-tarbiya jarayonining samarali olib borilishi uchun moddiy-texnikaviy ta’minotni vujudga keltirish;
• bilimlarning samarali va mazmundor ta’lim-tarbiyaviy sohalaridan, oqilona, ilg‘or tamoyillarga va qonuniyatlarga tayanadigan ilg‘or psixologik-pedagogik nazariyalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan mexanizmlar va texnologiyalardan foydalanish.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida bayon etilgan aniq asosiy qoidalar negizida ishlab chiqilgan davlat siyosati asosida xalq ta’limi tizimini boshqarish mexanizmini qayta qurishning ham huquqiy shart-sharoiti, ham ijtimoiy-iqtisodiy zamini yaratildi.
Qonunda postulat darajasini olgan, ta’lim tizimi barcha komponentlarining «hayot faoliyatini» belgilab beradigan tamoyillarning boqiy qimmatini alohida ta’kidlash zarur. Chunonchi, birinchi qoida (ta’lim va tarbiyaning gumanistik, demokratik xususiyati) o‘quvchi shaxsini bosh sub’ekt (avval bo‘lganidek, ob’ekt emas) va boshqaruvning buyruqbozlik-ma’muriy metodlarini bekor qilishni ustuvor yo‘nalish sifatida olg‘a suradi. Ikkinchi qoida (uzluksizlik, uzviylik) ta’lim tizimi ierarxiyasining «tizilishi» imkoniyatan shart qilib qo‘yadi; qolganlar esa, bizning nazarimizda, ta’lim tizimining boshqaruv faoliyatini ta’lim mazmunini tanlash, undan davlat ta’lim muassasalariga ham, xususiy ta’lim muassasalariga ham qatnaydigan o‘quvchilar foydalanishi mumkinligi singari o‘ta muhim qismlarini ro‘yobga chiqarish jihatidan tuzish va mazmunan to‘ldirishga tub konseptual yondashuvlarni asoslashadi.
Har bir TMning bunday natijalarga erishishida O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim dasturlarining bajarilishi asosini, har bir o‘quvchi esa jamiyat va mamlakat oldidagi o‘z ahloqiy burchini ko‘ra bilishi zarur. Shunday qilib, Davlat ta’lim standartida bayon etilgan majburiy talablarni bajarish o‘quvchi (talaba)ning majburiyatiga aylanib boradi, bu esa uning ijobiy baholanishiga imkon beradi. Shu bilan birga tashkiliy-boshqaruv harakatlari ayni mahalda shaxsning yanada yuqoriroq darajada rivojlanishi uchun sharoit yaratishga qaratilishi darkor. Biroq, o‘quvchi eng kam zarur talablar darajasi bilan cheklansa bo‘ladimi yoki harakatni davom ettirishi kerakmi, degan masalani mustaqil hal etish huquqiga ega bo‘ladi.
Bunday ahvol o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishga ham, ta’lim texnologiyasini belgilashga ham an’anaviy yondashuvlarni tubdan o‘zgartiradi. Bu hol o‘quvchi so‘zda emas, balki amalda ta’lim sub’ektiga, ta’lim jarayonining yetakchi ishtirokchisiga aylanishi sababli yuz beradi.
Shunday qilib, Davlat ta’lim standartining joriy etilishi o‘quvchilarga tabaqalashtirib yondashish zarurligini taqozo etadi, bu esa tegishli ravishda boshqaruv faoliyatiga ham tuzatish kiritadi. Chunki tabaqalashtirish mohiyatan yo davlat ta’lim standartida qayd etilgan ta’lim talablari darajasini yoki TM Davlat ta’lim standartiga nisbatan ta’minlashi mumkin bo‘lgan ta’lim natijalarining yanada yuqori sifatini tanlash bosqichida boshlanadi. Bu holatda boshqaruv funksiyasi o‘quvchilarga majburiy o‘zlashtirish uchun talab etiladiganga qaraganda ko‘proq taklif qilish mumkin bo‘lgan holatni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Davlat ta’lim standarti o‘quv-tarbiya jarayonining barcha ishti-rokchilari uchun majburiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talablar ochiq bo‘lishini taqozo etadi. O‘quvchilar uchun ham mazmunan, ham shaklan tushunarli bo‘lgan talqinda ifodalangan ushbu talablar o‘quvchilarga ham, ularning ota-onalariga ham ma’lum bo‘lishi lozim, bu TM pedagoglar jamoasining boshqaruv bilan bog‘liq xatti-harakatlarini muayyan darajada yengillashtiradi. Talablarning ochiqligigina o‘quvchilarning bilish faolligini, ularning o‘z o‘quv mehnati natijalaridan manfaatdorligini ta’minlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’limning ijobiy sabablarini shakllantirishga, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga ongli munosabatiga ko‘maklashadi.
Davlat ta’lim standartlaridan foydalanish va ularga xos bo‘lgan boshqaruv funksiyalarini bajarish ta’lim natijalari sifatini nazorat qilish va baholashning mavjud tizimini tubdan qayta qurish imkoniyatini yaratadi.
Davlat ta’lim standartlarini joriy etish o‘quvchilarni tayyorlash sifatining o‘lchagichlari tizimini ishlab chiqishdagi volyuntarizmni istisno qilish, nazoratning ob’ektivligi va axborotliligini oshirish, bilim, mahoratni baholashni bir xillashtirish imkonini beradi. Ularning bari, tabiiyki, turli ta’lim muassasalari faoliyatini nazorat qilishning tuzilishi va mazmuniga o‘nlab yillar davomida ildiz otgan eskicha yondashuvlarni buzadi.
Bizning fikrimizcha, Davlat ta’lim standartlarini joriy etish ta’lim tizimining har bir TMdagi ishning haqiqiy ahvoli to‘g‘risida ishonchli axborot olishni ta’minlaydi. Olingan va yuksak professional darajada tushunib yetilgan ishonchli axborot jamuljam holda ierarxiyaning barcha «pillapoyalarida»: o‘qituvchidan tortib (maqbul uslublarni tanlash, o‘qitish jarayonini o‘z vaqtida to‘g‘rilab borish, o‘qitish, tarbiyalash hamda rivojlantirishning o‘rinli tabaqalashtirilishi va boshqalar), ta’lim rahbarlarigacha (ta’lim ahvolini yaxshilash bo‘yicha mintaqaviy chora-tadbirlar ko‘rish, o‘quv rejalari, dasturlari va darsliklariga o‘zgartirishlar kiritish, pedagog kadrlar tayyorlash, xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish tizimida ularning kasb mahoratini oshirish va boshqalar) asosli boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun sharoit yaratadi.
Xalqaro talablarga muvofiq keluvchi DTSni ishlab chiqish va joriy etish, birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda ta’limning tengligini ta’minlaydi, bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizning xalqaro mehnat bozorida to‘siqsiz ishtirok etishini ta’minlaydi va ikkinchidan, ta’lim xizmatlari sifatiga qo‘yiladigan talablarni qat’iy tartibga solish va ta’lim muassasasi ishining samaradorligini nazorat qilish tizimini tartibga solish hisobiga tayyorlash sifatini oshiradi.
4. DTS tuzilishining asosiy tamoyillari
DTSning mantiqi, tuzilmasi, mazmuniy maqsadga muvofiqligi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
1. Tizimlilik. Ta’limdagi standartlashtirishning har qanday ob’ekti kichik tizimlar va elementlardan iborat tizim sifatida hamda nisbatan yuqori darajadagi tizimga kiruvchi kichik tizim sifatida qaralishi darkor.
2. O‘zini-o‘zi tashkil qilish. Standartlashtirishning potensial ob’ekti paydo bo‘lganda ta’lim sohasidagi har qanday tizim (kichik tizim) uning o‘zini-o‘zi tashkil etish vositasi orqali, ochiq, chiziqli bo‘lmagan va nisbatan beqaror tizim, shu jumladan, o‘quvchi shaxsiyati modeli sifatida qaralishi lozim.
3. Maqsadga muvofiqlik. Me’yorga keltirilishi ta’lim tizimi rivojlanishining muayyan darajasiga erishish imkonini beradigan, ya’ni istiqbolda bo‘lsa-da, ijobiy iqtisodiy samara beradigan ob’ektlargina standartlashtiriladi.
DTS Uzluksiz ta’lim
Ish beruvchilar
Fan
Shaxs
Davlat va jamiyat
Ota-onalar
Ta’lim muassasalari
4. Maqbullik. Cheklov qo‘yilishi TM va mintaqalar ishida ortiqcha chegaralashga olib kelmasligi, biroq ta’lim sifatining davlat darajasini va uzviyligini ta’minlashi darkor.
5. Uzluksizlik va uzviylik. Ta’lim tizimidagi barcha me’yorlanuvchi ko‘rsatkichlar vertikaliga ham (ta’lim bosqichlari va darajalari bo‘yicha), gorizontaliga xam o‘zaro bog‘liq bo‘lishi darkor, bu hol tizimni uzluksiz ta’lim tarmog‘i sifatida rivojlantirish imkonini beradi. DTS O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, qarorlariga va boshqa qonun osti hujjatlariga rioya etilishini ta’minlashi darkor.
6. Oshkoralik va ochiqlik. Ta’lim xizmatlarini bajarishda yoki ularning natijalaridan foydalanishda ishtirok etadigan barcha ijtimoiy sheriklarning roziligiga erishish. Barcha manfaatdor tomonlarni axborot bilan ta’minlash.
7. Yaroqlilik. Standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar ulardan sertifikatlash maqsadida foydalanishga yaroqli bo‘lishi darkor.
8. Insonparvarlashtirish. DTS shaxsning o‘zini-o‘zi kasbiy jihatdan yanada rivojlantirishi va o‘zini namoyon qilishiga, uning ijtimoiy barqarorligi va ijtimoiy himoyasiga yo‘naltirilgan holda yaratilishi kerak.
9. Mintaqalashtirish. Standartlashtirish ta’lim sohasida nafaqat davlat muammolarining, balki mintaqaviy muammolarning ham hal etilishiga ko‘maklashishi lozim.
10. O‘zuvchanlik. O‘UT standartlari o‘quvchilar bilim darajasini jamiyat mehnat sohasi ehtiyojlaridan o‘zib belgilashga da’vat etilgan.
5. Davlat ta’lim standartlarining asosiy funksiyalari
Davlat ta’lim standartlarining asosiy funksiyalari yuqorida sanab o‘tilgan prinsiplar asosida tarkib topadi va tartibga solinadi.
DTS funksiyalari
Nomi Mohiyati va vazifasi
Progressiv rivojlanish funksiyasi Tegishli ta’lim tizimini progressiv rivojlantirish, ta’limning yangi sifati tomon yo‘naltirish
Me’yoriy funksiya tenglashish lozim bo‘lgan mo‘ljalni o‘rnatish, semantika talablariga muvofiq ta’lim jarayonining progaoz qilinayotgan natijasi sifatada
huquqiy funksiya shaxslar va ish beruvchilar uchun ularning ehtiyojlarini standart tomonidan belgilangan me’yorlarga muvofiq kafolatlash: jamiyatda ish joyida moslashish imkoniyati; ta’lim olish va uni davom ettirish va h. k.
Axborot funksiyasi Ta’lim tizimi ochiqligini kafolatlash. Aniq ixtisos bo‘yicha ta’lim mazmuni darajasi to‘g‘risidagi axborotdan erkin foydalanilishini ta’minlash
Formalizatsiya funksiyasi Ilmiy bilimlarni muayyan shakl bo‘yicha, aniq, bir ma’noda va ta’limni standartlashtirish maqsadiga ko‘ra aks ettirish va taqdim qilish
o‘lchov funksiyasi standartda ta’limning o‘zaro bog’liq bo‘lgan sifat va miqdor tavsiflarini (o‘lchov kategoriyasini) o‘rnatish.
Qiyoslash funksiyasi Ta’lim jarayonlari natijalarining qiyoslanuvchanligini ta’minlash
Kommunikatav funksiya Muvozanatlashrilgan optimal davlat talablarini belgilagan holda ijtimoiy sheriklar, ta’lim sohasi vakillari, jamiyat manfaatlarini birlashtirish
In’ikosning aynanligi funksiyasi Ta’lim sifagiga talabning voqyelik ehtiyojlariga muvofiqligani yuqori darajada ishonchlilik bilan ta’minlash (standart yuqori ilmiy-amaliy saviyada ishlab chiqilishi lozim)
6. DTS va ta’lim muassasasini boshqarish
Shunday qilib, Davlat ta’lim standarti o‘z mazmuniga «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning ma’lum talqinini singdirgan asosiy me’yoriy hujjatdir. Qonunning mazkur qismida quyidagilar belgilangan va muayyan andozaga solingan: ta’lim mazmunining umumdavlat (tayanch, o‘zak) va maktab komponentlari orasidagi nisbati; ta’limning davomiyligi (umumiy hamda qonunga muvofiq bosqichma-bosqich); ta’lim sohalari uchun majburiy va qo‘shimcha mashg‘ulotlarning haftalik yuklamasi; o‘quvchilarga berilishi mumkin bo‘lgan yuqori haftalik yuklama.
Binobarin, Davlat ta’lim standartlarining joriy etilishi quyidagilarni ta’minlaydi: a) maktablar, mintaqaviy ta’lim modellarining turli-tumanligi sharoitida ta’lim muassasalari mushtarakligini; b) o‘quvchilarda o‘qishga ijobiy intilishni shakllantirish; v) o‘quv topshirikdarini me’yorga keltirish; g) o‘qituvchilarni bilim berish darajasi va ularni baholash mezonlariga qo‘yiladigan talablarni bilish. Davlat ta’lim standartlari o‘zining tuzilishi va mazmuniga ko‘ra davlat va maktab manfaatlari hamda ularning vakolatlari muvozonatini o‘zida aks ettiradi. O‘z navbatida o‘qituvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlaridan kelib chiqadi. Ushbu me’yoriy hujjatning joriy etilishi ta’lim jarayonini boshqarish, o‘quvchilarni tarbiyalash va kamol toptirishda ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi hamda tegishli qarorlar qabul qilishga ko‘maklashadi.
Davlat ta’lim standarti eng sodda zaruriy talablardan kelib chiqar ekan, ta’limdagi maqsadga qaratilgan ko‘rsatmalarga yondashuvlar, o‘quvchining huquq va majburiyatlariga munosabatlari o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishning har tomonlama mukammal, standart talablariga mos keluvchi shakl va metodlarini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Ijobiy natijalarga erishishda har qaysi umumta’lim maktabi davlat ta’lim dasturi bajarilishining asosini, har bir o‘quvchi esa o‘zining mamlakat va jamiyat oldidagi ma’naviy burchini ko‘ra bilish lozim. Demak, o‘quvchining burchi Davlat ta’lim standartida bayon qilingan zaruriy talablarni bajarishdan iboratdir. Shu bilan birga tashkiliy-boshqaruv yo‘nalishi maktab o‘quvchilarining rivojlanish yanada yuqori darajasi bo‘lishiga zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilishi lozim. Biroq o‘quvchiga ushbu hujjatda qayd etilgan eng kam zaruriy talablar bilan cheklanish yoki chuqurroq bilim egallashi uchun intilishini mustaqil ravishda hal etish huquqi beriladi. Ushbu holat o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarishga hamda ta’lim texnologiyasini belgilashga bo‘lgan an’anaviy yondashuvlarni tubdan o‘zgartiradi. Bu esa o‘quvchining haqiqatan ham amaldagi ta’limning bosh sub’ektiga (ilgari bo‘lgandek, ob’ekti emas), o‘quv jarayonining asosiy ishtirokchisiga aylanishi tufayli sodir bo‘ladi. Shunday qilib, Davlat ta’lim standartining joriy etilishi o‘quvchilarga turlicha yondashuvni amalga oshirishni taqozo etadiki, bu o‘z navbatida boshqaruv faoliyatiga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Turlicha yondashuv mohiyat-e’tiboriga ko‘ra o‘quvchining Davlat ta’lim standartida qayd etilgan ta’lim talablari darajasini yoki maktab bera olishi mumkin bo‘lgan nisbatan yuqori sifatli ta’lim natijalarini tanlash bosqichidayoq boshlanadi. Bunda boshqaruv funksiyasi o‘quvchiga majburiy o‘zlashtirish talab etilganidan ko‘proq materiallar berishi mumkinligi ta’minlanishiga yo‘naltirilishi lozim.
Davlat ta’lim standarti o‘quv-tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilariga majburiy tayyorgarlik talablarini ochiq bo‘lishini ko‘zda tutadi. Ta’lim oluvchilarga shakl va mazmun jihatdan tushunarli ifodalangan mazkur talablar ularning ota-onalariga ham ma’lum bo‘lishi lozim. Bu esa maktab pedagoglari jamoasining boshqaruvdagi vazifalarini muayyan darajada yengillashtiradi. Talablarning ochiq bo‘lishi o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan intilishlari, qiziqishlarining faollashuvini ta’minlaydi. Bu esa o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga ongli munosabatda bo‘lishlarini shakllantirishga zamin yaratadi.
Shunday qilib, Davlat ta’lim standarti boshqaruvchilik vazifasini bajarar ekan, u qiyin yoki o‘quvchiga qiziq bo‘lmagan predmetni o‘zlashtirishda eng kam talablar bilan cheklanishga imkon beradi. Bunda o‘quvchi kuchi yetmaydigan o‘quv yuklamasidan xalos etilib, o‘zining qiziqishlarini ro‘yobga chiqarishda, qulay yo‘lni mustaqil ravishda tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, Davlat ta’lim standartlaridan foydalanish va ma’lum boshqaruv funksiyalari orqali ta’lim natijalarini tekshirish va baholashning tubdan qayta qurish imkoniyatini yaratadi.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida tuzilishi va mazmuni jihatidan salmoqli tekshiruv tizimi ishlab chiqilgan va hozirda faoliyatda qo‘llanilmoqda. Uning tarkibiga: umumiy majburiy ta’limni bajarish; davlat o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini nazorat qilish; ayrim predmetlar ta’limi va butun o‘quv jarayonining holati (dars jarayonida va darsdan tashqari); o‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalari sifatining o‘quv dasturlariga mos bo‘lishi; metodik ish; o‘quvchilar bilan sinfdan va maktabdan tashqari paytlarda ishlash; o‘quv-tarbiya jarayonining moddiy-texnik bazasi; hisobga olish va hisobot berish rasmiy hujjatlari kirgan. Ba’zida bu tarkibga ota-onalar, jamoatchilik, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish tashkilotlari va hokazolar bilan ishlash kabilar ham qo‘shiladi. Shubhasiz, mazkur tekshiruv tizimining yuqorida qayd etilgan tarkibiy qismlarining har bittasi muayyan mustaqil mazmunga ega.
An’anaviy o‘quv-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda tekshiruvning turlari qabul qilingan. Bular dastlabki (shaxsiy, umumlashgan, omma-viy, mavzuga oid va boshqalar) kuzatishlardir. Ammo mukammal tuzilma ham, tekshiruv tizimiga qo‘yilgan talablar ham, uning ko‘p tarqalgan turlari ham o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish hamda o‘quvchilar bilimining sifatli bo‘lishida real siljishlarni, shuningdek, ishonchli axborotlarga egalikni ta’minlay olmaydi. Davlat ta’lim standartlari monitoringi esa xalq ta’limi tizimidagi har bir muassasalarining real holati haqida ishonchli axborot olishni ta’minlaydi. Yuqori kasbiy darajada olingan ishonchli axborot tizimi o‘qituvchidan tortib (eng ilg‘or metodikalarni tanlash, o‘qitish jarayoniga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritish, ta’lim-tarbiya jarayonini tabaqalashtirish va boshqalar), xalq ta’limi rahbarlarigacha (ta’lim holatini yaxshilash bo‘yicha hududiy chora-tadbirlar qabul qilish, o‘quv rejalari, dasturlari va darsliklarga o‘zgartirishlar kiritish, pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning kasbiy mahoratlarini oshirish dasturlarini takomillashtirish va h.k.) asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishga sharoit yaratadi. Bu vazifalarni mamlakat miqyosida ilk bor tashkil etilgan yangi boshqaruv tuzilmalari — Davlat ta’lim standartlari monitoringi bo‘limlari bajaradi.
Shunday qilib, Davlat ta’lim standartlari va ularning boshqaruv vazifasini oqilona joriy etish ta’limni markazlashmagan holda boshqarishni amalga oshirish, ya’ni vazifa va vakolatlarni markaziy, hududiy va mahalliy boshqaruv organlari o‘rtasida qayta taqsimlash imkonini beradi. Bu esa boshqaruv tizimining ixchamligini, mahalliy shart-sharoitlarga mosligi, turli-tuman va o‘zgaruvchan bo‘lishini ta’minlaydi, ta’lim sifatini ta’minlashning me’yoriy asosi bo‘lib xizmat qiladi.
7. Umumta’lim maktabining tayanch o‘quv rejasi – DTSning tarkibiy qismi sifatida
Umumta’lim maktabining tayanch o‘quv rejasi — O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjat bo‘lib, Davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi — O‘zbekistonda ta’limning yagona shaklini saqlashdir.
Tayanch o‘quv rejasining umumiy tuzilmasi. Tayanch o‘quv reja tuzilmasida davlat va maktab komponentlari ajratiladi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq davlat ta’lim standartining komponentini qaror toptirish hukumat vakolatiga kiradi. Davlat komponenti tarkibiga umummadaniy va umumdavlat ahamiyatidagi o‘quv kurslariga ajraluvchi ta’lim kiradi.
Maktabning tayanch o‘quv rejasi Davlat ta’lim standartining bir qismi sifatida quyidagi me’yorlarni ta’minlaydi:
umumiy va har bir bosqich bo‘yicha (o‘quv yillarida) ta’limning davomiyligi;
haftalik o‘quv yuklamasi.
Haftalik o‘quv yuklamasi tarkibiga:
umumiy o‘rta ta’limning har bir bosqichida (boshlang‘ich va umumiy o‘rta) tayanch ta’lim doirasi;
o‘quvchilarning qiziqishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar;
fakultativ mashg‘ulotlar kiradi.
qiziqishlar bo‘yicha mashg‘ulotlar soatlari hisobga olingan haftalik o‘quv yuklamasi;
davlat tomonidan moliyalashtirilgan umumiy dars soatlari miqdori (o‘quvchilarning maksimal majburiy o‘quv yuklamasi, fakultativ mashg‘ulotlar, individual va sinfdan tashqari, o‘quv guruhi va guruhchalariga bo‘linib ishlash).
Tayanch o‘quv rejasining davlat va maktab komponentlariga bo‘linishi uning boshqa variantlar va ko‘p variantli qismlarga ajralishini ko‘rsatadi. Ammo bu qismlari to‘la mustaqil emas. Ular o‘zaro kesishadilar. Natijada har qanday maktabning o‘quv rejasida o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy uch turi ajraladi:
umumiy o‘rta ta’limning tayanch negizini ta’minlovchi majburiy darslar;
o‘quvchilarning qiziqishlariga yo‘naltirilgan darslar;
fakultativ darslar.
Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari bo‘yicha o‘rnatilgan bo‘linishga muvofiq maktabning tayanch o‘quv rejasi har bosqichning o‘quv rejalaridan tarkib topadi: (boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim) hamda izchillik tamoyillariga asoslanadi.
Maktab o‘quv rejalari va ularning turlari.
Tayanch o‘quv reja me’yorlariga mos holda maktabda quyidagilar tuziladi:
uzoq vaqtga mo‘ljallangan va aniq bir maktabning o‘ziga xosliklarini aks ettiruvchi umumiy o‘quv rejasi;
joriy sharoitni hisobga olib, ishlab chiqilgan va har yili maktab pedagoglar kengashi tomonidan tasdiqlanadigan ishchi o‘quv rejasi.
Hozirgi paytdagi o‘quv rejalarini to‘rt turga bo‘lish mumkin. Bular: predmetga oid, negizi bo‘linishi bilan, ta’lim doiralariga ajralgan, sub’ekt — darajalangan. Ularning har biriga alohida to‘xtalish joizdir.
Predmet o‘quv rejasi. Bu reja O‘zbekistonda nisbatan keng tarqalgan. U bilimlarni tizimga solish va «predmet markaziga oid» ta’lim, murakkab ta’lim tizimini saqlashga qaratilgan.
Har bir maktab o‘quv rejasini tuzish qiyin jarayon bo‘lib, u ijodiy yondashishni talab etadi.
Maktab jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan o‘quv rejasi ta’lim muassasasining asosiy hujjatlaridan biri hisoblanadi. O‘quv rejasining asosiy vazifasi shundaki, u o‘quvchilarning davlat standartlariga muvofiq ta’limning majburiy bosqichini egallashlarini kafolatlaydi hamda ularning o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlarini saqlashi lozim.
Maktab o‘quv rejasini loyihalashtirishga taalluqli huquqiy me’yorlar, ta’lim xizmatlariga ijtimoiy buyurtmalarning o‘zgarishi, o‘quvchilarning, pedagogik jamoaning o‘ziga xosliklari va ehtiyojlarini bilish, ularni o‘zaro va ijtimoiy buyurtma ixtisosliklari bo‘yicha muvofiqlashtira olish, maktabning asosiy vazifasini tushunish, maktab jamoasi ishining harakatdagi reja bo‘yicha o‘tgan yillar va joriy o‘quv yili natijalari hamda ular bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va uni bartaraf etish yo‘llarini topish zarur.
Ishlab chiqilgan maktab o‘quv rejasi tayanch reja tuzilmasi davlat va maktab komponentini saqlab qolishi shart. U yuqorida sanab o‘tilgan hamma tayanch me’yorlar, asosiy o‘quv mashg‘ulotlari turlarini o‘zida aks ettirishi kerak.
Maktab o‘quv rejasining barcha tuzilish komponentlari va qismlari, ayniqsa, rejaning ko‘p variantli qismlari (maktab komponenti) tarkibiga qo‘shilish bilan yuzaga keladi. Bunda har bir o‘quv bosqichiga, shuningdek, har bir parallel sinfga aniq o‘quv rejasi tuziladi, Tabaqalashgan ko‘rinishda esa – sinflarning yo‘nalishlari, ko‘rinishlari va hatto alohida sinflar uchun o‘quv rejalarida ishlab chiqiladi.
O‘quv rejalarida ixtisoslashuv, vazifalarini to‘g‘ri anglash, tayanch reja, uning variantlarining asosiy mazmuni, amal qilayotgan maktab o‘quv rejasi ko‘rinishlarining o‘ziga xosliklarini tushunish lozim. Bunda ta’lim komponenti uning asosiy ikki qismi (yakka variantli va ko‘p variantli) nima hisobiga birikishi va o‘zgarishi mumkinligini farqlay bilish, shuningdek, majburiy ta’lim sohalaridan olingan o‘qish davri hajmining qanday chegarada va nima hisobiga o‘zgarishi mumkinligi nazarda tutiladi.
O‘quv rejasi turli variantlikni ta’minlash uchun yetarlicha egiluvchan bo‘lishi kerak:
asosiy komponentlarni to‘ldirish;
bu komponentlarning birikuvi;
predmet yoki ta’lim sohalari nomenklaturalari;
aniq predmetlar yuklamasi (chuqurlashtirish) va doiralar (ixtisoslik);
o‘quvchilardagi o‘ziga xoslik va imkoniyatlarni hisobga olgan holda umumiy yuklama darajasi.
Maktab o‘quv rejasi, uning tanlov imkoniyatlarini, o‘quvchilar tayyorgarligi darajasiga qarab (iste’dodli bolalar sinfi rejasidan rivojlantiruvchi ta’lim sinflarigacha) ko‘rib chiqish zarur.
Ayni maktab o‘quv rejasini tanlash qator ichki va tashqi omillarni aniqlab beradi.
Tashqi omillarga quyidagilar kiradi: boshqaruv organi va metodik xizmatlarning uyg‘unlashtirilgan maslahat yordamini olish imkoniyatlari, innovatsion o‘quv dasturlarini amalga oshirishni ta’minlash imkoniyatlari, ota-onalarning o‘quvchi-farzandlari ta’limiga munosabati, mahalliy va hududiy boshqaruv organlari munosabati, ta’lim muassasasining real mustaqilligi darajasi.
O‘quv rejasining ichki omillari quyidagilar hisoblanadi: o‘quvchilar tarkibi, pedagogik jamoaning rivojlanganlik darajasi, o‘qituvchilar ma-lakasi darajasi, maktabning qabul qilgan vazifalari va tanlagan ixtisosligi, ta’lim maqsadlari majmuasi, ta’lim jarayoni natijalari, boshqarish usullari, ta’lim jarayonlarini to‘la ta’minlashga qaratilgan maktabning mavjud imkoniyatlari.
Maktabning ishlab chiqilgan o‘quv rejasi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
to‘liklik (ta’lim tarkibida majburiy tayanch komponentning saqlanishi, hududiy ta’lim, ijtimoiy-madaniy va boshqa ehtiyojlarning hisobga olinishi);
yaxlitlik (komponentlarning yetarliligi va zarurligi, ular o‘rtasidagi ichki o‘zaro aloqadorlik);
mutanosiblik (mamlakat va maktab komponentlariaro, sikllararo, alohida predmetlararo, majburiy predmetlar va tanlanadigan predmetlar o‘rtasidagi o‘zaro tenglik);
bosqichlar va sinflar (o‘quv yillari)aro ketma-ketlik;
rejaning o‘zgaruvchanligi, zahiralarning mavjud bo‘lishi, o‘quvchilarga ortiqcha yuklama qo‘yilmasligi;
zahiralar bilan ta’minlanganlik.
Maktab o‘quv rejasini ishlab chiqishda rasmiyatchilikdan voz kechib, bu jarayonga pedagogik jamoani to‘liq jalb qilish shart.
Tadqiqot davomida tahlil qilingan va hozirda mamlakat hududlarida foydalanilayotgan maktab o‘quv rejalari shuni ko‘rsatadiki, ularni tuzuvchi-lar turli xatoliklarga yo‘l qo‘yganlar, ulardan tipik xarakterdagi qismi ko‘proq uchraydi. Ta’lim muassasasining asosiy o‘quv rejasi tayanch rejani kam o‘zgartirsa, unda predmet sohasi oydinlashmaydi. Tanlanadigan kurslarga ajratiladigan soat-larda aniq nimadan foydalanish, o‘quvchilarning bir nechta avlodi mavjudligi, alohida sinflarda tabaqalashgan ta’limni hisobga olishda ta’lim bosqichidagi maktab komponentlarini aniqlab bo‘lmaydi.
Ba’zi hollarda tayanch o‘quv rejasi tahlili qator muammolar mavjudligini ko‘rsatmokda. Ular jumlasiga, quyidagilar kiradi:
o‘quvchilarga qo‘yiladigan yuklama haddan ortib ketishi tufayli chegara buziladi;
alohida olingan majburiy predmetlar o‘qitilishida tayanch o‘quv rejasi o‘rnatgan minimal soatlar soni qisqartiriladi;
majburiy predmetlar nomenklaturasi saqlanmaydi;
maktab komponentiga ajratilgan vaqtdan oqilona foydalanilmaydi.
Rejaga nisbatan tushuntirish xati yo‘q yoki uning mazmuni rasmiyatchilik xarakteriga ega bo‘lib, o‘zgarishlar izoxdanmaydi. Turli komponentlar va rejaning tarkibiy qismlari, o‘quv muassasasi o‘ziga xosligi, uning maqsadlariga qarab ochib berilmaydi.
Bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishining asosiy sabablari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
ijtimoiy buyurtmani, o‘quvchilarning qiziqish va imkoniyatlarini bilmaslik;
kadrlarni oqilona o‘z o‘rniga qo‘ya olmaslik, o‘qituvchilar yuklamasini o‘quvchilarga ta’lim berish sifatini ta’minlash nuqtai nazaridan taqsimlay olmaslik;
o‘quv rejasining asoslanmagan holda tuzilishi.
Maktab o‘quv rejasini tuzishda kamchilik va xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘quv rejasi loyihasini quyidagi savollarga javob topgan holda maqsadli ichki ekspertizadan o‘tkazish kerak:
Tayanch komponent o‘quv rejasida qanchalik saqlanyapti ?
O‘quv rejasida har bir ta’lim bosqichi bo‘yicha majburiy bo‘lgan zarur hajmdagi tarkib saqlanyaptimi?
Asosiy predmetlar bo‘yicha tayanch reja talablariga o‘quvchilarning me’yordagi yuklamasiga muvofiq kelyaptimi?
Majburiy predmetlar nomenklaturasi saqlanyaptimi?
Maktab ixtiyoridagi soatlaridan qanchalik oqilona foydalanilayapti hamda uning tarkibi o‘quv muassasasining turi, ko‘rinishi, maqsad va vazifalariga qanchalik muvofiq?
Maktab komponenti soatlaridan to‘la hajmda foydalanilayaptimi ?
Umumiy (yakuniy) o‘quv yuklamasi ko‘zga tashlanadimi?
O‘quv rejasining butun tarkibi muassasaning asosiy maqsadlariga muvofiq keladimi va u to‘la miqyosda ixtisoslashuv yo‘lini aks ettiradimi?
O‘quv rejasining tuzilmasi va tarkibi umumiy dunyoqarash rivojlanishi hamda yoshlarni zamonaviy hayot bilan tanishtirish va o‘zlashtirishga yo‘naltirilganmi (ekologiya, huquq, iqtisod, psixologiya yo‘nalishlaridagi kurslarning kiritilishi)?
O‘quv rejasi zarur bo‘lgan kadr, metodik, moddiy-texnik va boshqa ta’minotga egami?
Yangi o‘quv rejani tayyorlashda rahbarlar quyidagi savollarga javob berishga tayyor turishlari zarur:
Ushbu maktab o‘quv rejasi qanday me’yoriy hujjatlar yoki boshqa manbalarga asoslanib tuzilgan?
Rejaga o‘zgarishlar kiritish ko‘zda tutilganmi?
Bu o‘zgarishlar qanday hollarda kiritiladi va asoslanadi?
Rejada tayanch o‘quv rejasining yo‘nalishlari va me’yorlari qanday hisobga olinadi va undan qay tarzda foydalaniladi?
Maktab ixtiyoridagi soatlardan nimaga va qanday masalalarni hal etish uchun foydalaniladi?
asosiy kurslarni maslahat shaklida qo‘llab-quvvatlash uchun;
ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun (masalan, noan’anaviy kurslar kiritiladi);
ixtisoslik ta’limini ta’minlash uchun va hokazo.
Bu savollarning o‘z vaqtida o‘ylab ko‘rilishi maktab rahbariyati va uning butun jamoasini xato va kamchiliklardan, nazorat qiluvchi organlar bilan ziddiyatlardan saqlaydi.
8. Umumiy o‘rta ta’limning takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va modernizatsiya kilingan o‘quv dasturlaridagi o‘zgarishlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi 3134-sonli Farmoniga muvofiq qabul qilingan «2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» da belgilangan besh ustuvor yo‘nalishning uchinchisida umumta’lim maktablari uchun Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish vazifasi ko‘yilgan. Mazkur Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim fanlari bo‘yicha DTS yangidan tahrir etilib, dasturlar modernizatsiya qilindi. Yangi taxrirdagi DTS va modernizatsiya kilingan o‘quv dasturlarini bosqichma-bosqich (2004-2009 yillar) tajriba-sinovdan o‘tkazish belgilandi va bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Natijada fan yo‘nalishlari bo‘yicha DTS va o‘quv dasturlari belgilangan tartibda, ya’ni:
2004-2005 o‘kuv yilida Respublika miqyosida 29 ta tayanch maktabda 31 o‘kuv fanidan DTS va o‘kuv dasturlari tajriba-sinovdan o‘tkazilib, vazirlikning 2005 yil 26 avgustdagi Hay’at majlisida muhokama qilinib, Hukumat komissiyasining 2005 yil 30 avgustdagi bayonnomasi (07-11-186 9.09.05 y.) bilan,
2005-2006 o‘quv yilida Respublika miqyosida 45 ta tayanch maktabda 59 o‘quv fanidan DTS va o‘kuv dasturlari tajriba-sinovdsh o‘tkazilib, vazirlikning 2006 yil 27 iyul Hay’at majlisida muhokama qilinib, Hukumat komissiyasining 2006 yil 4 sentyabrdagi bayonnomasi (07/1-356 05.09.06 y) bilan, 2006-2007 o‘quv yilida Respublika miqyosida 38 ta tayanch maktabda 53 o‘kuv fanidan DTS va o‘kuv dasturlari tajriba-sinovdan o‘tkazilib, vazirlikning 2007 yil 29 iyundagi Hay’at majlisida muhokama qilinib, Hukumat komissiyasining 2007 yil 15 avgustdagi bayonnomasi (07/1-356 16.08.07 y) bilan, vazirlikning 2008 yil 27 iyundagi Hay’at yig‘ilishida muhokama etildi va Hukumat komissiyasining 2008 yil 15 avgustdagi (07/1-356 15.08.08 y), 2008 yil 21 oktyabrdagi (07/1-356 21.10.08 y) bayonnomalari bilan,
2008-2009 o‘kuv yilida Respublika miqyosida 26 ta tayanch maktabda 31 o‘kuv fanidan DTS va o‘kuv dasturlari tajriba-sinovdan o‘tkazilib, vazirlikning 2009 yil 26 iyundagi Hay’at majlisida muhokama qilinib, Hukumat komissiyasining 2009 yil 16 dekabrdagi (07/01-356 18.12.09 y) bayonnomasi bilan tasdiqlanib, ommaviy ravishda joriy etildi.
1999 yil 16 avgustda umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari Vazirlar Mahkamasining 390-sonli qarori bilan tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan edi. 1999-2003 yillar mobaynida o‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ularda o‘quvchilar yoshini, psixologik va fiziologik xususiyatlarini hamma fanlarda ham to‘liq hisobga olinmaganligi, o‘quvchilar o‘zlashtrfishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar faqat bitiruvchi sinflar uchun belgilab qo‘yilganligi, bilim, ko‘nikma va malakalar bir-biridan farqi ajratilmaganligi, hattoki, qirg‘iz, qozoq, tojik, turkmai, qoraqalpoq tillari va adabiyotlari, 8-sinflarda rus adabiyoti, 4 va 8-sinflarda mehnat ta’limining 5 ta yo‘nalishi, 5-7-sinflarda informatika fanlaridan DTS yaratilmaganligi aniqlandi. Boshlang‘ich sinflarda esa, bilim, ko‘nikma va malakalar talablar shaklida berilgan edi. Umumiy o‘rta ta’lim, O‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi va Oliy ta’limda o‘rganiladigan fanlar orasida uzviylik va uzluksizlik ta’minlanmagan edi.
“2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” ijrosini ta’minlash maksadqda umumta’lim fanlari : bo‘yicha mavjud DTSlar yangidan tahrir etilib, o‘kuv dasturlari modernizatsiya qilindi. Qirg‘iz, qozoq, tojik, turkman, qoraqalpoq tillari va adabiyotlari, 8-sinflarda rus adabiyoti, 4- va 8-sinflarda mehnat ta’limining 5 ta yo‘nalishi, 5-7-sinflarda informatika fanlaridan DTSlar yangvdan yaratildi. Boshlang‘ich sinflarda o‘kuvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar ishlab chiqildi.
Barcha umumta’lim fanlaridan DTSlar yangi tahrirdan o‘tkazilgavd kuyidagi o‘zgartirish ishlari bajarildi:
• DTSlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar har bir sinflar uchun fanlar kesimida alohida belgilab berildi.
• DTS bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar bir-biridan ajratildi.
• O‘quv dasturlari modernizatsiya qilindi.
• Yangi tahrirdagi DTS va modernizatsiya kilingan o‘kuv dasturlarini bosqichma-bosqich (2004-2009 yillar) tajriba-sinovdan o‘tkazish belgilandi va bu ish amalga oshirildi.
Modernizatsiyalash va bosqichma-bosqich o‘tkazilgan tajriba-sinovlar natijasida barcha fanlar DTS va o‘quv dasturlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritib borildi. Jumladan:
9-sinf Ona tili o‘kuv dasturi matni mazmunan tahrir kilinib, ayrim talqinlar izchillashtirildi. Masalan, «Teng bog‘lovchili ko‘shma gaplar» mavzusida qo‘shma gaplarni aniqlash, oxang ustida ishlash; «Ergashtiruvchi bog‘lovchili ko‘shma gaplar» mavzusida bog‘lovchili ko‘shma gaplarni sodda gaplarga aylantirish; «Yuklamali ko‘shma gaplar» mavzusida matndan yuklamali qo‘shma gaplarni ajratish kabi jumlalar qisqartirildi.
9-sinf Adabiyot DTSda yo‘nalishlar bo‘yicha adabiy manba va figuralar 17 ta belgilanib, aniq ko‘rsatib berildi. O‘kuv dasturlaridan esa 3 ta figura dasturdan chikarildi. (Sofoklning «Shoh Edip», V.Shekspirning «Hamlet», A.Kamyu «Begona») o‘rniga Boburning «Boburnoma», A.Oripovning «Sohibkiron», V.Shekspirning «Otello», H.Hyeyne she’rlar, ALushkin •’evgeniy Onegin» asarlari kiritildi.
Amaldagi 9-sinf O‘zbek tili o‘kuv dasturida 20 ta mavzu berilgan edi. Modernizatsiya kilingan o‘quv dasturida mavzular soni 24 taga keltirildi. O‘quv dasturidagi adabiy o‘qish uchun tavsiya etilgan matnlar(11 ta mavzuda) yangilandi. 2 ta grammatik material 8-sinfda ham bo‘lgani sababli almashtirildi. O‘kuvchilar bilimiga qo‘yiladigan minimal talablar soni pasaytirildi.
9-sinf Tojik adabiyotitpshg amaldagi o‘quv dasturida 22 ta yozuvchi va shoirlarning hayoti va ijodidan namunalar berilgan edi. Modernizapiya kilingan o‘quv dasturida mavzular soni 26 taga keltirildi, hamda o‘quv dasturi yaxlit yo‘nalishlarga ajratilmaganligi sababli takomillashtirilganda 4 ta yirik yo‘nalishlarga ajratildi va soatlarga taqsimlandi:
1. Ma’rifatparvar adabiyoti.
2. Hozirgi zamon adabiyoti.
3. Jahon adabiyoti.
4. O‘zbek adabiyoti yo‘nalishlariga ajratilib, soatlari taqsimlandi.
9-sinf Qozoq adabiyotitkg o‘kuv dasturi yaxlit yo‘nalishlarga ajratilmagan edi. O‘kuv dasturi takomillashtirilganda 6 ta yirik yo‘nalishlarga ajratildi va soatlarga taqsimlandi:
1. Qadimga davr adabiyoti.
2.Xalq og‘zaki ijodi.
Z.XUSh-asr adabiyoxi.
4.Qardosh xalqlf adabiyoti.
5.Jahon adabiyotiga ajratilib, soatlari taqsimlandi.
9-sinf Nemis, Ingliz, Fransuz tillari DTSlarida minimum lug‘at tarzda rasmiyushshtirilgan, og‘zaki nutkdan foydalanishning leksik-grammatik migashumiga bo‘lgan talab 900-10000 leksik birlikka ko‘paytarildi. O‘qish texnikasiga bo‘lgan talab soddalashtirildi (5 daqiqada 300-350 so‘z). Bundan tapp qari qiziqtiruvchi ma’lumotni matndan ajratib olish uchun o‘qish, matjshing asosiy g‘oyasini tinglab tushunish, qiziqtiruvchi ma’lumotni mat:v[dan ajratib olish, dialogik va monologik nutqlarda ishtirok eta olish, guruxlarda kommunikativ vazifalarni bajarishda fikrlar almasha olish talaeablari qo‘yildi.
9-sinf Biologiya o‘kuv dasturidagi “Organiq olamning turli tumanligi” bobidagi tirik va o‘lik tabiatning o‘xshashlik va farkdari, moddalar va enerzgiya almashinuvi, o‘sish va rivojlanish, o‘z-o‘zini barpo etish va idora etipi, ta’sirlanish va harakatlanish, biologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlari kabi mavzu va tushunchalar “Kirish” qismiga olindi. Ushbu bobdan anaerob va aerob organizmlar, xemosintez kabi mavzular chiqarildi. “Hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari” bobidagi “Suv va anorganiq moddalar” mavjusi o‘rniga “Anorganiq va organiq moddalar” mavzusi berildi. “Origanizmlarning ko‘payishi va individual rivojlanishi” bobidagi “Mitoz, hujayra sikli, mitoz va interfaza” mavzusi berildi. “Jinssiz va jinsiy hujayralar, ularning tuzilishi va rivojlanishi” mavzusi o‘rniga ”Jinsiy hujzyralar, ularning tuzilishi va rivojlanishi” mavzusi berildi.
Tajriba-sinov natijalariga ko‘ra, yangi tahrirdagi DTSlari va takomillashtirilgan o‘kuv dasturlari amaldagi DTS va o‘quv dasturlaridan afzal ekanligini ko‘rsatdi.
Aytish joizki, 2008 yilda o‘kuvchilar tomonidan DTSda belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirilishining umumiy samaradorligi 2005 yilga nisbatan 2,9%ga, 2005 yil natijalariga nisbatan esa 4,5% ga o‘sgan.
Respublika hamda hududiy tajriba-sinov maydonchalari faoliyatini o‘rganib, ularga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika ta’liim markazi mutaxassislari “Fan yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari va o‘kuv dasturlarining amaldagi DTS hamda o‘quv dasturlari bilan qiyosiy tahlil», “Amaliyotga joriy etilgan fanlar bo‘yicha uqituvchilarning o‘kuvchilar bilim darajasini oshirishdagi ishlari samaradorligi”, “Ta’lim muassasalarida pedagoglarning takomillashtirilgan DTS va modernizatsiya qilingan o‘kuv dasturlarining o‘zlashtirishi”, “O‘qituvchilarning dars jarayonida o‘quv-laboratoriya jihozlaridan foydalanishi va uning samaradorligi”, “Tajriba-sinov maydonchalariga yetkazib berilgan metodik materiallar (dars ishlanmalari, didaktik materiallar, nazorat o‘lchov materiallar)ning yetarliligi va uning sifati”, “Tajriba-sinovdan o‘tgan takomillashtirilgan DTS va modernizatsiya qilingan o‘kuv dasturlarini amaliyotga joriy etilishi” kabi mavzularda o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Natijada, amaliyotchi o‘qituvchilar va metodistlar fan yo‘nallishlari bo‘yicha DTS va o‘quv dasturlaridagi o‘zgarishlarni o‘zlashggirishga erishdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |