Ta’lim jarayonini tashkil etishda talablarni aniq ifodalash. Davlat ta’lim standartiga, o‘quv dasturiga mos mavzularni o‘qitish, o‘qitishda o‘quvchilarni mustahkam bilim olishga undash, hayotga tayyor bo‘lish uchun bilim ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, tarbiyaviy, rivojlanuvchi xususiyatni, shaxsiy sifatlarni rivojlantirish, sodir bo‘ladigan muammolarga mustaqil qaror qabul qilishga, berilgan topshiriqlarni bajarishda ijodkorlik bilan yondashishga o‘rgatish, o‘qishga qiziqish, motivatsiya uyg‘otish, mustaqil o‘rganish qobiliyatlarni, ma’naviyatni, estetik didni kamol toptirish. O‘xshashlik va bir xillikdan qochish, sinfning darsga tayyorligi, yorug‘likning yetarliligi, temperaturaning mosligiga erishish.
Ta’lim shaklini loyihalashtirish. Bizga ma’lumki, ta’lim individual, guruhli va frontal shakllarda amalga oshiriladi. O‘qituvchi aynan ana shu shakllarda o‘quvchilarga ta’lim mazmunini yetkazadi. Shuning uchun, har doim o‘qituvchi “Nimani, qachon, qayerda o‘rgatish”ni loyihalab olishi zarur.
Ta’lim mazmunni loyihalashtirish. Ta’limning mazmuni davlat ta’lim standartlarida, fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan holatda darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruza matni, o‘quv-uslubiy majmualarda o‘z aksini topadi [40]. O‘qituvchi mazmunni loyihalashtirishda oddiydan murakkabga, osondan qiyinga tamoyilini hisobga olib, o‘quvchi tushuna oladigan tilda, bajara oladigan topshiriqlar asosida yetkazishi va o‘quvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtirishiga erishishi lozim.
Ta’lim metodini loyihalashtirish. Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida an’anaviy usullar bilan bir qatorda turli noan’anaviy ta’lim texnologiyalari, interfaol usullardan foydalanilmoqda. Ta’lim metodini loyihalashda o‘qituvchi qaysi mazmunni qanday an’anaviy, interfaol metoddan foydalanib, qancha vaqt davomida qanaqa tartibda yetkazib berishi loyihalaydi.
Darsning bosqichlari dars turlariga qarab ajratiladi. Bizga ma’lumki, darsning:
Yangi mavzuni o‘zlashtirish darsi;
Mustahkamlash darsi;
Takrorlash va umumlashtirish darsi;
Nazorat va baholash darsi
Aralash dars;
Xatoliklar bilan ishlash va h.k.turlari mavjud
Yuqoridagi dars turlariga qarab, dars bosqichlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Kirish qism;
Tashkiliy qism;
O‘quvchilarni faollashtirish;
Yangi bilimlarni egallash;
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash;
O‘rganilganlarni nazorat qilish;
O‘rganilganlarni qo‘llash;
Umumlashtirish va tizimlashtirish;
Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat;
Kamchiliklarni tuzatish (korreksiya);
Uyga vazifa berish;
Mashg‘ulotni yakunlash va h.k
Darsning texnologik xaritasi:
o‘quv jarayonini DTS talablariga mos rejalashtirish;
o‘qituvchi faoliyati natijalarini ko‘rsatish
yosh o‘qituvchilarga metodik yordam berishni ta’minlaydi.
Bugungi kungacha pedagoglar uchun texnologik xaritani yagona formasi mavjud bo‘lmay, xilma-xil ko‘rinishlardan foydalaniladi. Masalan,
1-shakli
Dars bosqichlari
|
Davomiyligi
|
O‘qituvchi faoliyati
|
O‘quvchi faoliyati
|
O‘quv-metodik materiallar
|
|
|
|
|
|
2-shakl [39,42].
Fanni nomi_______ guruh____________ sana __________
Mavzu_________________________________________________
Maqsad: a) ta’limiy_______________________________________
b) tarbiyaviy_______________________________________
g)rivojlantiruvchi_________________________________
Darsning turi______________________________________________
Asosiy tushuncha va iboralar__________________________________
Fanlar aro aloqalar________________________________________
O‘qitish vositalari____________________________________________
Dars shiori_________________________________________________
Har qanday loyihalashtirilgan dars yakunida o‘qituvchi quyidagi natijaga erishishi kerak:
O‘quvchilarda fanga xos bilimlarni egallashiga;
Fanlar aro aloqa, integratsiya, metapredmetlikni vujudga keltirishga;
Shaxsiy fazilatlarni shakllantirishga.
Informatika fani o‘qituvchisining o‘quv jarayonida o‘quv faoliyatini olib boradi. O‘quv faoliyatini loyihalashtirishdan maqsad shundaki informatika o‘qituvchisi:
o‘quv faoliyatini mustaqil tashkil etishga,
o‘z xohishlari bilan bilimlarni har xil manbalardan qidirib topishga;
ilgari egallagan bilimlarni amaliy jarayonda qo‘llashga;
ilmiy tadqiqotchilik mahoratlarini shakllantirishga;
o‘qituvchilik faoliyatini tashkil etishda mustaqil qaror qabul qilishga;
turli o‘quv faoliyatlarida qobiliyatlarini namoyon etishga o‘rganadilar
Shuningdek, muammolarni aniqlash, bartaraf etish mahorati, axborot yig‘ish, kuzatish, sinash, tahlil qilish, faraz qilish, umumlashtirish, tizimli fikrlash kabi qobiliyatlar shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |