O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
MUQIMIY NOMIDAGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI
Fizika-matematika fakulteti Informatika o’qitish metodikasi
ta`lim yo`nalishi 01/18-guruh talabasi
SAFIYAXON XABIBULLAYEVA HALIMJON QIZINING
KURS ISHI
MAVZU: Informatika o`qituvchisining meyoriy hujjatlarini loyihalashtirish
Ilmiy rahbar Fizika-matematika fakulteti o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari
A.R.Xasanov
Qo’qon – 2022
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………
|
3
|
I. ASOSIY QISM………………………………………………………………..
|
5
|
1.1.O’zbekistonda o’qituvchilarning meyoriy hujjatlari loyihalashtirish...... …………….……………..
1.2. Informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish ………...
1.3. Loyiha texnologiyasi.Ta’lim jarayonini loyihalashtirish . ……………………………..............................................................
|
5
11
17
|
XULOSA……………………………………………………………………..
|
27
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….
|
29
|
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.
Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi ta’lim tizimi sifatini yuqori saviyaga olib chiqishni talab etmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimida “Informatika” fani o‘qituvchisi faqatgina fan o‘qituvchisi emas, balki ta’limda va boshqaruvda axborot texnologiyalaridan foydalanishning samarali tashkil etuvchisi bo‘lib hisoblanadi.
Axborot hajmining keskin kengayib borayotganligi o‘quvchilar chun ham, pedagoglar uchun ham fanni o‘rganishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. “Informatika” ta’limi jarayonida turli-tuman pedagogik texnologiyalardan foydalanib, samarali natijaga erishish uchun o‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyatini oldindan loyihalashtirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda biz informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyatini bir butun model ko‘rinishiga keltirib oldik.
Informatikani o‘qitishda foydalaniladigan texnologiyalar xilma-xil bo‘lib (ta’limda virtual texnologiyalar, o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan texnologiyalar, multimediali texnologiyalar, o‘quvchilar bilimini nazorat qiluvchi texnologiyalar, loyihaviy o‘qitish texnologiyalari ва h.k.), qo‘llanmada bu texnologiyalar informatikani o‘qitish misolida batafsil yoritib berilgan.
Informatikani o‘qitish jarayonida ta’lim jarayonini loyihalashtirish muhim vazifa hisoblanib, o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishi natijasida o‘quv jarayonini, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni loyihalashtirish, bilimlarni nazorat qilish va baholashni loyihalashtirish, informatikani kasbga yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirishga erishilishi ilmiy tushunchalarga asoslanib ochib berilgan.
O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to`laqonli sheriklik o`rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko`lamlari qanday bo`lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o`ynashiga bog`liq.
Yuqorida aytilgan mezon va talablarga rioya qilgan holda Respublikamizda, zamonaviy hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishni uddalay oladigan, zamonaviy kompyuterlardan amaliy ish faoliyatida keng foydalana oladigan etuk kadrlar tayyorlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamalakatimizni ijtimioy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan1.
Do'stlaringiz bilan baham: |