Sabirova rixsi abdukadirovna yuldashev nosirjon muxam edjanovich


Fenilalanin va tirozin almashinuvining buzilishi bilan bog‘Iiq



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/221
Sana19.07.2022
Hajmi7,48 Mb.
#824812
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   221
Bog'liq
2 5454016151275179100

Fenilalanin va tirozin almashinuvining buzilishi bilan bog‘Iiq
kasalliklar
Turli to ‘qimalarda fenilalanin va tirozin almashinuvida qatnashuv- 
chi fermentlar nuqsoni bilan bog‘liq bir necha irsiy kasalliklar 
m a’Ium.
224


Fenilketonuriya. SogTom insonlar jigarida fenilalaninning ko‘p 
bo‘lmagan qismi (-1 0 %) fenillaktat va fenilatsetilglutaminga 
aylanadi. Fenilalanin katabolizmining fenilalaningidroksilaza ka- 
talizlaydigan bu yo‘li tirozin o ‘zgarishi buzilganda asosiy bo‘ladi. 
Bunday o ‘zgarish giperfenilalaninemiya va siydikda alternativ yo 1 
metabolitlarining — fenilpiruvat, fenilatsetat, fenillaktat va fenilat- 
setilglutamin miqdorining ko‘payishi bilan kechadi. Fenilalanin­
gidroksilaza nuqsoni fenilketonuriya (FKU) kasalligiga olib qiladi. 
FKUning 2 xil shakli farqlanadi.
Klassik FKU — fenilalaningidroksilaza genidagi mutatsiyalarga 
bog‘liq irsiy kasallik, ferment faolligining pasayishi yoki to liq 
inaktivlanishiga olib keladi. Bunda fenilalanin konsentratsiyasi qonda 
20 - 30 marta (m e’yorda — 1,0 - 2,0 mg/dl), siydikda m e’yorga 
(30 mg/dl) nisbatan 100 — 300 marotaba ortadi. Fenilpiruvat va 
fenillaktat konsentratsiyasi siydikda, m e’yorda umuman bo‘lmagani 
holda, 300 - 600 mg/dl ga yetadi.
FKUning eng og‘ir ko‘rinishlari — aqliy va jism oniy livojlanish- 
ning ortda qolishi, qaltirash sindromi, pigmentatsiyaning o zgarishi- 
dir. Davolanmaganda bemorlar 30 yoshgacha yashashi mumkin. 
Kasallikning chaqaloqlarda uchrash chastotasi — 1:10 000. Kasal­
lik autosom-retsessiv turda nasldan-naslga o tadi. FKUning og ii 
ko‘rinishlari miya hujayralariga fenilalanin, fenilpiruvat, fenillak- 
tatlam ing yuqori konsentratsiyalarining toksik ta siri bilan bog‘liq. 
Fenilalaninning yuqori konsentratsiyalari tirozin va ti iptofanning 
gematoensefalik to‘siq orqali o ‘tishini chegaralaydi va neyiome- 
diatorlar (dofamin, noradrenalin va serotonin) sintezini tormozlaydi.
Variantli FKU (kofermentga bog‘liq giperfenilalaninemiya) —
H4BP metabolizmini nazorat qiluvchi genlardagi mutatsiya oqibatidir. 
Klinik ko‘rinishlari klassik FKU ko‘rinishlariga yaqin, lekin aynan 
to ‘g ‘ri kelmaydi. Kasallikning uchrashi — 1 min chaqaloqqa 1 -
2 holat. H4BP nafaqat fenilalaninning gidroksillanish reaksiyalari 
uchun, balki tirozin va triptofan uchun ham kerak, shuning uchun 
bu koferment yetishmaganda bu 3 aminokislotaning metabolizmi, 
shuningdek neyromediatorlar sintezi ham buziladi.
Hozirgi vaqtda FKUga javobgar gen mutatsiyasining tashxisini 
DNK diagnostikasi usullari (restriksion analiz va PZR) yordamida 
o ‘tkazish mumkin.
225


Tirozinemiyalar. 
Tirozin 
katabolizmining 
jigardagi 
ba’zi 
o ‘zgarishlari tirozinemiya va tirozinuriyaga olib keladi. 3 turdagi 
tirozinem iya tafovut qilinadi.
I tur tirozinem iya (tirozinoz). Kasallik sababi fumarilatsetatni 
fumarat va atsetoatsetatga parchalanishini katalizlaydigan fumariat- 
setoatsetatgidroksilaza fermenti nuqsonidir. To‘planadigan meta- 
bolitlar b a’zi fermentlar va aminokislotalar transport tizimlarining 
faolligini pasaytiradi. Bu o ‘zgarishning patofiziologiyasi murakkab. 
Tirozinozning o ‘tkir shakli chaqaloqlar uchun xosdir. Klinik ko‘ri- 
nishlari — diareya, qusish va o ‘sishdan orqada qolish. Davolanmasa 
bolalar 6-8 oyda jig ar yetishmovchiligidan nobud bo‘ladi. Surunkali 
shakli o ‘xshash, lekin kam simptomlarga ega. 10 yoshda oMim 
sodir bo‘ladi. Bemorlar qonida tirozin miqdori m e’yorga nisbatan 
bir necha marotaba yuqori. Davolash uchun tirozin va fenilalaninni 
kam saqlagan parhezdan foydalaniladi.
II tur tirozinemiya (Rixner-Xanxort sindromi). Kasallik sababi
— tirozinam inotransferaza fermentining nuqsoni. Bemorlarda 
qonda 
tirozin 
konsentratsiyasi 
ko‘paygan. 
Kasallikka 
ko‘z, 
terining jarohatlanishi, yaqqol rivojlanmagan aqliy zaiflik, harakat 
koordinatsiyasining buzilishi xosdir.
Chaqaloqlar tirozinemiyasi (qisqa davrli). 
Kasallik para- 
gidroksifenilpiruvatni gomogentizin kislotaga aylantiruvchi para- 
gidroksifenilpiruvatdioksigenaza fermenti faolligining pasayishi 
natijasida vujudga keladi. Natijada bemorlar qonida para-gidrok- 
sifenilatsetet, tirozin va fenilalanin konsentratsiyasi ko‘payadi. 
Davo- lashda oqsil va vitamin C kam saqlaydigan parhez beriladi.
Alkaptonuriya («qora siydik»). Kasallik sababi — gomogentizin 
kislota dioksigenazasidagi nuqson. Bu kasallik uchun siydik bilan 
ko‘p miqdorda gomogentizin kislotaning ajralishi xarakterli, u havo 
kislorodi bilan oksidlanib, qora pigmentlar - alkaptonlar hosil qiladi. 
Bu metabolik o ‘zgarish XVI asrdayoq yozilgan bo‘lib, kasallikning 
o ‘zi 1859-yiIda yoritilgan. Kasallikning klinik ko‘rinishlari boflib, 
havoda siydikning qorayishidan tashqari, biriktiruvchi to ‘qimaning 
pigmentatsiyasi (oxronoz) va artrit hisoblanadi. Uchrash chastotasi
— 1 mln chaqaloqqa 2-5 holat. Kasallik autosom-retsessiv tipda 
nasldan naslga o ‘tadi. Hozirgi vaqtgacha nuqson genning geterozigot 
tashuvchilarini diagnostik aniqlash usullari topilmagan.
226


Albinizm. Metabolik o ‘zgarishning sababi — tirozinazaning 
tug‘ma nuqsoni. Bu ferment melanotsitlarda tirozinning DOFAga 
aylanishini katalizlaydi. Tirozinaza nuqsoni natijasida melanin 
pigmentlarining sintezi buziladi. Albinizmning (lotincha 
cilbus
— 
oq) klinik koTinishlari — teri va soch pigmentlarining boim asligi. 
Bemorlarda kolpincha koTish pasaygan, yorugTiqdan qoTqadi. 
Bunday bemorlar uzoq vaqt quyosh ta ’sirida bo‘lsalar, teri saratoni 
rivojlanadi. Kasallikning uchrash chastotasi - 1:20000.
Katexolaminlar sintezining buzilishi turli nerv-psixik kasalliklami 
keltirib chiqarishi mumkin, patologik o ‘zgarishlar ulaming pasayishi 
va ko‘payishida ham kuzatiladi.
Parkinson kasalligi. Kasallik miya qora substansiyasida dotamin 
yetishmaganda rivojlanadi. Bu eng keng tarqalgan nevrologik kasallik 
(60 yoshdan oshgan insonlar o ‘rtasida uchrash chastotasi - 1:200). 
Bu patologiyada tirozingidroksilaza, DOFA-dekarboksilaza faolligi 
pasaygan. Kasallik uch asosiy simptom bilan kechadi: akineziya 
(harakatlar chegaralangan), rigidlik (mushaklar zo ‘riqishi), tremor 
(qaltirash). Dofamin gematoensefalik to ‘siq orqali o ‘ta olmaydi va 
dori vositasi sifatida ishlatilmaydi. Parkinsonizmni davolashning 
quyidagi tamoyillari taklif qilinadi:
° dofaminning o‘tmishdosh preparatlari bilan o ‘rnini bosuvchi 
davolash (DOFAhosilalari) — levodop, madopar, nakom va 
boshqalar;
° MAO ingibitorlari bilan dofamin inaktivlanishini kamaytirish 
(deprenil, nialamid, pirazidol va boshqalar).
Depressiv holatlar ko‘pincha nerv hujayralarida dofamin va 
noradrenalin miqdorining pasayishi bilan bogMiq. M iyaning chakka 
qismida dofamin gipersekretsiyasi shizofreniyada kuzatiladi.
Xartnup kasalligi. Triptofan almashinuvining maxsus buzilish- 
lariga xosdir. Siydik bilan ko‘p miqdorda indolilatsetat, indolilat- 
setilglutamin va indikan ajralishi, ammo indolilsut kislotaning 
nor- mal miqdorda ajralishi tufayli, ehtimol, metabolik o ‘zgarish 
tripto- fan almashinuvining 1-reaksiyasi bilan bogMiq bo‘lib, asosan 
dekar- boksillanish sodir boMadi. Terida pellagrasimon jarohatlanish, 
psixik o ‘zgarishlar, atakinez hamda giperaminoasiduriya kuzatiladi. 
Zamo- naviy dalillarga ko‘ra, Xartnup kasalligidagi metabolik 
nuqson tripto- fanning ichakda so‘rilishi hamda triptofan va uning
227


almashinuv mah- sulotlarini buyraklarda reabsorbsiyasining irsiy 
buzilishiga bog‘liqdir.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish