miqdoriga teng bo‘ladi. Organizm o ‘sayotgan davrda shuningdek,
holdan toydiradigan kasalliklardan sog’ayib kelinayotgan paytda
organizmga tushib turadigandan ko‘ra kamroq azot chiqarib turiladi.
Bu musbat azot balansidir.
Odam qariganda, och qolganda va holdan
toydiradigan kasalliklar avjida, oqsilsiz parhezda azot tushganidan
ko‘proq chiqib turadi. Bu manfiy azot balansidir.
Kaloriyalaming soni jihatidan yetarli bo‘lgan ratsionda azot
muvozanatini saqlash uchun zarur oqsillarning eng kam miqdori
30- 50 g/sut ni tashkil etadi. Ammo bu miqdor salomatlik va ish
qobiliyati uchun zarur optimumni ta ’minlab bermaydi.
Iste’mol qilinadigan oqsil m e’yori.
Azot muvozanatiga erishish,
inson salomatligini saqlash va uning yuqori ishlash qobiliyatini
ta’minlash uchun ovqatlanishda oqsil normasini aniqlash lozim.
Chunonchi, katta yoshdagi aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi va
o ‘rtacha jism oniy faoliyati bor odamda energetik sarflanish 12000
kJ b o isa , sutkasiga 100 - 120 g oqsil iste’mol qilish kerak. Mehnat
sharoiti o ‘zgarganda va energetik sarflanish yuqori bo‘lsa, ushbu
m e’yor har bir 2100 kJ hisobiga 10 g ga ortadi. O g‘ir jism oniy ish
bajaruvchi ishchilar sutkada 130 - 150 g oqsil iste’mol qilishi lozim.
Homiladorlik va laktatsiya paytida, shuningdek,
ayrim patologik
holatlarda (organizm siydik yoki astsit suyuqligi, ekssudatlar bilan
oqsil yo‘qotsa, masalan: nefritlarda, og‘ir infeksion kasalliklarda,
kuyganda, jarohatlanganda va h.k.) oqsilga bo‘lgan ehtiyoj keskin
oshadi.
Yosh bolalarning oqsilga b o ig a n ehtiyoji birinchi navbatda
ularning yoshi va tana og‘irligi bilan aniqlanadi.
Tananing har
bir kg og‘irligiga 1,5 g oqsil ko‘payib borishi lozimdir (Rubner
koeffitsiyenti). G o‘dak bolalar sutkada 55 - 72 g oqsil qabul qilishi
zarur. Yoshi ulg‘ayishi bilan (12-15 yoshgacha) oqsilning ushbu
normasi katta yoshdagi odamning m e’yorigacha oshadi.
Oqsilga bo‘lgan ehtiyoj maTum darajada sutkalik ratsionning
kaloriyaligiga harn bog‘ liqdir. Ovqatlanish kaloriyasi yetarli bo‘ Imasa,
oqsillar birinchi navbatda organizmning energetik ehtiyojlarini
qondirish uchun sarflanib. anabolik jarayonlarda foydalanilmaydi.
Oqsillarning biologik qiymati. Organizmni oqsil almashinuvining
holati faqat ovqat bilan qabul qilinadigan oqsil miqdoriga bogMiq
bo‘lmay, balki uning tarkibiga ham bog’liqdir. Xihna-xil oqsillar
181
turlicha biologik qiym atga egadir. Shunga ko‘ra organizmning plastik
ehtiyojlarini qondirish uchun turli xil ovqat oqsillarini iste’mol
qilish
lozim. Iste’mol qilinadigan ovqat oqsilining aminokislota tarkibi tana
oqsillarining aminokislota tarkibiga qanchalik yaqin bo‘lsa, bunday
oqsillarning biologik qiym ati shunchalik yuqoridir. Ammo ovqat
oqsilining o'zlashtirilishi darajasi oshqozon-ichak yo‘li termentlari
ta ’sirida uning parchalanishiga bogiiqdir. Qator oqsil moddalari,
masalan: jun, sochlar va boshqalar. tana oqsillarining aminokislota
tarkibiga yaqin bo‘ lishiga qaramay, ovqat oqsili sifatida ishlatilmaydi.
Chunki ular ichak proteazalari ta’sirida gidrolizlanmaydi. G o‘sht,
sut va tuxum oqsillarining biologik qiymati yuqoridir,
chunki
ularning aminokislota tarkibi tana oqsillari aminokislota tarkibiga
yaqindir va ichak fermentlari ta’sirida oson parchalanadi. 0 ‘simlik
oqsillari, ayniqsa bug‘doy va boshqa boshoqlilar tarkibidagi
oqsillai to liq hazmlanmaydi, chunki ular sellyuloza va boshqa
polisaxaiidlaidan tarkib topgan qobiqqa ega, hazm termentlari ta
sirida gidrolizlanmaydi. Agar oqsilning tarkibida
barcha ahnashtirib
bo Imaydigan am inokislotalar zaruriy nisbatda saqlansa va
proteazalar oson ta sir etsa, bunday oqsilning biologik qiymati
shartli ravishda 100 deb qabul qilinadi va u qiymatli hisoblanadi.
Bunday oqsillarga tuxum va sut oqsili kiradi. Mol go‘shti oqsilining
biologik qiymati 98 ga teng. O 'sim lik oqsillari biologik qiymati
hayvon oqsillaridan past, chunki ular qiyin
hazmlanadi hamda lizin,
metionin va triptofan aminokislotalarini kam saqlaydi. M a’lum bir
o ‘simlik oqsillari birgalikda qabul qilinganda to iiq va balanslangan
aminokislotalar aralashmasi bilan organizm ta’minlanishi mumkin.
M akkajo‘xori oqsilining biologik qiymati 36, chunki kam miqdorda
lizin saqlaydi, lekin triptofan miqdori yetarli.
Oqsillarning biologik qiymati tushunchasi bilan essensial
almashtirib boM maydigan aminokislotalar «nima?» degan savol
chambarchas bogdangandir. Shuni ta kidlash kerakki,
inson
organizmida uglevod va lipidiar almashinuvi mahsulotlaridan
jam i 20 turdagi aminokislotalardan faqat 9 tasi sintezlanadi, ular
almashtirib bodadigan aminokislotalardir; 3 tasi yarim almashinib
bodadigan am inokislotalarga kiradi (7.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: