ladi. Eski barglar och-yashil bo„lib, keyinchalik sarg„ayadi. Bagni
orqa tomonida asosiy tomirlar bo„ylab to„q qizil rang ko„rinadi.
Fosfor.
Barglar to„q yashil, dag„al rangli tusga kiradi; o„sish
sekinlashadi, qizg„ish (tuslar) belgilar paydo bo„ladi.
Kaliy.
Barg to„qimalarini sarg„ayishi (yoki qo„ng„ir)
va nobud
bo„lishi, hamda barg chetlarini pastga buralashi kuzatiladi; barglar
burishib qoldai, bo„g„imlarni o„sishi to„xtaydi.
Oltingugurt.
To„qimalar nobud bo„lmasdan barglar och-yashil
rangga kiradi. Pomidorda yosh barglar bir tekis sarg„ayadi, tomirlar
esa qizg„ish rangga kiradi.
Magniy.
Xlorofill etishmasligi tufayli
barglarni oqaraboshlashi
kuzatiladi; rangi sariq, qizil, pushtiga aylanadi, tomirlar orasidagi
xloroz yashil rangda. Pomidor barglarining
tomirliri orasida jigar
ranglar paydo bo„ladi. Barg so„liydi, quriydi va tushib ketadi.
Kalsiy.
Yuqoridagi kurtaklar va ildizlar zararlanadi va nobud
bo„ladi. Yosh barglarni uchi va chetlarida nekroz kuzatiladi. Pomidorda
yosh barglarini cheti sariq-yashil bo„lib koladi. Barglar mayda, shakli
o„zgargan, nuqta ko„rinishdagi, keyinchalik qo„shilib ketadigan nekrozli
dog„lardan iborat bo„ladi. Barglarni chetlari pastga egilib turadi.
Temir.
Barg tomirlari orasida birtekis xloroz paydo bo„ladi,
barg to„qima-lari ko„rib ketmay och-yashil va sarg„ish bo„lib qoladi.
Nekrotik dog„lar odatda bo„l-maydi.
Bor.
Tepadagi kurtaklar, tomirlar va barglar quriydi. Pomidor-
da o„suv nuqta quriganda ko„p yon bachkilar hosil bo„ladi,
buning
natijasida o„simliklarda to„p-to„p bo„lib o„sadigan gabitus (tashqi
ko„rinish) paydo bo„ladi.
Mis.
Barglarda xloroz va uchini oqarishi, ularda turgorni yo„qo-
lishi, o„simliklarni so„lishi, poyalanishini sekinlashishi kuzatiladi.
Pomidorda barglar, ayniqsa yoshlari, mayda, ko„k-yashil bo„ladi.
Xloroz ko„rinmaydi.
Marganets.
Tomirlar orasida xloroz paydo bo„ladi; tomirlar
ko„kligicha qoladi, barg esa naqshli rang-barang ko„rinishga ega bo„-
ladi. Pomidorda dastlab o„rta yarusdagi barglar va asosiy tomirdan
naridagi barg maydonlari sarg„ayadi.
Marganetsni xaddan tashqari
etishmasligi tufayli maydaroq nekrotik dog„lar xatto asosiy tomirlar
yaqinida ham paydo bo„ladi.
Sink.
Barglarda, bazan tomirlarga ham o„tuvchi sarg„ayish va
xol-xollik paydo bo„ladi. Pomidorda barglar juda ingichka, spiral
ko„rinishida buralgan bo„ladi.
Molibden.
Barglarni yashil rangi azot almashinuvini buzilishi
tufayli, xiralashadi.
Chet elda mineral oziqali elementlarni
etishmovchilik belgila-
rini aniqlaydigan sodda ko„rsatkich tuziligan (33-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: