S yunusov, Z. Abdiyev



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

Gidroponika issiqxonasida 
 pomidor ko‘chatlarini o‘stirish

Pomidor ko„chatlarini tayyorlash uchun 264 talik penoblok 
kassetalar olinib, har bir uyasiga mos hajmdagi gradan tipidagi mi-
neral paxtadan bo„laklar kesib olinadi. So„ng ushbu bo„laklarni kas-
setaning har bir uyasiga joylanadi. Pomidorni gidropon issiqxona-
larda yetishtirishga moslashgan nav namunalari urug„lari penoblok 
kassetalarga xar bir uyaga bir donadan ekiladi. 
Urug„lar ekilgandan so„ng vermokulit va kasos qipig„i aralash-
masi bilan 0,5-1 sm qalinlikda mulchalanadi. So„ngra urug„larni 
namlash uchun suvli idishga botirib olinadi. Namlangan kassetalar 
balandligi 40 sm li so„kchak ustiga bir qavat qilib terib chiqiladi va 
kassetalar usti qog„oz yoki mato bilan yopib qo„yiladi. Urug„lar unib 
chiqquncha namlab turiladi. Ushbu yopilgan qog„oz yoki mato 
urug„lar bo„rtishi bilan olib tashlanadi. 
Penoblok tuvakchalarda unib chiqqan yosh nihollar 1-2 chin-
bargi paydo bo„lguncha ushbu kassetalarda turadi. Bir yoki ikki 
chinbargi paydo bo„lguncha yosh nihol ildiz tizimi penoblok kasse-
tadagi mineral paxtaning ichki qismida o„sib rivojlanadi. So„ng mi-
neral paxta bo„lagida joylashgan yosh nihollarni penoblok kas-
setalardan mineral paxtaga o„tqaziladi. Mineral paxtaning markaziy 
qismida ochilgan teshikka yosh nihol ildiz tizimi joylashgan mineral 
paxta bo„lagi joylashtiriladi va sug„oriladi. Mineral paxtaga 
o„tqazilgan nihollar oziqlantiriladi va 4-5 ta chinbargi paydo bo„l-
guncha ushbu joyda o„stiriladi. So„ng ularni doyimiy joyga ya‟ni ki-
chik hajmli gidropon usuldagi kakos qipig„i yoki boshqa substratlar 
bilan to„ldirilgan polietilen qopchalarga o„tqaziladi. Qopchalarni 


uzunligi 100 sm bo„lib xar 33 sm oraliqda to„rtburchak qilib 
polietilen qop yirtiladi va substrat ustiga mineral vata o„rnatib 
qo„yiladi. Ko„chatlar doyimiy joyga o„tkazilgandan so„ng barcha 
agrotexnik tadbirlar o„z vaqtida olib boriladi.
 
Kichik hajmli gidroponikada mineral oziqlantirish sharoitlarini 
optimallash asosi yetishtirish davrlari bo„yicha makro va mikroele-
mentlar, elektr o„tkazuvchanlik (ES) va nordonlik (pH) darajasi bo„-
yicha tegishli nisbatda balanslashtirilgan standart oziq eritmalardan 
foydalanish; zarur mikroiqlim sharoitlarini saqlab turishdir. 
Ko„chatlarni oziqlantirishni optimallashtirishda ayrim oziq ele-
mentlarni etishmovchiligi yoki ortib ketishi natijasida, sodir bo„ladi-
gan hamda ko„chatlar tomonidan ayrim oziq elementlarni o„zlashti-
rilishini buzilishiga olib keluvchi ionlarni antogonizmini (ziddiyatni) 
hisobga olish zurur. 
Ko„chatlarni oziqlantirish sharoitlarini optimallashni bir qator 
uslublari mavjud. Dastlab butun o„suv davri davomida to„g„ri, o„suv 
davrida tez o„zgarib turadigan suvning kimyoviy tarkibi bo„yicha 
to„g„ri ma‟lumotga ega bo„lish muhimdir. Takroriy taxlilarni har 2-3 
oyida bir o„tkazadilar, ayniqsa bu suv ochiq xavzalardan bo„lsa. Tax-
lil quyidagi ko„rsatkichlar bo„yicha o„tkaziladi: pH, NSO
3
, Cl, NH
4

K, Ca, Mg, Fe, Mn, Zn, B, Cu. 
Ko„chat yetishtirishda ishchi eritmalarni tayyorlashda 
o„g„itlarni suvda yo„l qo„yiladigan elementlarni oxirgi darajasi 
quyidagi maksimal chegarlarda yoki ulardan pastroq bo„lishi kerak 
(mg/l): Ca – 150-200, NSO
3
– 4,0-4,5 mM, Cl – 50-100, Na – 30-60, 
Fe – 1,0, Mn – 1,0, Zn – 0,3, S(SO
4
) – 60 (200). 
Ko„chatlarni kichik hajmli uslubda yetishtirishda suv 
buferligini doimiy nazorat ostida ushlab turish zurur, ya‟ni ozod 
ionlarni NSO
3
-1
tarkibi, ularni eritmadagi umumiy miqdori Ca
+2
va 
Mg
+2
ionlarining yig„indisidan oshib ketmasligi kerak, gidrokarbo-
natlarni odatdagi me‟yori 0,5-1 mMo/l. 
Suvni qattiqligini ham hisobga olish zurur – Ca(HCO
3
)
2
, Mg-
(HCO
3
)
2
, CaCl
2
, MgCl
2
, CaSO
4
, MgSO
4
tuzlarining umumiy miqdori. 
1

qattiqlikda Ca va Mg kationlari konsentratsiyasini 10 mg/l CaO 
ekvivalent (teng) ekanligini bildiradi. Foydalaniladigan Ca va Mg 
ionlarini miqdori ishchi eritmda bu ionlarni hisobga olingan miqdoridan 


past bo„lmasligi kerak, aks holda K va Ca +Mg ionlarini optimal nisbati 
buziladi, ular o„rtasida antagonizm (qarama-qarshilik) namoyon bo„ladi 
va ko„chatlar tomonidan K singdirilishi qisqaradi. 
Na yuqori miqdordagi ta‟siriga qarshi, oziq eritmalarda va dre-
najda Ca, Mg, K me‟yorini bu elementlarni nisbatini saqlab turgan 
holda oshirish lozim. 
Suvda oltingugurtni ortiqcha miqdori suvni dastlab faol xlor (Ca-
(HOCl)
2
, xlorli ohak, suyuq xlor bilan ishlov berish orqali kamay-
tiriladi. Faol xlorning me‟yori 1 mg oltingugurtda 0,6 mg ni tashkil 
qiladi. Shu me‟yordagi faol xlor bilan Fe
2
va Mn ortiqcha miqdor-
dagi faolligi kamaytiriladi. Suvdagi ortiqcha oltingugurt miqdorini 
dastlab cho„ktirish uchun suvga bo„r CaCO
3
qo„shib, suvni aktiv 
(fontanlashtirib) aralashtirish orqali amalga oshirish mumkin. 
Issiqxonalarda oziq moddalarni etishmaslik belgilari o„simlikni 
turli qismlarida namoyon bo„lishi mumkin: yosh va qarigan barglar-
da, o„suv nuqtalarida. Yosh barglarda va o„suv konuslarda oziq 
elmentlarni etishmovchilik belgilari ko„pincha B, Ca, Cu, Fe, Mn, 
Zn, ya‟ni kalsiy va mikroelmentlarni, qari barglarda esa – N, Mg, K, 
S, Mo etishmasligidan darak beradi. Talabga to„la javob beradigan 
tarkibdagi oziq eritmalardan foydalaniladigan sharoitda turli xil 
dog„-xollar, nektrozlar, xlorozlar – substrat haroratini past yoki 
yuqoriligi, ildiz tizimini sust rivojlanganligi yoki himoyalanadigan 
yoki oziqlantiriladigan kimyoviy vositalarni fitozaharlilik reaksiyasi 
tufayli ularni o„zlashtirish imkoni yo„qligini tasdiqlaydi. 
Substrat va oziq eritmada nafaqat oziq elementlarni doimo 
monitoringni olib borish, balki oziq elementlarni talab qilinadigan 
darajalarda va nisbatda saqlash bo„yicha tadbirlarni amalga oshirish 
ham zarur. Bunga drenajdan yana ham kengroq foydalanish, qisqa 
vaqt ichida oziq eritmani (korrektirovka) to„g„rilash orqali erishiladi. 
Issiqxonalarda oziq eritmani nordonlik ko„rsatkichini doimo 
nazorat qilib turish zarur, chunki u ko„pchilik oziq elementlardan 
foydalanishga katta ta‟sir etadi. pH optimumdan (5,1-5,9) yuqori 
ko„tarilganda P, B, Cu, Fe, Mn, Zn, o„zlashtirilish nordon muhitda 
esa Mo o„zlashtirilishi pasayadi. Ko„pincha noto„g„ri oziqlantirishni 
sababi oziq elementlarni etishmovchiligi emas, balki ishqorli reaksi-
yadagi eritmada ularni singdirishni iloji yo„qligidadir. 


Ph 

6 darajada sozlash uchun ishchi eritmadagi KH
2
PO
4
tuzini 
ortofosfor kislotasi bilan almashtiriladi. ph 

5 past ko„rsatgichi am-
moniydan (ammoniy fosfat, amselistra) katta miqdorda foydalanil-
ganda kuzatiladi. Bu holda ishchi eritmadagi pH ni pH – 6 gacha, 
eritmada NH
4
miqdorini 10 mg/l oshirmay beradilar. Bu holda K 
me‟yorini kamaytirish, bir marotaba tomchilab sug„orish me‟yorini 
70 ml gacha kamaytirish kerak. ph yuqori bo„lganda, NH
4
me‟yorini 
biroz ko„paytirib 20 mg/l gacha etkaziladi, eritmada Fe me‟yorini 2-
2,5 mg/l gacha ko„paytiriladi. 
Kichik hajmli substratlardan foydalanishda o„simliklar muntazam 
va kun davomida ko„p marotaba mineral o„g„itlarning tegishli umumiy 
konsentratsiyadagi tuzli eritmalari bilan sug„orish qo„llaniladi, bu 
ekinlarni tuzga chidamligiga bog„liq (32-jadval). 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish