S yunusov, Z. Abdiyev



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

 


Nazorat savollari: 
1. Ko„chatlarni mineral oziqalar bilan ta‟minlashni qanday aso-
siy yo„llari mavjud?
2. Tuproq aralashmalariga qo„yiladigan talablar. 
3. O„zbekistonda tabiiy tuproqdan foydalanib tuproq aralash-
masi qanday yaratiladi? 
4. Ko„chatlarni yetishtirishda qanday tuproq aralashmasi 
tavsiya etiladi? 
5. Tuproq aralashmasidan qanday to„g„ri foydalaniladi?
6. Himoyalangan yerlarda qanday o„g„itlar qo„llaniladi?
7. Issiqxonalarda o„g„itlarga talabni qanday aniqlaydilar?
8. Issiqxonalarda o„g„itlarni qo„llash tizimi qanaqa?
9. Gidroponika nima va uni qanday turlari bor?
10. Agregataponikani qanday xususiyatlari bor?


 
5-BOB. KICHIK HAJMLI GIDROPONIKA 
VA SUBSTRATSIZ EKIN 
 
5.1. Kichik hajmli gidroponikani avzalligi va tarqalishi 
Kichik hajmli ekin – bu gidroponikani bir turi, bunda ekinlarni 
yetishtirish kichik (5-15 l) hajmli organik yoki mineral substratlarda 
amalga oshiriladi. 
Sabzavotlarni bu usulda sabzavot ekinlarini yetishtirish 
dunyoda keng tarqalgan. U 100 ming ga oshiq issiqxona maydonini 
egallaydi va doimo kengayib bormoqda. Skandinaviya mamlakat-
larida, Belorussiyada bu usul bilan sabzavotlar 80% ortiqroq
Niderlandiyada – 60% ortiroq issiqxonalarda yetishtiriladi. 
Bolgariya, Latviya, Ukraina, Rossiya Federatsiyasi kichik hajmli 
ekinlarga mo„ljallan-gan issiqxona maydonlarini ko„paytirmoqdalar. 
Latviyadagi «Riga» issiqxona kombinatida 14 ga issiqxona kichik 
hajmli gidroponika bilan band. Bu texnologiya bilan sabzavot 
yetishtiruvchi katta maydonli issiqxona MDH «Kiev sabzavotchilik 
fabrikasida», Moskva oldidagi «Marfino» sovxozida va «Niva» 
aksionerlik uyushmasida mavjud. Tropik va subtropik mamlakat-
larda kichik hajmli gidroponika eski uslublarni borgan sari siqib 
chiqarmoqda. U bizda O„zbekistonda ham keng tarqalib bormoqda. 
Kichik hajmli gidroponikani qo„llash issiqxonalarni, qishloq 
xo„jaligida foydalanishga yaroqsiz yerlarda qurish imkonini beradi, 
bu hozirda tez suratlar bilan unumdor tuproqlarga talab oshib 
borayotganda juda dolizarbdir. 
Kichik hajmli gidroponika usuli suvni parlanib sarflanishini 
kamaytiradi, begona o„tlarni, kasallik va nematodani tarqalishiga 
imkon bermaydi; u suv va o„g„itlarni iqtisod qilishni ta‟minlaydi va 
atrof muhitni kamroq ifloslaydi. 
Kichik hajmli gidroponika tuproq aralashmasidagi ekinlarga nis-
batan o„simliklarni o„sishini tezlashtiradi va ularni hosildorligini 3-5 -
marta oshiradi, chunki bunda yetishtirish sharoitlari va o„simliklarni 
oziqlanishi maksimal tenglashadi va o„simliklarda fiziologik jarayonlar 
jadalroq o„tadi. Pomidor o„simliklari ekilgandan so„ng 75 kun o„tgach 3 
m balandlikka etadi, bu tuproqli ekinga nisbatan 4-5 marotaba ko„pdir. 


Kichik hajmli texnologiyada katta hajmdagi tuproq aralashma-
sini tayyorlashga, tashishga va tarqatishga, tuproqqa ishlov berish, 
har yili parlash yoki o„suv davrida tuproq aralashmasida to„planadi-
gan zararkunanda va kasalliklarga qarshi kimyoviy ishlovlarni olib 
borish zaruriyati qolmaydi. Bunda ko„rsatilgan ishlab chiqarish 
operatsiyalarini bajarish uchun zarur texnika, uskuna va jihozlarni, 
pestitsid va boshqa materiallarni olishga sarflanadigan xarajatlar 
qisqaradi. 
Sanitariya choralariga qa‟tiy rioya qilinganda kichik hajmli gid-
roponika mehnat va kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish 
uchun pestitsidlarga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirishga imkon 
beradi, bu yetishtiriladigan sabzavot mahsulotlarini ekologik tozali-
gini oshiradi. 
Kichik hajmli gidroponikadan foydalanish o„simliklarni parva-
rishlashni engillashtiradi va ularni birmuncha o„sishini tezlashtiradi, 
chunki eritmani uzatish kompyuter nazoratida bo„ladi. Bu hosillar 
orasidagi uzulishlarni qisqartirishga yordam beradi, chunki o„sim-
liklarni o„sish davriga ko„ra turli substratlarga qayta o„tkazish yo„li 
bilan yetishtirish jarayonini birnecha bosqichlarga bo„linishi (ko„-
chatni yetishtirish, o„stirib olish, asosiy hajmdagi substratga qayta 
o„tkazish) ro„y beradi. 
Kichik hajmli gidroponika tuproqli ekinlar va agregatoponika-
ga qaraganda quyidagi avzalliklarga ega: 

issiqxonalarni qurishda va qayta tiklashda kapital mablag„la-
rini kam ketishi; 

muhitni kichik hajmliligi va mikro jarayonli texnika qo„l-
lanishi tufayli, ildiz joylashgan muhit sharoitlarini tezroq sozlanishi; 

substrat hajmini kichikligi va parlanishni istisno bo„lishi 
tufayli isitish uchun issiqlik energiyasidan unumliroq foydalanish; 

substrat hajmini 15-30 marta kamayishi; 

tomchilab sug„orish substrat hamda o„g„itlarni (40% gacha) 
plyonka bilan o„ralganligi tufayli suvni ko„proq iqtisod qilinishi; 

ekinlarni almashlash zaruriyatini yo„qliligi; 

standart mevalarni chiqishi va uni sifatini yaxshilanishi; 

tashkiliy-texnologik darajani va mehnat unumdorligini oshi-
shi; 



odatdagi tuproqli ekinlarda tuproqlarni nordonligi va agro-
kimyoviy tarkibida ko„pincha namoyon bo„ladigan muammo vujud-
ga kelmaydi. 
Hosildorlikni oshishi, mehnat xarajatlarini qisqarishi resurslarni 
(man-balarni) iqtisod qilinishi tufayli kichik hajmli gidroponika 
yuqori iqtisodiy samara olishni ta‟minlaydi. 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish