46-rasm
. Mineral paxtaning ko‘rinishi
.
Plitalarni ishlab chiqarish bo„yicha tajribalar muvaffaqiyatli
ortib borgan sari ularni ishlab chiqarish takomillashib borgan.
Boshida vertikal tolali plitalar paydo bo„ldi, so„ng ancha tejamkor,
havo va suv nisbati sal kamroq zichligi pastroq,
ammo foydalanish
davri ancha qisqaroq bo„lgan plitalar chiqarilaboshlandi. Yaqinda
ayrim ekinlar talabini qondirish uchun turli zichlikdagi, buyurt-ma
orqali plita chuqurligida suvni tarqalishiga, uni oqib va to„yinishiga
imkon beruvchi plitalar paydo bo„ldi.
Mineral paxtani, yana toshli paxta deb ham ataydilar, uni bazal-
tli tog„ jinslaridan yoki unga o„xshash diabazlardan ishlab chiqaradi-
lar. Maydalangan tog„ jinslari koks bilan aralashtirib 1600
S harorat-
da erish nuqtasigacha qizdir-iladi. So„ng erigan materialga oz-ozdan
oxaktoshlar, fenol asosida tayyorlangan namlashtiruvchi agent, plita-
larni ishlab chiqarish uchun tolalarni birga
birlashtiruvchi organik
polimer qo„shib tolalar qilinadi.
Minerallashgan paxta plitalar uzluksiz ekin ekilganda o„ziga
xos struktura-ni 4 yil davomida va har bir yangi ekin oldidan bug„
bilan sterilizatsiya qilinib bir yillik ekinlar uchun takroran foydala-
nilganda 3 yil davomida saqlab turadi. Pastroq zichlangan plitalar
qisqaroq foydalanish davriga ega, lekin ularni ham sterilizatsiya qi-
lib doyimo foydalanish, agar ularni sifati yaxshi bo„lsa, kamida yana
bir marotaba foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishda
turli xususiyatlarga ega bo„lgan, sotuv markalari turlicha mini plita-
lardan foydalaniladi.
«Grodan» mineral paxtani chiqaruvchi Qradaniya AG Daniya
kompaniyasi suv va oziq moddalarni ayrim olingan tushkalarni turli
joylarida va turli tushak-larni issiqxonalarda ham bir me‟yorda taq-
simlanishini ta‟minlaydigan Qrotop Master va Qrotop Expert mine-
ral substratlarni ishlab chiqarishni o„zlashtirdi. Koreliyada (Rossiya)
«Gravilen» mineral paxtasi chiqarilmoqda.
Mineral paxtani asosiy avzalligi – uni tozaligi va sug„orish
jadalligini tegishli ravishda sozlash va ildiz joylashgan muhitda havo
va suv nisbatini ta‟-minlab berish qobiliyatidadir.
Ekin va substrat issiqxona tubidan (polidan) har doyim to„la
ajralgan bo„lishi kerak. Uni odatda tuproq
yuziga polietilen choy-
shablarni, gazlama, tarnovlarni joylash yo„li bilan amalga oshiriladi.
Mineral plitalar yer yuzidan (polidan) yuqorida tarnovlarda yoki
sukchalarda (stelajlarda) o„rnatilgan bo„li-shiga qaramasdan,
substratga qandaydir ildizni kasallantiruvchi mikroorganizm-larni
tushishini oldini olish uchun yer yuzini (polni) qoplash zarurdir.
Mineral paxtani muhim xususiyati uni strukturada suv va havo
o„rtasidagi muvozanatni sozlab ushlab turish qobilyatidir.
Mineral
paxtali ekin (o„simlik) hech qachon na qurib qolishdan, na ko„llanib
ketishidan, na kislorod ochligidan qiynalmaydi. Minerallashtirilgan
plita hajmida tola faqat 5% ni, g„ovakli muhit esa 95% ni tashkil
qiladi. To„la namlanib to„yintirilgan plita tarkibida 65% ga yaqin suv
va 30% ga yaqin havo tashkil topgan, ya‟ni 10 litrli, uzunligi 1 m
bo„lgan plitada 6 l dan ortiq suv mavjud.
Ko„chat yetishtirishda mineral paxta torfga qaraganda quyidagi
avzalliklarga ega:
yuqori g„ovaklilikka va havo hamda suv nisbatlarini yaxshi
saqlab turish qobiliyatiga;
kimyoviy inert;
strukturali barqaror va o„zgarmas sifatiga;
uni par va kimyoviy usullarda
strelizatsiya qilish hamda
takroran bir necha aylanishlarda foydalanish mumkin.
Agar mineral paxtali ekin namlanganda u 15% kam bo„lmagan
suvni o„zida saqlasa, bunda u hech qachon suvni etishmovchiligidan
yoki oshib ketishidan qiynalmaydi. Agar plita asosida suvni bemalol
oqib ketish imkoni bo„lsa, ekin hech qachon qolishdan qiynalmaydi,
chunki sug„orishlar orasida yetarli tannafus bo„l-ganda, paxta yana
30% yaqin havoni to„playdi.
Suvda yuqori miqdorda tuzlarni bo„lishi tuproqli ekinlar uchun
yaroqsizdir, mineral paxtali ekinlar uchun esa halokatlidir. Sifatsiz
suv mineral paxtada yetishtirishni boshqarishni qiyinlashtiradi.
Mineral paxta butunlay inert, shu bois ekinlar uchun oziq erit-
malarni to„liq tushishini doimo ta‟minlash zaruriyati mavjud. Ekinlar
uchun bir qancha eritmalar mavjud, buning uchun kompyuter orqali
boshqariladigan aralashma tayyorlaydigan bir bakdan boshlab, to
aralashma tayyorlaydigan bir necha bakli qurilmalar bor.
Ko„chatlar alohida kichik hajmli plitalarda 2-3 dan
yetishtiriladi. Shu bois har bir sug„orishda,
har bir plitaga bir xil
hajmda oziq eritma berilishi muhimdir. Me‟yorlab sug„orish va
sug„orish tizimidan to„g„ri foydalanish mineral pahtada yetishtirish-
ning asosiy omili hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: