S yunusov, Z. Abdiyev


MIKROIQLIMNI NAZORAT QILISH



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

 
MIKROIQLIMNI NAZORAT QILISH 
Tepa va yon tomondan shamollatish 
Ichki tomondan shamollati
Isitish tizim
18-rasm
. Issiqxonalarda mikroiqlimni avtomatik sozlash
Plyonkali qoplamalar ostida oyna ostidagiga nisbatan sutka 
davomidagi harorat keskin o„zgaradigan, havo namligi yuqori bo„la-
digan, yorug„lik yaxshiroq va ultrabinafsha nurlarini miqdori baland-
roq bo„ladigan mikroiqlim yuzaga keladi. Plyonkalar o„simliklarni 


salbiy haroratdan saqlayolmasligi tufayli, ularni tez-tez qaytalay-
digan sovuqlar o„tgandan so„ng qo„llaydilar. 
O„simliklarni o„zi ham mikroiqlimga katta ta‟sir ko„rsatadi. 
Issiqxona ekini joylashgan havo va tuproq muhitida, o„simlik yashay 
oladigan mikroiqlim mintaqasi – agrofitoiqlim yaratiladi. Bu qonuni-
yatni o„zgartirish o„ziga xos xususiyatlarga ega, issiqxona maydoni 
va o„simliklarni massasi qanchalik katta bo„lsa, bu xususiyatlar 
shunchalik sezilarli bo„ladi. 
Issiqxonalarda mikroiqlimni hozirgi paytda zamonaviy uskuna-
lar va sensorlar bilan boshqarilmoqda (18-rasm).
 
 
3.1. Issiqxonalarda yorug„lik tartiboti 
 
Issiqxonalarda yorug„likni ahamiyati va unga talabi.
Yorug„lik o„simliklar uchun energiya beruvchi manba hisoblanadi. 
Tarkibida xloro-fill bo„lgan yashil o„simliklar, nurli energiya yorda-
mida organik moddalarni yaratish va to„plash qobiliyatiga ega, u o„z 
navbatida hosilni shakllanishini ta‟-minlaydi. Yorug„lik yana nafas 
olish, transpiratsiya va moddalarni harakati uchun sarflanadigan 
energiya manbai hisoblanadi. 
Ko„chatlarni issiqxonalarda o„sishi, rivojlanishi va hosildorligi 
uchun yorug„likni jadalligi va spektr tarkibi, qanchalik ahamiyatga 
ega bo„lsa, yorug„ kunning davomiyligi ham shunchalik ahamiyatga 
ega. Quyoshdan tushadigan yorug„lik qanchalik ko„p bo„lsa, havo 
harorati va CO
2
miqdori shunchalik (tegishli me‟yorgacha) yuqori 
bo„lishi kerak. 
Quyosh radiatsiyasi yorug„lik manbai hisoblanib, u turli to„lqin 
uzunligidagi elektromagnit tebranishlarga ega bo„ladi. 280-4000 nm 
(namnometr – metrni milliarddan bir ulushi) spektor doirasidagi 
to„lqin uzunligi qisqa to„lqinli, 4000-10000 nm esa uzun to„lqinli 
radiatsiya deyiladi. 400-750 nm to„lqin uzunligidagi spektr qismi u 
ko„rinadigan spektr mintaqasi hisoblanib, uni inson ko„zi turli 
ranglarda xis qilib qabul qiladi. 750 nm dan katta bo„lgan spektor 
doirasidagi to„lqin uzunligi infraqizil, 400 nm dan pasti esa – 
ultrabinafsha nurlanishga kiradi. Nurli energiyaning asosiy qismi 
ko„rinadigan (44%) va infraqizil (54%) spktor doirasiga to„g„ri 


keladi. Ultrabinafsha nurlanish odatda 2% tashkil qiladi va u faqat 
baland tog„larda 5-6% etadi. 
Radiatsiya to„g„ri, tarqoq (yoyilgan) va umumlashgan bo„lishligi 
bilan farqlanadi. To„g„ri radiatsiya xaraktdagi yuzaga to„g„ri quyoshdan 
keladigan parallel nurlarning to„p (tutam) ko„rinishida qabul qilinadi. 
Tarqoq – havo molekulalari va undagi muallaq qattiq va suyuq 
zarrachalar, bulutlar ta‟sirida parchalanib tushadigan radiatsiya. 
Radiatsiyaning (to„g„ri va tarqoq) umumiy yig„indisi 
umumlashgan 
(jamlangan) radiatsiya yoki radiatsiya balansi
deb ataladi. Tarqoq 
radiatsiyaning solishtirma og„irligi o„rtacha 26% ni, to„g„riniki esa – 
74% ni tashkil qiladi, ammo bu nisbat yil va sutkalik vaqt davomida, 
bulutli kun va boshqa omillarga qarab keskin o„zgaradi. Bulutli 
kunlarda to„g„ri radiatsiya bo„lmaydi, ertalab va kechqurun osmon tiniq 
bo„lganda uni solishtirma og„irligi katta emas. Tiniq kunlarning 
yarmidagi vaqtlarda uning ulushi 85% ga etadi. To„g„ri radiatsiya 
o„simlikni tashqi barglariga quyosh tomondan, tarqoq – salqin 
tomondan tushadi. O„simliklar uchun tarqoq (yoyilgan) radiatsiya katta 
ahamiyatiga ega. 
O„simliklarni hayoti faoliyati uchun to„lqin uzunligi 380 dan to 
720 nm gacha bo„lgan optik nurlanuvchi maydonda o„simlik uchun 
fotosintezni ta‟minlovchi va boshqa fiziologik jarayonlarga ta‟sir 
etuvchi – FFR (fotosintetik faol radiatsiya) ayniqsa zarurdir. O„sim-
liklar tarkibida vitaminlar miqdori va ularni sovuqqa chidamliligini 
oshiruvchi, poyasini cho„zilib ketishidan saqlaydigan, uzun to„lqinli 
ultrabinafsha (280 dan to 380 nm gacha) va issiqlik beruvchi hisob-
langan qisqa infraqizil (720 dan to 800 nm gacha) nurlarini o„z ichi-
ga olgan fiziologik faol radiatsiya ham ahamiyatlidir. 
FFR jadalligi maydon va vaqt birligida tushadigan nurli yener-
giya miqdori bilan tavsiflanib, ming kkal/sm
2
da ifodalanadi. Qu-
yosh energiyasi tarkibida FFR 45-50% ni tashkil qiladi. 
Quyoshning nurli energiyasi barglar tomonida to„liq ushlan-
maydi. Uni ko„p qismi fotosintezda ishtirok etmay yon atrofdan o„tib 
ketadi. Bargga tushadigan energiyaning 15% atrof muhitga tarqaladi, 
10% barg orasidan o„tadi, 75% barg o„ziga singdiradi, undan 70% 
issiq-likka aylanib transpiratsiyaga sarflanadi va ekin o„stiriladigan 
xonaga tarqaladi (19-rasm). 


19-rasm
.
Bargni yorug‘likdan foydalanishi
(Klaypvayk bo‘yicha) 
 
Fotosintez uchun nurli energiya-dan foydalanish ko„p emas va u 
issiqxona ekinlari uchun – 0,3 dan 1-2% gacha bo„ladi. 
Yer yuziga tushadigan quyosh energiyasi quyosh yog„dusini 
davomiyligi, quyosh turishini balandligi va atmosfera havosini aylanishi 
bilan aniqlanadi. Quyosh yog„dusining davomiyligi geografik mintaqa 
va yil vaqtiga bog„liq. U yorug„ kunning uzunligidan juda kam. 
Vaholanki shimolda janubga nisbatan yorug„ kun uzunroq, bu yerda 
quyosh yog„dusi soatining soni havo ko„proq bulutli bo„lganligi tufayli 
kamroqdir. Quyosh yog„dusining davomiyligi barcha kengliklarda qish 
vaqtida qisqaradi. Yilning eng sovuq kunlarida – noyabrdan to 
fervalgacha MDH dagi o„rta mintaqalarida quyosh yog„dusi-ning 
davomiyligi O„rta Osiyo va Kavkazga nisbatan 3-4 marta, quyosh 
radiatsiyasining kattaligi esa 8-10 marotaba kamdir (10-jadval). 



Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish