Issiqhonalarni turlari va tuzilishi bo‘yicha
KLASTER
Issiqxolanalar
turlari
№3 - AMALIY MASHG„ULOT
O‘ZBEKISTONDA FOYDALANILADIGAN,
ISSIQXONALAR TURLARINING TAVSIFI
Topshiriq.
Talabalarni O„zbekistonda keng tarqalgan issiqxona
turlarining asosiy konstruktiv xususiyatlari bilan tanishtirish, ularni
inventar va foydali maydoni, to„siqlari koeffitsientini aniqlashga hamda
issiqxonalarni asosiy turlarini shakliy rasmini chizishga o„rgatish.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Mashg„ulotlarni o„quv xo„jaligi yoki
turli xildagi issiqxonalari bo„lgan institut va kollejga yaqin joylash-
gan fermer xo„jaliklarida o„tkazish maqsadga muvofiq. Bunday
imkoniyat bo„lmasa mashg„ulotlar, O„zbekistonda keng tarqalgan
issiqxona turlari namunaviy loyihalari, maketlari, plakatlari, rasm-
lari, diafilmlar, kompyuter tasvirlari va ma‟lumotli (spravochnik)
adabiyotlardan foydalangan holda himoyalangan yer sabzavotchiligi
xonasida o„tkaziladi.
Mashg„ulotni o„tkazish uchun talabalar 3-5 kishidan iborat
kichik guruhlarga bo„linadi. Kichik guruhlar turli konstruksiyali
issiqxonalarda yoki har xil loyihalar bilan ishlab, ular o„zaro alma-
shinib turadilar.
Talabalar issiqxonalarning turlari bo„yicha, ular o„rtasidagi
farqlarini ajrata bilish bilimini olish uchun issiqxonalarning quyi-
dagi: 1. Blokli ikki nishabli oynavand qishki; 2. Qishki angar tipida-
gi oynavand; 3. Bahorgi ikki nishabli arkasimon plyonkali; 4. Qishki
arkasimon plyonkali; 5. Boshqa yangi turlari bilan tanishtirish zarur.
Talabalar ish daftarlariga issiqxonalarning ustki tomonidan va
ko„ndalang kesimlari ko„rinishini chizadilar, buning uchun tashqi va
ichki hamda issiqxona seksiyalarini va tomonlarini o„lchaydilar.
Ko„ndalang kesimida issiqxona konturi, chodirsimon, tuproq ostida
va ustida joylashgan isitish trubalarini belgilaydilar.
Ishni bajarish tartibi.
Talabalar kursning nazariy qismida va
ma‟lumotli (spravochnik) adabiyotlardan olgan bilimlaridan foydalan-
gan holda, ish daftarida quyidagi savollarga javob yozadilar:
1. Issiqxonalar nimasi bilan ilitilgan yer va parniklardan farq-
lanadi? 2. Issiqxonalar qaysi asosiy konstruktiv va foydalanish
belgilariga ko„ra biri-ikkinchisidan farq qiladi? 3. Oynavand issiq-
xonalarning qaysi turlari O„zbekistonda foydalaniladi? 4. Plyonkali
issiqxonalarning qanday turlari O„zbekistonda uchraydi? 5. Qishki
issiqxona bahorgilaridan nimasi bilan farq qiladi?
So„ng talabalar issiqxonalarning seksiyalari va ularni qismlari
orasidagi masofani, tashqi va ichki tomonlarini o„lchaydilar, o„simliklar
o„stirilayotgan maydoni yuzasini, sarrov va karnizgacha balandlikni,
zvenolar kengligi va ustunlari, shproslari oralig„idagi masofalarni
o„lchaydilar. O„lchash natijalarini issiqxona rasmida ko„rsatadilar.
Talabalar o„lchamlarini ko„rsatib rasmni chizib bo„lganlaridan
so„ng issiqxonalarning asosiy turlarini quyidagi shaklda izohlaydilar
(9-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |