S yunusov, Z. Abdiyev



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

 
12-rasm.
 Ko‘chat yetishtirshga moslashgan
issiqxonalar (o‘ngda stelajda va chapda erni o‘zida): 
 

issiqxonalardan foydalanish muddatiga ko„ra (qishki, biz-
ni issiq iqlimli yoz oylaridan tashqari, yil mobaynida ishlatiladigan 
va bahor faslining ma‟lum muddatida foydalanadigan bahorgi); ular 


qaysi maqsadda foydalanishiga ko„ra sabzavot yoki ko„chat 
yetishtiriladigan bo„ladi; 

isitish usuli bo„yicha – quyosh yordamida (oddiy va geliois-
siqxonalar), biologik, texnik (suv, gaz, havoni qizdirib beradigan 
isitgichlar va generatorlardan foydalanish, elektr energiyasi yorda-
mida) turlarga bo„linadi; 

nur o„tkazadigan qoplamasining turi bo„yicha – oynavand, 
plyonkali, oyna plastikli (nur o„tkazadigan qattiq polimer mate-
riallardan qoplangan); qo„ziqorin yetishtiriladigan qorong„i xonalar; 
pishib etilmagan sabzavot mahsulotini yetishtirishda foydalanila-
digan inshootlar; shimoliy mintaqalarda qorong„i joyda elektr nuri 
ta‟sirida ekin o„stiriladigan issiqxonalarning qoplamasi nur o„tkaz-
maydigan materiallardan tayyorlanadi; 

qoplamalarni mahkamlanishi bo„yicha – oynavandlarda – 
statsionar va panelsimon (romli va yig„ma); plyonkalilarda – parda-
simon (yaxlit qoplagich chodir) va panelsimon; 

zvenolar soni bo„yicha – bir zvenoli (bir proletli), bir zveno-
dan tashkil topgan va blokli, bir necha zvenolardan iborat bo„lib, 
o„zaro metall tarnovlar, ichki ustunlar yordamida bir-biriga birlashti-
rilgan; 

qoplamalarining shakli va konfiguratsiyasi bo„yicha – to„g„ri 
(yassi), qiya (bir nishabli, ichki ustunli ikki nishabli, ichki ustunsiz 
ikki nishabli yoki angarsimon), poligonal (gumbazsiz), arkasimon, 
yarim yoysimon bo„ladi. 

foydalanish ketma-ketligiga ko„ra – statsionar (doimiy) bo„-
lib, u bir joyiga o„rnatiladi va unda ishlatishga yaroqsiz holatiga kel-
guncha foydalaniladi; mavsum mobaynida bir ekindan ikkinchisiga 
ko„chirib o„rnatiladigan muvaqqat (nostatsionar). Muvaqqatlar (nos-
tatsionar), o„z navbatida, rels yoki biror moslama ustida harakatlan-
tirib surib yuriladigan va ko„tarib ko„chiriladiganlarga bo„linadi. 
yengil konstruksiyali, oynavand panelli yoki plyonka to„siqli bo„la-
di; 

yerga joylashtirilishi bo„yicha – erga chuqur joylashtirilgan 
(o„rali) va yer yuziga o„rnatilgan bo„ladi; 

ichki maydonidan foydalanish bo„yicha – erli, o„simliklar 
egatlarda yoki tekis maydonda va so„kchakchali, ichi tuproq ara-


lashmasi yoki neytral substratlar bilan to„latilgan so„kchaklar – 
oxirsimon moslamalarda o„stiriladi; 

o„simliklarni joylashtirish usuli bo„yicha – bir yarusli, ko„p 
yarusli va konveyrli bo„ladi. Yerli issiqxonalar doimo bir yarusli, 
so„kchaklilar esa bir va ko„p yarusli. Konveyrli esa gorizontal yoki 
tik harakatlanadigan konveyrdan iborat; 

ildizdan oziqlantirish usullari bo„yicha – tuproqli, kichik 
hajmli, gidropon, aerosuvli, fitotronli, qo„ziqorinxonalarga bo„linadi; 

sinchlarni mavjudligi – oynavand issiqxonalarning yopqichi 
og„ir bo„lganligi uchun, ular doim sinchli, plyonka yopilganida esa 
sinchli yoki sinchsiz bo„lishi mumkin. Sinchsiz issiqxonalar 
muntazam ravishda dam beriladigan havo tayanchli va vantali 
(issiqxonalar ustidan stolbalarga tortilgan trosslarga osib qo„yiladi-
gan) bo„ladi. 
Ko„rsatilgan belgilar nazarda tutiladigan bo„linsa issiqxona-
larning ko„p turlarini mavjudligidan farq beradi. Ularning har bir 
turini ijobiy va salbiy tomonlari mavjud bo„lib, issiqxona loyihasi 
tanlanayotganda mintaqa iqlim sharoiti hisobga olinishi kerak. 
O„tgan asrning 60-nchi yillari oxiri 70-nchi yillari boshlarida 
O„zbekistonda oynavand issiqxonalarni qurish jadal sur‟atlarda olib 
borildi. Ularning namunaviy loyihalari o„zgardi va konstruksiyalari 
takomillashtirildi. Shu sababli, respublikamizda turli loyihalar 
asosida qurilgan issiqxonalarni uchratish mumkin. 
Ayrim xo„jaliklarda 60-nchi yillar oxiri, 70-nchi yillar bosh-
lanishida 810-78 raqamli namunaviy loyiha asosida maydoni 3 ga 
bo„lgan angar issiqxonalaridan bloki qurilgan. Blokka har birining 
maydoni 3000 m
2
bo„lgan angar tipidagi 9 issiqxonalar kirib va 
maydoni 1500 m
2
bo„lgan ko„chat yetishtirishga mo„ljallangan ikkita 
issiqxona, xo„jalik va yordamchi binolar, kengligi 6 m bo„lgan 
yo„lak bilan blokka biriktirilgan. Bu davrda shuningdek, 810-45 
sonli namunaviy loyihaga muvofiq zvenolari oralig„i (zveno) 3,2 m 
bo„lgan 3-6 ga li blokli issiqxona kombinatlari qurilgan. 
O„zbekistonda keyingi yillarda 810-73, 810-92 raqamli 
loyihalar bo„yicha qishki issiqxonali kombinatlar qurildi. Bu 
zvenolarining oralig„i 6,4 m bo„lgan maydonli 6 ga oynavand qishki 
issiqxonalar blokidir. Konstruksiyasi mahsus engillashtirilgan 


ko„rinishda (profilli). Blokda har birining maydoni 1 ga dan bo„lgan 
6 issiqxona mavjud. Bir gektarli issiqxonaning tashqi o„lchami 
141×75 m (13-rasm). 
Blok maxsus qurilgan qozonxonadan issiqlik oladi. SHu bilan 
birga xo„jalik va yordamchi binolar hamda yo„lakni isitilishi ham 
hisobga olingan. Shuningdek, tuproq aralashmasi va suyuq yonil-
g„ilarni saqlaydigan maydoncha ham mavjud. 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish