№1 - AMALIY MASHG„ULOT
ILITILGAN YER ASOSIY TURLARINING TAVSIFI
Topshiriq.
O„zbekistonda keng tarqalgan ilitilgan yer turlari
bilan tanishish, ularni birini ikkinchisidan ajrata bilishni o„rganish,
ilitilgan yer turlari klassifikatsiyasini o„zlashtirish, arkasimon (yarim
yoysimon) sinchli kichik hajmli tonnel tipidagi plyonkali qurilmalar
tuzilishini chizish.
Uslubiy ko‘rsatmalar
. Mashg„ulot institut va kollejga yaqin
joylashgan, ilitilgan yer turlari mavjud bo„lgan, shu jumladan kichik
hajmli plyonkali tonnel tipidagi qurilmasi bo„lgan fermer yoki o„quv
xo„jaliklarida o„tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Agar bunday imko-
niyat bo„lmasa, mashg„ulot himoyalangan yer sabzavotchiligi xona-
sida maketlar, plakatlar, diafilmlar, kompyuter tasvirlari va boshqa
o„quv-uslubiy qo„llanmalardan foydalanib o„tkaziladi.
Mashg„ulotlar ilitilgan yerlarning haqiqiy turlari ustida
o„tkazilsa ularning katta-kichikligini o„lchash bilan, soni esa hisob-
lash yo„li bilan aniqlanadi.
Mashg„ulot o„tkazilayotganida talabalar 3-5 kishidan iborat
kichik guruhlarga bo„linadi. Kichik guruhlar bir guruhga mansub
bo„lgan ilitilgan yer turi ustida ishlaydilar. Ma‟lum guruhdagi
ilitilgan yer turi bilan tanishib, rasmini chizib bo„lganidan so„ng,
zvenolar boshqa turidagi ilitilgan yerlarga o„tadilar.
Ishni bajarish tartibi
. Talabalar nazariy kursdan olgan bilimlari
ma‟lumotli (spravochnik) adabiyotlardan foydalanib va ilitilgan yer
turlarining haqiqiy yoki ularni maketlarini ko„rib, ular o„zlarining
ish daftarlarida quyidagi BLITS SO„ROVlarga javob beradilar:
1.
Parnik va ilitilgan yerlarda qanday umumiylik va farqlanadi-
gan belgilari bor?
2.
Ilitilgan yer turlari klassifikatsiyasi qanday?
3.
Isitiladigan usti yopilmagan ilitilgan yer turlarini va nur
o„tkazadigan individual yopqichlarni qaysilarini bilasiz?
4.
Sinchsiz tonnelli qurilmalar qanday bo„ladi?
5.
Sinchli chodirsimon yopqich arkasimondan (tonnelsimon)
nimasi bilan farq qiladi?
Har bir talaba bu savollarga javob berganidan so„ng o„z ish
daftariga quyidagi ilitilgan yer turlarining o„lchamlarini ko„rsatib
rasmini chizadi: 1) sinchsiz o„rkach ko„rinishidagi qurilma, ko„n-
dalang kesimi; 2) sovuq yoki iliq ko„chatxona (ko„ndalang kesimi);
3) kichik hajmli arkasimon sinchli plyonkali tonnel qurilma (bo„yi
va ko„ndalang kesimi).
Talabalar ilitilgan yerlarning ayrim turlari rasmini chizib bo„l-
ganlaridan so„ng kichik hajmli plyonkali tonnel qurilmaning quyida-
gi shaklda tavsifini tuzadilar (7-jadval).
Talabalar materiallarga bo„lgan talabni hisoblab aniqlaydilar
yoki Ma‟lumotli (spravochnik) dan oladilar. Talaba ko„rsatilgan
savollarni barchasiga javob bergan bo„lsa, tonnel qurilmasining har
xil turlarini rasmini chizib va xarakteristikasini yozib bersa, ish
bajarilgan deb hisoblanadi.
Material va jihozlar.
1. Ilitilgan yerlarning kichik hajmli turlari
bo„lgan xo„jalik. 2. Ma‟lumotli (spravochnik) adabiyotlar. 3. Ilitil-
gan yer turlarining maketlari, plakatlar, rasmlar, shakllar, diafilmlar.
4. Ruletka, shtangensirkul, chizg„ichlar. 5. Kompyuter tasviri va
ma‟lumotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |