S yunusov, Z. Abdiyev


 Ochiq yerga ko„chat ishlab chiqaradigan



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

7.2. Ochiq yerga ko„chat ishlab chiqaradigan 
mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan komplekslar 
Ko„chat-sabzavotchilik birlashmalariga (komplekslar) ega 
bo„lgan yirik sabzavotkor xo„jaliklar tuvakchali ko„chat ishlab chi-
qarishda yuqori unumli liniyalardan foydalanadilar. Ularda foyda-
lanish mehnat xarajatlarini sezillarli kamaytiradi, ishlab chiqarishni 
unumdorligini oshirib ko„chat chiqishini ko„paytiradi. 
Rossiya Federatsiyasida tuvakchali ko„chat ishlab chiqarishda 
Butunrossiya sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot instituti ishlab chiqgan 
texnologiya va «Blok-o-mattik» tizmi qo„llaniladi. Birinchi o„ziga 
oziqa aralashmasini tayyorlaydigan mexanizatsiyalashgan liniyani 
o„ziga olsa, IGT-10 moslamasi tuvakchalarni yasash, bir vaqtni 
o„zida urug„ sepish (qo„lda maysalarni ko„chirib o„tkazish), ko„p 
yarusli konteynerlarni ortish, tayyorlangan tuvakchalarni ko„chat 
tayyorlash va ekish joylariga olib borish (transportirovka) ishi 
bajaradi. Liniyaning bir ish kunidagi unumdorligi 36 ming tuvakcha, 
ko„chat chiqishi 1 m
2
dan 200-250 dona. Mehnat sarfi 1000 dona 
ko„chat uchun 9,9 soat. 
Issiqxonalarda ko„chat yetishtiruvchi «Blok-o mattik» tizimi qo„lla-
niladi. U torf aralashtiradigan liniyani (yo„llarni), torf kubiklarini (4

4


sm) chiqaradigan va bir vaqtni o„zida urug„ni qadab istadigan blokni
kontenerlar va transport vositalarini o„z ichiga oladi. Uni bir ish kunidagi 
unumdorligi 350-400 ming dona o„simlikni tashkil qiladi.1 m
2
dan 400-
430 dona ko„chat chiqadi. 
«Paperpot» tizimi bo„yicha ko„chat yetishtirishni texnologik 
sxemasi o„z ichiga quyidagi mashinalar, uskuna va ishlarning ketma-
ketligini oladi: 

mehnat unumdorligi soatiga 12 m
3
torfni yirik zarachalar-
dan tozalaydi-gan, maydalab ohak va minreal o„g„it soluvchi torfni 
qayta ishlaydigan moslama; 



substrat to„ldiradigan va urug„ ekadigan «Lyannen» 
avtomatik liniyasi, 3 m
3
sig„imga ega bo„lgan; bloklarni ochadigan 
pnevmatik moslama; unumdorligi daqiqaga 5 sm li 260, 520 va 1040 
uyalarni to„ldiradigan uch turdagi: FL-1, FL-2, FL-3 uyani to„l-
diruvchi moslama; 

vakuum asosida ishlaydigan «Sator-4» sepuvchi mashina 
urug„li va teshiklarni o„lchamiga qarab almashadigan barabandan 
iborat; transport va mulchalash mexanizmi; 

aralashma to„ldirilib, urug„ sepgandan keyin 4 qator 
qo„yilib, issiqxonaga o„tkaziladigan tarnsport konteynerlari; 

yetishtirilgan ko„chatni dalaga ekish uchun tashiydigan 4 
qavatli pritsep; 

qator va o„simlik orasi va ekish chuqur sozlaynadigan 
yarim avtomat qator ko„chat ekish mashinasi. 
Bu tizimda tuvakchalarni aralashma bilan to„ldirish va zichlash, 
urug„ ekish uchun chuqurcha belgilash uchun 1000 dona ko„chatga 
0,16 ishchi soat sarflanadi. 
Rivojlangan xorijiy davlatlarda tuvakchali ko„chatlarni jadal 
ishlab chiqarish uchun deyarli yangi usul plastmassa uyali kasse-
talarda yoki plitalarda yetishtirish qo„llaniladi. Uyalarini kattaligi 
32,5

32,5 mm, hajmi 21 sm
3
. Mashinalar kompleksiga: oziq aralash-
malarni dastlab termik zararsizlantirib tayyorlab beruvchi va kasse-
talar uyasini u bilan to„ldiradigan liniyani; aniq ekadigan va urug„ni 
soladigan mexanizmni; kassetalarni issiqxonada yetishtirish joyiga-
cha tashiydigan va ko„chatlarni ko„chat o„tkazuvchi mashinalarga 
tayyorlab beradigan trasport vositalarni o„z ichiga oladi (81-rasm). 
Bu texnologiya avtomat boshqarish tizimi bilan jihozlangan 
plyonkali issiqxona, mayda dispersiyali sug„orish, oziqlantirish va 
boshqa mikroiqlim omillari bo„lishi ko„zda tutiladi. Kassetalarni 
qo„llash 1 m
2
dan 600-750 dona yuqori sifat-li ko„chat chiqishini 
ta‟minlaydi. Yetti xizmatchilardan iborat, bunday liniyaning ishlab 
chiqarish unumi (bir smenadagi), 550-800 ming kassetani tashkil 
qiladi. 
Isroilning Hishtil kompaniyasi
 
sabzavot ekinlari ko„chatlarini 
polietilen kassetalarda va tuvakchalarda ishlab chiqish texnologik 
tizimini ishlab chiqqan bo„lib, 82-rasmda ko„rsatilgan. Bu yerda 


shuningdek, ko„chat yetishtirish uchun markazlashgan holda 
torfmineral aralashmalar tayyorlash tashkillashtirilgan. 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish