S yunusov, Z. Abdiyev


 Ochiq yer uchun sabzavot



Download 11,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/138
Sana28.05.2022
Hajmi11,33 Mb.
#612635
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   138
Bog'liq
issiqxonalarda sabzovot kochatchiligi

 
7.3. Ochiq yer uchun sabzavot
ko„chatlarini yetishtirish xususiyatlari
Karam
 
– O„zbekistonda erta yetiladigan (dalaga fevral oxiri – 
mart boshlarida ekiladi), o„rtagi (aprel oxiri – mayning boshi) va 
kechki (iyun oxiri – iyul boshlari) karam yetishtiriladi. Erta 
yetiladigan karam ko„chatlari yilning eng sovuq vaqtida o„stiriladi, 
shu bois ular uchun isitiladigan oynavand yoki plyonkali issiqxona 
yoki issiq parniklardan foydalaniladi. O„rtagi karam ko„chatlari 
isitilmaydigan plyonkali issiqxonalarda, sovuq parnik va ko„chat-
xonalarda hamda vaqtincha plyonkali pana joylarda, kechki karam 
ochiq dala egatlari va ko„chatxonalarda yetishtiriladi. 
Erta yetiladigan va o„rtagi karam ko„chatlari tuvaksiz usulda 
issiqxonalarda yetishtirilganda tuproqqa ishlov berishdan oldin uni 1 
m
2
ga: 20-25 kg chirindi yoki kompost, unga 25-30 g ammiakli 
selitra, 50-60 g superfosfat, 15-20 g kaliy sulfat qo„shib solinadi. 
Tuvakli ko„chatlar uchun issiqxonaning tabiiy yeri chopiladi, 
tekislanadi va unga oziq kubiklari yoki tuvakchalar o„rnatiladi. 
Parniklarda maysalar uchun tuproq bioyoqilg„i ustiga 10-12 sm 
qalinlikda, ko„chat uchun 15-18 sm qalinlikda solinadi. 
O„zbekiston Sabzavot-poliz ekinlar va kartoshkachilik ilmiy 
tadqiqot insituti ko„chatni sholi qipig„ida yetishtirish usulini ishlab 
chiqqan. Oziq aralashmasiga 1,5-2 sm qalinlikda namlangan sholi 


shulxasi solinib unga urug„ sepiladi, so„ngra uning ustigan ham 1,5-
2 sm qalinlikda namlangan shulxasi solinib va tekislash taxtasi bilan 
zichlanadi. Pikirovka qilinadigan parniklarga sholi shulxasi 7-8 sm 
qalinlikda solinadi. Bu usul sodda va ko„chatni ildiz chirish kasalligi 
bilan zararlanishdan asraydi. Issiqxonalarda ko„chatlar yetishtirishda 
ham uni qo„llash mumkin. 
Issiqxonalarda erta yetiladigan karam ko„chatlarini olish uchun 
urug„ parniklarga dalaga ekishdan 65-70 kun, isitiladigan plyonkali 
issiqxonalarga esa – 50-55 kun oldin sepiladi. Toshkent va Samarqand 
viloyatlarida erta yetiladigan karam ko„chatlarini olish uchun urug„ni 
parniklarga 20-30 dekabrda, plyonkali isitiladigan issiqxonalarga yan-
var boshlarida ekiladi. Fargona vodiysida 10 kun oldin, Xorazm va 
Qoraqalpogistonda 20 kun keyin ekiladi. Urug„dan ungan ko„chatlarni 
bir vaqtda pikirovka qilmaslik uchun urug„lar 10-15 kun davomida 
ekiladi. 
1 ga ochiq yerga ekiladigan karam ko„chatlari tayyorlash uchun 
400 g I klass urug„ ekilishi kerak. Ekishdan oldin urug„ teshigi 1,0-
1,5 mm elakda saralanadi va dorilanadi. 
Erta yetiladigan karam ko„chatlari ko„pincha pikirovka qilib 
o„stiriladi. Shuning uchun 1 m
2
dan 2000-2500 maysa olishni 
mo„ljallab urug„lar qalinroq sepiladi. Buning uchun 1 m
2
issiqxona 
eriga 10-12 g yoki parnikning 1 rom ostiga 15-20 g urug„ sepiladi. 
Urug„ sochma usulda sepiladi. Urug„lar ustidan 1 sm qalinlikda 
tuproq aralashmasi sepiladi. 
Urug„dan ungan maysalar, issiqxonada nihollar paydo bo„lgach 
10-12 kundan keyin va parniklarda 15-18 kundan keyin pikirovka 
qilinadi. Tanlab olishdan oldin ko„chatlar yaxshilab sug„oriladi. 
Maysalar 6

6, 7

7 sm oziq maydonga yoki shu hajmidagi oziq 
kubiklariga pikirovka qilinadi. Pikirovkadan so„ng 2-3 kun qoron-
gilatib havoning namligi yuqori darajada saqlanadi. 
1 ga erdagi karam ko„chatini pikirovka qilish uchun 100-150 
odam-soat sarflanadi. Shuning uchun plyonkali issiqxona maydon-
lariga ega bo„lgan xo„jaliklarda karam ko„chatlari pikirovkasiz o„sti-
riladi. Buning uchun urug„lar 6

6, 6

5 sm oziq maydoniga aniq 
ekiladi. Qo„lda ekilganda 1 m

yuzaga 3 g urug„, seyalka bilan 
ekilganda 5,5 mm uyali ekish apparatlaridan foydalaniladi. 


Pikirovka qilingan ko„chatlarni parvarish qilish harorat tarti-
botini sozlash, muntazam shamollatish, sug„orish, qo„shimcha oziq-
lantirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashdan iborat 
bo„ladi. 
Havoning nisbiy namligi 65-75% saqlanadi. Issiqxonalarda 
harorat tartiboti isitish va shomallatish orqali parniklarda – matlar 
yopish va shamollatish orqali sozlanadi. Plyonkali issiqxonalarda, 
ayniqsa, quyoshli kunlarda haroratga ehtiyot bo„lish, 20°S dan oshib 
ketmasligini kuzatib borish kerak. 
Ko„chatlar kam, ammo to„yintirib sug„oriladi. Har sug„orishdan 
so„ng shamollatiladi. Ko„chatlarni asosiy joyiga ekishga 20-25 kun 
qolganda shamollatish kuchaytiriladi. Erta yetiladigan karam 
ko„chatlari mineral o„g„itlar ertimalari bilan ikki marta 
oziqlantiriladi. Birinchi oziqlantirish pikirovka qilingandan keyin 10 
kun o„tgach, ikkinchisi – ekishdan 10 kun oldin o„tkaziladi. Birinchi 
oziqlantirishda 1 litr suvga 0,5 g ammiakli selitra, 2 g superfosfat va 
2 g xlorli kaliy qo„shilgan; ikkinchisida tegishlicha – 1,8 va 4 g 
eritmasidan foydalaniladi. Eritma 1 m
2
erga 6-7 l sarflanadi. Ko„chat 
oziqlantirilganidan so„ng toza suv bilan to„yintirib sug„oriladi. 
Mineral azot o„rnida mol go„ngi (1:8) yoki suv aralashtirilgan 
sharbatdan (1:4) foydalanish mumkin. 
Ko„chat pikirovkasiz o„stirilganda qo„shimcha tuproq solishi 
qo„llaniladi. Ekishga 10-15 kun qolganda ko„chatlarni chiniqtirish 
boshlanadi. Chiniqtirish avval kunduzi kuchli shamollatishdan bosh-
lab, so„ngra kechasi ham o„tkaziladi. Ko„chat ekilishidan 5-7 kun 
oldin faqat kunduzi emas, balki kechasi ham ochiq holda qoldiriladi. 
Buning uchun issiqxonalarda plyonka, parniklarda romlar olinadi 
hamda sug„orish to„xtatiladi. 
O„rtagi karam ko„chatalri isitilmaydigan inshootlarda 
yetishtirladi. Ekishdan 20-25 kun oldin qoplamasi olinadi. O„stirish 
davomiyligi qisqaradi. Shuning uchun ko„chat tannarhi arzon. 
Odatda u pikirovkasiz, oziq kubiklarsiz o„stiriladi. 
Urug„lar ko„chatni dalaga ekishdan 40-45 kun oldin sepiladi. 
Siyrak ekilish tufayli ko„chatga ehtiyoj kamroq bo„ladi, shuninng 
uchun urug„ sarfi 350 grammgacha kamaytiriladi. Pikirovkasiz 
o„stirilganda 1 m

joyga 2-3 g urug„ sepiladi. O„rtagi karam ko„chati, 


erta yetiladigan karam ko„chati bilan bir xil parvarish qilinadi. 
Ammo o„stirish vaqtiniing qisqaligi tufayli sug„orish, qo„shimcha 
oziqlantirishlar soni kamayadi. Sug„orish zarur bo„lganda o„taziladi. 
O„rtagi karam ko„chatini o„stirishda zich joydagi ko„chatlar qo„lda 
yagana qilinadi. Kechki karam ko„chatini o„stirishda urug„lar 
mayning ikkinchi yarmida, ekilishidan 30-35 kun oldin sepiladi. U 
yozgi yuqori haroratlarda o„sadi, shuning uchun yopqichlarga 
ehtiyoj bo„lmaydi. Doka, bo„yra, qamich bordon bilan pana qilib 
salqinlash yaxshi natija beradi. Ular ortiqcha quyosh radiatsiyasi va 
qizib ketishdan asraydi. 
Kechki karam ko„chatlarini yetishtirish uchun unumdor 
tuproqli maydonlar tanlanadi va ular oldindan tayyorlanadi. Erta 
bahorda 1 m
2
maydonga 40-50 kg chirindi, 15-20 g ammiakli selitra, 
30-40 g superfosfat va 20-25 g xlorli kaliy solinadi. 
Urug„ parnik yoki sabzavot seyalkalari bilan egat yoki 
marzalarga lentali ko„p qatorli usulda lentadagi qatorlar orasi 6-13 
sm, qatordagi o„simliklar orasi 3-8 sm qilib ekiladi. Lentaning eni 
0,6-1,2 m, lentalar o„rtasidan o„tish yo„lkalari qoldiriladi. Urug„ni 
ekish me‟yori 2-3 g/m
2
. 1 ga ochiq yerga karam ko„chati yetishtirish 
uchun 300 g urug„ sepiladi. 
Jo„yaklarda yetishtirilganda lentaning eni toraytiriladi, lentalar 
orasidagi oraliqdan sug„orish ariqlari olinadi. Marzali pollarda 
yetishtirilganda suv oqizib sug„oriladi. Pollar yuzi chirindi bilan 
mulchalanadi. Qalin joylar yagana qilinadi.
Ikkita chinbarg chiqarganda mineral o„g„itlar bilan oziqlanti-
riladi. Kechki karam ko„chatlari 4-5 barg chiqarganda ekiladi. 

Download 11,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish