157
telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‗liq faktlar
va sharoitlardir.
Kompyuter
- tarmoq
ekspertiza
quyidagi
vazifalarni
hal
qilish uchun о‗tkaziladi:
apparat vositasi va dasturiy ta‘minot xususiyatlari va
belgilarini aniqlash, о‗rganilayotgan obyektning tarmoqdagi о‗rni, roli
va funksional vazifasini aniqlash (masalan, dastur vositasi uchun-
tarmoq operatsion tizimiga nisbatan; apparat vositasi uchun- server, ish
stansiyasi, faol tarmoq moslamasiga nisbatan);
hisoblash tizimi belgi va xususiyatlarini aniqlsh,
uning
arxitekturasi,
konfiguratsiyasini
belgilash,
joylangan
tarmoq
komponentini aniqlash, ma‘lumotlarga kirishni tashkillashtirish;
vositaning ilovadagi server yoki mijoz qismiga tegishli
ekanligi;
tarmoq vositasining holati va sozligini, jismoniy nuqsonlar
mavjudligini, tizim jurnalining holatini,
kirishni nazorat qilish
komponentlarini aniqlash;
hisoblash tizimining umumiy va har bir tizim vositasi uchun
alohida ilk holatini, xarid uchun joy, ilk konfiguratsiyaga kiritilgan
о‗zgartirishlarni (masalan, qо‗shimcha
tarmoq vositalarini, server yoki
ish stansiyasiga kengaytma qurilmalarini kiritish) aniqlash;
hisoblash tizimidagi о‗zgarishlar sababini aniqlash (masalan,
foydalanish darajasini nazorat qilish bо‗yicha, tarmoqdan foydalanish
tartibining buzilishi, tashqi (begona) dasturlarni qо‗llash faktini (izlari)
belgilash);
hisoblash tizimining holati va xususiyatlarini ma‘lumot
tashuvchilaridagi axborotga asosan aniqlash (masalan, raid-massivlar,
qattiq disklar,
floppy-disklar, CD-rom, zip-tо‗plovchilar va h.k.)
mexanizm strukturasi va tarmoqdagi hodisa oqibatlarini
natijalarga asosan aniqlash (masalan, ruxsatsiz kirish, zararli
funksiyalarning tarmoqda tarqalish mexanizmi ssenariysi);
ma‘lum apparat-dasturiy hisoblash tizimi vositalaridan
foydalanish va buning natijasi orasidagi aloqani aniqlash.
Sud amaliyotini tahlil qilgandan sо‗ng,
bugungi kunda dasturiy-
kompyuter ekspertizasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
degan xulosaga kelinadi:
umumiy tashxis va dasturiy ta‘minot vazifalarini belgilash;
158
dasturiy
ta‘minot
mahsulotining
algoritmini
foydalanuvchining tegishli ruxsatnomasisiz tanadagi imkoniyatlarini
(modifikatsiya qilish, blokirovkalash, nusxalash) aniqlash uchun tashxis
etish;
zararli dasturlar belgilarini aniqlash;
mahsulot kelib chiqishining bir umumiy manbaini aniqlash.
Shuni
ta‘kidlash
kerakki,
yuqorida
keltirilgan kompyuter-
texnik ekspertiza masalalarini hal qilish uchun dasturiy ta‘minot,
algoritmlashtirish, ma‘lumotlar bazalarini yaratish, dasturiy ta‘minotni
tasniflash va shu kabi sohalarda maxsus bilimlarga ega bо‗lish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: