141
axborot tizimidagi har qanday hodisalarning xronologiyasini
tiklash;
taxminiy ruxsatsiz kirish izlarini izlash;
xatlarni qabul qilish va tahlil qilish (elektron pochta,
lahzali
xabar almashish dasturlari);
mobil qurilmalarni kriminalistik tadqiq qilish;
ma‘lumotlar omborini tadqiq qilish;
tarmoq trafigi damplarini, tezkor xotirani tadqiq qilish;
kompyuterda mavjud bо‗lgan zararli dasturlarni qidirish;
dasturiy mahsulotlarni plagiat mavjudligiga tekshirish;
ularni olib qо‗yilgandan sо‗ng kompyuter ma‘lumotlarni
saqlash vositalari tarkibining yaxlitligini (о‗zgarmasligini) о‗rnatish.
Kriminalistik ekspertizaning asosiy prinsiplari.
Kompyuter vosita va tizimlarini musodara qilish bilan bog‗liq
tadqiq qilish о‗tkazish paytida, quyidagilarga amal qilish kerak:
qо‗lga
kiritilgan
kompyuterlardagi
axborotni
о‗zgartirmaslik;
sud ekspertizasini о‗tkazishning ilojisi bо‗lmagan holdagina
ma‘lumotga о‗sha joyning о‗zida kirish va tadqiq
qilish mumkin;
kompyuter va tizimlar bilan har qanday manipulyatsiya faqat
mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi;
bu
harakatlar
natijalari
isbot sifatida
foydalanishini
ta‘minlash maqsadida batafsil dalolatnoma orqali qayd qilinishi lozim.
Kompyuter vosita va tizimlarining kriminalistik tadqiq qilishga
tadqiq qilishning zamonaviy imkoniyatlari kiritilishi lozim. Bu
belgilangan obyektlarni о‗rganish davomida sud ekspertizasining asosiy
yо‗nalishlari bо‗yicha tayinlangan masalalar bо‗yicha kо‗rsatiladi.
Birinchi
navbatda, bu sud kompyuter-texnika ekspertizasi sinfiga
taaluqli. Unga quyidagilar kiradi:
sud apparat-kompyuter ekspertizasi - kompyuter tizimi
(moddiy ma‘lumot tashuvchi) ning apparat vositalarini tadqiq qilish;
sud dasturiy-kompyuter ekspertizasi - kompyuter tizimining
dasturiy ta‘minotini tadqiq qilish;
(ma‘lumotlarning) sud axborot-kompyuter
ekspertizasi-
foydalanuvchi yoki kompyuter tizimida axborot jarayonlarini tashkil
etish uchun (belgilangan) dasturlar tomonidan tayyorlangan axborotni
izlash, aniqlash, tahlil qilish va baholash;
142
sud kompyuter-tarmoq ekspertizasi - uning vazifasiga kо‗rib
chiqilgan ekspertiza turlarining deyarli
barcha masalalari kiradi, ya‘ni
ish bо‗yicha fakt va vaziyatni aniqlashning apparat, dasturiy va
informatsion aspektlarini hal qilish kiradi. Uning obyektlari ekspertiza
turlaridan (apparat, dasturiy, informatsion) olingan bо‗lib,
farq shundaki,
ularning bari ma‘lum tarmoq texnologiyasida faoliyat kо‗rsatadi.
Quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: