S. Y. Yusupov, sh. R. Gulomov, N. B. Nasrullayev



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/180
Sana19.02.2022
Hajmi2,92 Mb.
#457739
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   180
Bog'liq
61c5a35e77fa72.44071569

Geometrik hujum. 
Olib tashlash hujumlaridan farqli о‗laroq, 
geometrik hujumlar RSBni olib tashlashga emas, balki ularni makon 
yoki zamon о‗zgartirishini kiritib о‗zgartirishni nazarda tutadi. 
Geometrik hujumlar dekoderga noma‘lum parametrga ega afinniy 
о‗zgarishlar sifatida matematik tarzda modellashtirilgan. Jami beshta 
afinniy о‗zgarishlar mavjud: masshtabblash, proporsiyalarni buzish, 
burish, siljish va kesish. Ushbu hujumlar RSB detektorida 
sinxronlanishning yо‗qolishiga olib keladi va mahalliy yoki global 
bо‗lishi mumkin. Shu bilan birga, individual piksellarni yoki chiziqlarni 
kesish, ularning joylarini almashtirish, ba‘zi о‗zgarishlarni qо‗llash 
mumkin. Bunday hujumlar Unsign (mahalliy hujum) va Stirmark 
(mahalliy va global hujum) dasturlarida amalga oshiriladi.


135 
RSBlarni sinxronlash uchun ishlatiladigan nisbatan "aqlliroq" 
hujum usullari mavjud. Ushbu hujumlarning asosiy g‗oyasi, sinxronlash 
usulini va uni RSB amplitudasi spektrida tepaliklarni yumshatib yо‗q 
qilishdir. Hujumlar sinxronizatsiya qilish mexanizmi sifatida davriy 
shablon qо‗llanilgani sababli muvaffaqiyatlidir deb taxmin qilish 
mumkin. Bunday holda, sinxronizatsiyani ta‘minlash uchun ikkita 
yondashuv qо‗llanilishi mumkin: tepaliklarning spektral hududga 
joylanishi yoki RSB ketma-ketligining davriy kiritilishi. Ikkala holatda 
ham tepaliklar spektrda shakllantiriladi, ular kо‗rib chiqilayotgan 
hujumda yо‗q qilinadi. Yo‗q qilinishdan sо‗ng, boshqa geometrik 
hujumlardan foydalanish mumkin: sinxronizatsiya endi yо‗q. 
Kriptografik hujumlar. 
Kriptografik hujumlar kriptografiya 
bо‗yicha analogga ega bо‗lgani sababli shunday nomlanadi. Ularga 
Orakul yordamida hujumlar, shuningdek, "qо‗pol kuch" yordamidagi 
hujum qilish kiradi. 
Orakul hujumi, agar buyg‗unchi datchikga ega bо‗lsa, xavfsiz 
bо‗lmagan RSB tasvirini yaratishga imkon beradi. Usul detektorning 
qaysi tasvirga javob reaksiyasini kо‗rsatishi, qaysilariga kо‗rsatmasligini 
aniqlash maqsadida tajriba tadqiqotini о‗z ichiga oladi. Misol uchun, 
agar detektor "yumshoq" yechimlarni qabul qilsa, ya‘ni signalda stego 
ehtimoli borligini kо‗rsatsa, shunda buzg‗unchi tasvirdagi kichik 
о‗zgarishlar detektorning xatti-harakatiga qanday ta‘sir qilishini bilib 
olishi mumkin. Pikselli tasvirning har bir piksellini о‗zgartirib, detektor 
qaysi algoritmdan foydalanayotganini ham kо‗ra olish mumkin. "Qattiq" 
yechimli detektorda hujum chegara yaqinida amalga oshiriladi, bu yerda 
detektor о‗z yechimini "mavjud" dan "yо‗q" ga о‗zgartiradi. 
Qattiq qarorli detektorga qilingan hujumga misol: 
1.
Stego xabarini о‗z ichiga olgan mavjud tasvirga asoslangan 
holda sinov surati yaratiladi. Tajriba tasviri turli xil usullarda 
yaratilishi mumkin, u detektor RSB yо‗qligini aniqlay 
olmaguncha original tasvirni о‗zgartiradi. Misol uchun tasvirni 
kontrastini asta-sekin kamaytirish, yoki har bir pikselni 
о‗zgartirib haqiqiy qiymatlarni boshqa biriga almashtirish 
mumkin. 
2.
Detektor RSBni aniqlamaguncha, tajovuzkor pikselning 
qiymatini oshiradi yoki kamaytiradi. Shunday qilib, bu RSB 
pixelning qiymatini oshirgani yoki kamaytirgani aniqlanadi. 
3.
2-qadam tasvirdagi har piksel uchun takrorlanadi. 


136 
4.
Detektorning har bir pikselning modifikatsiyasiga qanchalik 
ta‘sirchanligini bilgan holda buzg‗unchi piksel tasvirni 
о‗zgartiradi, bu modifikatsiya tasvirni sezilarli darajada 
yomonlashishiga olib kelmaydi, ammo detektorning ishlashini 
buzadi. 
5.
Ushbu piksellar asl tasvirdan chiqariladi. 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish