10
«Mobil kriminalistika» -
uyali aloqa mavzulariga qо‗llaniluvchi –
mobil qurilmalarning raqamli ma‘lumotlarini
olish va dekodlash
imkoniyati.
Kompyuter vositalari va yangi axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda sodir etiladigan jinoyatlarning о‗sishi 2-rasmda
keltirilgan faktorlar bilan tushuntiriladi. Kompyuter texnika vositalari va
yangi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan
jinoyatlarning turi va soni doimiy о‗smoqda.
Bunday jinoyatlarni sodir
etishda tajovuz qilish predmetlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
kompyuter texnikasining о‗zi va axborot;
kompyuter texnikasi va axborotdan jinoiy tajovuz qilish
quroli kabi foydalanilib hujum qilinilishi mumkin bо‗lgan obyektlar.
Axborot vositalarining qо‗llanilishi bilan sodir etiladigan barcha
jinoyatlarni mos holda tо‗rt guruhga ajratish mumkin (3-rasm):
2-
rasm. Kompyuter vositalaridan foydalangan holda sodir etiladigan
jinoyatlarning о„sish tuzilmasi
Kompyuter vositalari
va yangi axborot
texnologiyalaridan
foydalangan holda sodir
etiladigan
jinoyatlarning о‗sishi
Axborot
oqimlarini
doimiy oshishi
Qurilmalar orasidagi
axborot
almashinuvini
avtomatlashtirish
Turli maqsaddagi va
kо‗rinishdagi kompyuter
axborotini yig‗ish
Axborotdan
foydalanish ustidan
to'g'ri nazoratning
yo'qligi
Foydalanuvchilar
sonining ko‘pligi
Kompyuter tizimlari
himoyasi bo‘yicha
choralarni etarli
emasligi
Huquq tartibot organlari
javobgar shaxslarining
maxsus tayyorgarlik
darajasining yetarli
emasligi
11
Mulkka qarshi jinoyatni sodir etishda – о‗g‗irlash, yо‗q qilish,
zarar yetkazishda jinoiy tajovuz predmeti sifatida
kompyuter texnikasi
xizmat qiladi. Tajovuz qilish predmeti sifatida texnik vositalarning о‗zi
moddiy ob‘ekt kabi xizmat qiladi. Kompyuter
texnikasi va axborot
jinoyat sodir etish vositasi sifatida ham xizmat qilishi mumkin. Bu
ma‘noda kompyuter qurol yoki transport vositasi sifatida jinoyat quroli
kabi bir qatorda kо‗rilishi mumkin.
3-
rasm. Axborot vositasidan foydalangan holda sodir etiladigan
jinoyatlar sxemasi
Sodir etishda qurol sifatida kompyuter texnikasi va axborot
qo‗llaniladigan keng tarqalgan jinoyatlarga turli qurilmaviy-dasturiy
vositalardan (masalan, zararkunanda dasturlar) foydalanilib mulkning bu
kо‗rinishiga avtomatlashtirilgan ma‘lumotlar bankiga о‗zgartirishlar
kiritish yо‗li bilan moddiy vositalarni о‗g‗irlash, ikkinchidan moddiy
axborot tashuvchilarni о‗g‗irlanishi bilan bog‗liq jinoyatlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: