1.6. Kontr-forenzika
Raqamli dalillarni izlash, aniqlash va mustahkamlash usullariga
qarshilik forenzikaning о‗zidek faol rivojlanmayapti. Qarshi usullariga
bо‗lgan talab cheklangan. Nimaga cheklangan? Buni tushunish uchun
kompyuter axborotini aniqlashga qarshilik qilish kimga va nima uchun
kerak bо‗lishini kо‗rib chiqamiz.
Birinchidan, dastlab xayolga –
kiberjinoyatchilar
keladi. О‗zining
kriminal harakatlarining izlarini yashirish va qonundan qо‗rqish asosiga
ega shaxslar. Tushunarliki, bu bozor juda tor, unda ishlash juda qiyin,
ulkan yuqori texnologiya kompaniyalari talab bо‗lsa ham bu segment
uchun qurilmalar va DT ishlab chiqarishi amri mahol.
Ikkinchidan, qarshi usullar axborotni himoyalashning tarkibiy
qismidir. Maxfiy axborotni himoyalashga ehtiyoj bor barcha joyda uning
chiqib ketishini oldini olish uchun bu usullardan foydalanishi kerak. Chiqib
26
ketish bilan kurashish bо‗yicha bu usullarning bir qismi raqib axborotini
istisno yoki uni qayta tiklashni qiyinlashtirishga yо‗naltirilgan.
Uchinchidan,
fuqarolarning
shaxsiy
hayot
siriga
huquqi
(yashirinlik) kompyuter-texnik va boshqa choralar qatorida ta‘minlanishi
mumkin, bu deyarli
kriminalistikaga qarshi (kontr-kriminalistik)
choralar hisoblanadi. Tо‗g‗ri, kо‗rsatilgan fuqarolarning shaxsiy hayot
siriga huquqi himoyalash о‗rta foydalanuvchi malakasi bilan
cheklanganligi sababli juda murakkab vositalar va usullarni qо‗llashning
bu yerda iloji yо‗q.
Bu usullar AT sohasida yuqori malakani talab eta olmaydi, mos
dasturlar boshqaruvda sodda bо‗lishi va «Windows» OT da ishlashi
kerak, qurilmalar ham qimmat bо‗lishi kerak emas. Shuning uchun ham
bu yerda odatda yetarlicha sodda himoya bilan cheklaniladi.
Kо‗rinib turibdiki, anti-kriminalistik texnikaning sezilarli qismi
professional, hech ham oddiymas. Kо‗rinib turganidek, anti-
kriminalistik bozor sezilarli darajada kriminalistik bozordan kichik.
Anti-kriminalistik mahsulot sifatsiz bо‗lib chiqsa, ishlab chiqaruvchiga
da‘vo qila olmaysiz. Bu bozorda ilgarilash uchun umuman sifatli,
murakkab qurilma va DT ishlab chiqish talab etilmaydi. Shunchaki о‗z
mahsulot yoki xizmatingizni yaxshi reklama qilish talab etiladi xolos.
Ishlab chiqaruvchilar shu bilan shug‗ullanishadi.
Himoyali anti-kriminalistik vositalarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
saqlanuvchi axborotni shifrlash uchun dasturiy va apparat-dasturiy
qurilma;
trafikni shifrlash uchun dasturiy va apparat-dasturiy qurilma;
disk va boshqa axborot tashuvchilarni tozalash uchun dasturlar;
axborotni о‗chirish uchun dasturlar;
magnitli tashuvchilarda axborotni mexanik yо‗q qilish uchun
qurilma;
diskda axborotni borligini yashirish uchun dasturlar (fayl
atributlarini
manipulyatsiyasi,
nostandart
joylarga
yozish,
stegenografiya);
tarmoq faolligini anonimlashtirish uchun tizimlar va xizmatlar;
raqamli shaklda taqdim etilgan asarlarni nusxalashni qiyinlashtirish
uchun dasturiy va apparat-dasturiy qurilmalar;
dastur algoritmlari va bajariluvchi kodlarini tadqiq qilinishini
qiyinlashtirish uchun dasturlar.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |