S. Y. Yusupov, sh. R. Gulomov, N. B. Nasrullayev



Download 2,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/180
Sana19.02.2022
Hajmi2,92 Mb.
#457739
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   180
Bog'liq
61c5a35e77fa72.44071569

Virtual reallik. 
Bundan tashqari keyingi tadqiqot uchun istiqbolli 
yо‗nalishlardan biri hodisa joyida bо‗lish effektini yaratuvchi monitor 
ekranidan virtual reallikka kо‗chish modelidir.


24 
Virtual hodisa joyini yaratish va undan foydalanish uchun maxsus 
dasturiy ta‘minot va virtual reallik shlemi kerak. Bunday virtual 
modeldan foydalanish ish bо‗yicha kо‗rsatma berayotgan shaxslar bilan 
ishlash uchun samaralidir. Birinchidan, virtual reallik sharoitlarida 
hodisa joyini qabul qilish yorqinligi foto- yoki video-tasvirdan kо‗ra 
inson xotirasiga kuchli ta‘sir kо‗rsatadi. Ikkinchidan, hodisa joyini 
virtual modeli lazerli 3D-skanerlash natijasida olingan batafsil tasvirni 
hisobga olgan holda va hodisa joyini dastlabki kо‗rigiga hamrohlik 
qiluvchi barcha shartlarni saqlash joyda kо‗rsatmalarni tekshirish uchun 
foydalanilishi mumkin. Bugungi kunda joydagi kо‗rsatmalar tekshiruvi 
jinoyatdan sezilarli vaqt о‗tgandan keyin hodisa joyidagi vaziyat 
allaqachon buzilganda о‗tkaziladi. Virtual model birinchi kо‗rik 
momentida qanday bо‗lgan bо‗lsa о‗shanday hodisa joyida qayta bо‗lish 
imkonini beradi. Biroq sо‗zsiz bu tadbir xususiy jinoiy harakat deb 
hisoblanishi mumkin emas. 
Shunday qilib, jinoyat izlarini vizual fiksatsiyalash texnologiyalari 
va yangi vositalaridan foydalanish jinoyatlarning tо‗liq tergov qilish va 
о‗z vaqtida fosh etish uchun katta ahamiyatga ega. 
Kriminalistik axborot tizimlari. 
Kо‗rsatilgan tizimlar tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri dalillarni о‗rganish va 
izlash uchun foydalanilmaydi. Ular jinoyatlarni fosh etish va tergov 
qilish bо‗yicha ishlarda ta‘minot funksiyasini bajaradi. Biroq odatiy 
kriminalistik texnikaga tallluqli. Kriminalistik axborot tizimlari bir qator 
bir-biriga yaqin vazifalarni bajaradi: 

tezkor-qidiruv tadbirlari (TQT), dastlabki oqibatlar, sud 
maqsadlari uchun turli hujjatlarni rasmiylashtirishni yengillashtiradi 
va/yoki tezlashtiradi; 

huquq tartibot organlari xodimlariga kerakli akt, izohlar, 
maslahatlar olishni tezroq topish imkonini beradi; 

xodimlarga ham ommaviy, ham yopiq bо‗lgan barcha 
ma‘lumotlar bazasi, hisoblar, qо‗llanmalarga ruxsatni yengillashtiradi va 
tezlashtiradi; 

xabarlarni ushlab olish bilan bog‗liq TQTni о‗tkazishni 
avtomatlashtiradi va tezlashtiradi. 
Mutaxassislar va ekspertlar о‗tkazadigan kriminalistik jarayonlarni 
tо‗rt bosqichga ajratish qabul qilingan: 
1) yig‗ish; 
2) tadqiq qilish; 


25 
3) tahlil; 
4) taqdim qilish. 
Birinchi 
bosqichda 
axborotning 
о‗zi hamda kompyuter 
axborotining tashuvchisini yig‗ish amalga oshiriladi. Yig‗ish atributlash 
(belgilash), manbalarni kо‗rsatish va ma‘lumotlar va obyektlarni kelib 
chiqishi bilan birga amalga oshirilishi lozim. Yig‗ish jarayonida 
axborotning saqlanganlik va butunliligi (о‗zgarmaslik) ba‘zi hollarda esa 
maxfiyligi ham ta‘minlanishi lozim. Yig‗ishda ba‘zida qisqa vaqtli 
axborotni aniqlash uchun maxsus choralarni kо‗rishga tо‗g‗ri kelinadi, 
masalan, joriy tarmoq ulanishlarini yoki kompyuter tezkor xotirasining 
tarkibini.
 
Ikkinchi bosqichda
yig‗ilgan axborotning (tashuvchi-obyektlarning) 
ekspert tadqiqi о‗tkaziladi. Bu о‗z ichiga axborot tashuvchilarda 
axborotni olish/hisoblashni, dekodlash va undan ishga aloqadorini 
ajratishni oladi. Ba‘zi tadqiqotlar u yoki bu darajada avtomatlashtirilishi 
mumkin. Biroq bari bir ekspert bu bosqichda boshi va qо‗li bilash 
ishlashiga tо‗g‗ri keladi. Bunda о‗rganilayotgan tashuvchilardagi 
axborot butunliligi ta‘minlanishi kerak.
Uchinchi bosqich 
tanlab olingan axborot ekspert yoki mutaxassis 
oldiga qо‗yilgan savollarga javob olish uchun tahlillanadi. Tahlilda 
faqatgina ishonchliligi tasdiqlangan ilmiy usullardan foydalanilishi 
kerak.
Tо„rtinchi bosqich 
о‗z ichiga tadqiqot natijalarini mutaxassis 
bо‗lmagan shaxsga tushunarli shaklda rasmiylashtirish hamda 
о‗rnatilgan qonun bо‗yicha tahlilni oladi. 

Download 2,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish