Perevod i kommentarii Livshitsa. Vipusk II. – M., 1962.
8. Qorayev S. Toponomika. – T., 2006. – 320 b.
10-MAVZU. YOZMA YODGORLIKLARNING TOPONIMIK TAHLILI
(4 soat).
Reja:
1. O’zbekiston toponomiyasini o’rgangan xorijlik va maxalliy olimlar.
2. Xudud ul-Olam.
3. Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari.
4. Maxmud Qoshg’ariyning “ Devoni lug’otit turk” asari.
5. “Boburnoma”.
1. Har qanday fan o'z-o'zidan birdan paydo bo'lmaydi. Buning uchun jamiyatda
tegishli talab-ehtiyoj vujudga kelishi, zaruriy ilmiy poydevor yaratilisfai shart. Ana
shunday mustahkam poydevor bu bebaho ilmiy asarlar, yozma yodgorliklar. Bir
necha asr davomlda toponimlar ko'plab tarixiy, lingvistik, geografik asarlar
yaratilgan, geografik nomlarni kompleks o'rganishga sharoit hozirlangan.
Toponimikaning mustaqil fan sifatida oyoqqa turishiga imkon bergan son-
sanoqsiz manbalardan ba'zi birlari haqidagina to'xtalib, ularning toponimika uchun
ahamiyatiga urg'u berish maqsadga muvofiqdir. Chunonchi bundan 10 asr oldin o'rta
osiyolik olimlar tomonidan yozib qoldirilgan bebaho asarlar – jahon geografiyasi
hisoblangan «Hudud ul-olam», Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Mahmud
Koshg'ariyning «Devonu lug'otit-turk» asarlari toponimiya jihatidan o'rganildi. O'rta
Osiyoda memorial asarlarning durdonasi hisoblangan «Boburnoma»ga toponimik
sharh berildi. Yuqorida tilga olingan ana shu asarlarning toponimik mohiyatlari
haqida tasawurga ega bo'lmasdan turib O'zbekiston toponimiyasini o'rganish
ko'ngildagidek samara bermaydi.
Geografik nomlar kishilarning e'tiborini qadim zamondanoq, jalb qilib kelgan.
Yunon tarixchisi Gerodot o'z asarlarida mamlakatlar, shaharlar, dengizlar, daryolar
nomlarining ma'nosini tushuntirib berishga harakat qilgan. Antik dunyo mualliflari
geografik nomlarni asosan etimologik jihatdan izohlagan. Biroq geografik nomlarni,
ularning kelib chiqishi va tarixini ilmiy asosda o'rganish, ularni tasnif qilish nisbatan
yaqin vaqtlardan boshlangan. Nemis geografi A. Gumbold bu sohada ancha xizmat
qilgan dastlabki olimdir. Rossiyada ilmiy toponimika asoschisi deb A.X. Vostokovni
aytish mumkin.
O'rta Osiyoni, jumladan, O'zbekistonni tarixiy geograflk jihatdan o'rganishda
sharqshunoslarning xizmati katta. Yevropalik sharqshunoslardan Jyul Tonnele,
A.Vamberining O'rta Osiyodagi joy nomlari to'g'risida aytgan fikrlarini X. Hasanov
o’z asarida qayd qilib o'tgan. O'rta Osiyo Rossiyaga qo'shib olingungacha kelgan rus
sharqshunoslaridan N.V. Xanikov, N.F. Sitnyakovskiy, L.N. Sobolevlarning
asarlarida O'zbekiston toponimikasiga doir materiallarni ko'plab topib uchratish
mumkinn. N.V. Xanikovning «Buxoro xonligining tasviri» kitobida bir qancha joy
nomlari bilan birga o'zbek urug'lari haqida ham ma'lumotlar beradi.
O'zbekiston toponimikasini o'rganishda tadqiqotchi V. Vyatkin alohida o'rin
tutadi. lining tarixiy-geografik asarlari orasida Toshkent tumani hamda Samarqand
viloyattoing tarixiy geografiyasiga oid tadqiqotlari alohida diqqatga sazovor.
Muallif Samarqand viloyatining tarixiy geografiyasini temuriylar hukmronligi
davridan XIX asrgacha vaqf hujjatlari asosida bayon etadi. V. Vyatkiin vaqf
hujjatlarida tilga olingan qishloqlarning qayerda ekanini, eski geografik nomlarining
hozirgi qaysi shaklda talaffuz etilishini, yo'q bolib ketgan qishloqlarning o'rnini
aniqlaydi. Muallif XVIII asrning oxiriga qadar forscha geografik nomlar ko'pchilikni
tashkil qilar edi va butun viloyatda hozir uchraydigan taody geografik nomlarning
aksari qismi asosan so'nggi asrda vujudga kelgan deb xulosa chiqaradi.
V.Vyatkinning bu asari geografik nomlarning ruscha transkripsiyasida ham muhim
rol o'ynaydi. U XIX asr oxridayoq, Zeravshanni – Zarafshan, Agalik – Axaklik
(Ohaklik), Sanzar – Sankzar, Angrenni – Axangaran (Ohangaron) shaklida to'g'ri
yozgan edi. Shuningdek, diz, mitan kabi atamalarning ma'nosini («istehkom»,
«qal'a») aytib o'tgan va bu atamatardan tuzilgan joy nomlarini keltirgan.
Umuman V. Vyatkinning mazkur asari toponimik tadqiqotlarda, ayniqsa joy
nomlari etimologiyasi va transripsiyasida katta yordam berishi mumkin.
XIX aiming oxiri – XX asrning boshlaridagi rus sharqshunoslaridan akademik
V.V. Bartoldning asarlari toponomikada alottida o'rin tutadi. V.V. Bartold asarlarini
o'rganmasdan turib O'rta Osiyo toponimikasi bilan shug'ullanib boimaydi.
V.V. Bartoldning 1900-yilda bosilib chiqqan «Turkiston mo'g'ulla: hujumi
davrida» nomli asari, ayniqsa uning Movarounnahrning geografik ocherkiga
bag'ishlagan bobi, toponimik ma'lumotlarga boy. Umuman, ushbu olimning tarixiy
geografiyaiga taalluqli boimagan va geografik nomlarni o'z ichiga olmagan bironta
ham asarini topish qiyin. Asarlarining toponimika uchun qimmati shundaki, u rus va
g'arbiy Yevropa tillaridagi adabiyotlarni o'qish bilan kifoyalanmaydi balki arab, fors
hamda turkiy tillardagi asarlarni asliyatida mutolaa qiladi, ularni tanqidiy o'rganadi va
bir-birlari bilan taqqoslaydi. U arab va fors manbalarida tilga olingan yuzlab joy
nomlarining tran-skripsiyasini, etimologiyasini va o'rnini aniqladi.
V.V Bartold joy nomlarini ayrim holda emas, balki mamlakat tarixi bilan bogiiq
ravishda o'rganadi, shuning uchun ham birgina shahar, qishloq yoki ariq nomi
etimologiyasi bir necha joyda takrorlanadi. Masalan, Qarshi shahri nomining
ma'nosini V.V.Bartold o'z asarlarida o'ndan ortiq joyda aytib o'tgan. Shu narsa
xarakterliki, V.V. Bartold dastlabki vaqtiarda ―Qarshi mo'g'ulcha so'z boiib, saroy
demakdir‖ deb yozadi, keyinroq lug'at ta'sirida «Bu so'zni mo'g'ullar uyg'urlardan
qabul qilgan» desa, «Islom ensiklopediyasi»da ―Qarshi uyg'urcha so'z, u keyinchalik
mo'g'ul tiliga o'tgan‖, deb yozadi. Shuningdek, Buxoro, Movarounnaxr, Murg'ob,
Shopurkom kabi toponimlar etimologiyasi ham bir necha iriarta takrorlangan.
V.V. Bartold etiraologiyalarining hammasini ham bekami-ko'st to'g'ri deb
bo'lmaydi, albatta. Masalan, Parkeat qishlog'i nomini Barskent, ya'ni ―bars (qoplon)
shahri‖ deb izohlaydi. Bunday deyish to'g'ri bolmasa kerak. Chunki, birinchidan,
Parkent bitta emas – Xovos yaqinida ham Parkent degan qishloq bor. Ikkinchidan,
arabnavis olimlar p o'rniga ko'pincha b yozishgan. Masalan, Paqgakent o'rniga
Bunjikat, Piskeat o'rniga Biskeat, Piskom o'rniga Biskom va hokoza. V.V. Bartold
Mang'ishloq yarim oroli nomini ―ming qishloq‖ deb izohlagan. Qozoq olimi
Musaboyev Mang'ishloq – ―qo'y qishlog'I‖ demakdir, deb yozadi, chunonchi,
«Devonu lug'otit turk»da man (mang) «qo'y» degan ma'noda keladi.
V.V. Bartold joy nomlari etimologiyasi haqidagi xalq rivoyatlarini chala
mullalarning turli bo'lmag'ur uydirmalaridan farq qiiish kerak, deb ogohlantiradi. U
joy nomlarining bora-bora butunlay o'zgarib, boshqa ma'no olishini ko'rsatib berdi.
Chunonchi, «Qizilsuv»ni ruslar o'z tiliga moslashtirib «Kozelsi» shaklida talaffuz
qilgan, Ko'handiz, ya'ni «ko'hna qal'a» o'zgarib qunduz shaklini olgan. V.V. Bartold
asariga qarab Qashqadaryo nomi, «evolyutsiyasi»ni quyidagicha tasav-vur qiiish
mumkin: Keshrud-Keshirud, Xashqarud-Xashqadaryo-Qashqadaryo.
V.V. Bartold asarlarida uchraydigan atamalar ham toponimik tadqiqotlarda
e'tibordan chetda qolmasligi kerak. Olim ama, anqor, vaqf, vixara (bxar), diz, yob,
Do'stlaringiz bilan baham: |