S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/67
Sana03.07.2021
Hajmi0,88 Mb.
#108083
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67
Bog'liq
toponomika faniga kirish

Marg'inon (harfma-harf o'qilganda Marg'non), Yozyovon – Yoziyobon, Laylakxona – 

Laklakxona,  Yaypan  –  lyfon,  Baliqchi  –  Bliqchi,  Nayman  –  Niyman-Nmin  yozilgan 

(Nayman qishlog'i va qabilasi Farg'ona vodiysida Neyman shaklida talaffuz etilishini 

eslang). 

Respublikamizdagi joy nomlarining hozirgi imlosi ularning an'anaviy shakliga, 

ba'zan asliyatiga, mahalliy talaffuziga yaqin bo'lsa ham, hamon ularning imlosi uzil-

kesil tartibga solingan deb bo'lmaydi. 

Shunday  qilib,  geografik  nomlarning  ruscha  yozilish  shakli  u  yoqda  tursin, 

milliy,  o'zbekcha  yozilishi  ham  talaffuzidan  jiddiy  farq  qilardi.  Buning  asosiy 

sabablaridan  bin  shundaki,  topografik  xaritalar,  geografik  xaritalar  ham,  ulardagi 

boshqa yozuvlar bilan bir qatorda geografik nomlar ham, aholi punktlari ro'yxati kabi 

ma’lumotlar odatda ko'pincha o'zbek tilini yaxshi bilmaydigan kishllar tomonidan rus 

tilida  to'ldirilar  edi.  Keyinchalik  zaruriyat  tug'ilgan  paytda  ro'yxat  o'zbekchaga 

«tarjima» qilinar edi. Oqibatda mahalliy sharoit hisobga olinmasdan ko'plab xatolarga 

yo'l qo'yilgan. 

Turkiy 

tillar, 


jumladan, 

o'zbek 


tili 

tarixiy 


fonetikasining 

muhim 


muammolaridan biri shu tillar uchun xarakterli bo'lmagan tovushlar (fonemalar) ning 

o'zaro munosabatidir. Bu o'rinda birinchi galda sug'dcha toponimlar tarkibida tez-tez 

uchraydigan  tovushlar  –  tishlar  orasidan  sirg'alib  chiqadigan  s  tovushi  bilan  bogiiq. 

Hozirgi vaqtda kat, kent (kand) shaklida uchraydigan formant sug'd tilida kens (kans) 

tarzida  talaffuz  qilingan  va  «uy»,  «qishloq»  ma'nolarini  anglatgan.  Aksari  shahar, 

qishloq nomlari tarkibida keladigan bu qo'shimcha arabcha-forscha manbalarda arab 

grafikasida  kand  deb  yozilgan.  Arabella  se  tovushi  sug'd  tilidagi  5  tovushiga  aynan 

to'g'ri  keladi  (so'z  oxiridagi  harf  se).  Yuqorida  aytilganidek,  ana  shunday  sug'dcha 

toponimlar  turkiy  xalqlar  yashaydigan  o'lkalarda  kat  (ket),  kent  (kant,  kand) 

shakllarida o'zlashgan. Biroq bu leksema oxiridagi tovush turdosh otlar taikibidagi  




yoki y, shuningdek, yoki tovushiga aylangan. Masalan, «oila boshlig'i», «qishloq 

oqsoqoli»,  «qabila  boshlig'i»,  «davlat  boshlig'i»  ma'nolaridagi  tojikcha-o'zbekcha 

leksema  katxudo  (sug'dchasi  kasxudo,  «uyning  xo'jayini»)  yoki  «uy  bekasi» 

ma'nosidagi  kaybonu,  kayvoni  (sug'dcha  shakli  kasbonu)  so'zlarini  eslang.  O'zbek 

tilida  kasana, kasanachilik  («uyda  ishlab  berish»)  degan  so'zlar  bor. Bu  so'zlar  ham 

sug'dcha kas-kat unsurining o'zgargan shaklidir. Qiyoslang: lotinchadan kas «kulba», 

«qishloq uyi», «xutor» fransuzcha  kasa – «kulba», italyancha  kasa – «uy»,  «bino», 

«oila»»  «ro’zg'or»,  dastlab  «uy»,  «oila»,  «qabila»  keyinchalik,  ―qala‖,  «qishloq» 

ma'nolarini  bildirgan,  qadimiy  eroncha  (parfyancha)  misan  (bunda  s  tovushi  tishlar 

orasida  sirg'alib  chiqadi)  so'zi  ham  xuddi  shunday  fonetik  o'zgarishirga  uchragan. 

Endilikda bu atama mitan, meton kabi ko'pgina toponimlar tarkibida uchraydi. 

Z,  d,  j,  t,  y  tovushining  o'zaro  almashishi  va  munosabati  ham  toponimda  katta 

ahamiyatga  ega.  Masalan,  Ozoq  –  odoq  –  etak  –  oyoq.  Yoki  afsonaviy  payg'ambar 

nomi  Xizr,  bir  qancha  shevalarda  Xidir  shaklida  talaffuz  etiladi.  Xidirota,  Xidireli, 

Xidirsho  nomli  qishloqlarning  nomlari  ham  shu  so'zdan  olingan.  Dizak  nomining 

Jizzax shaklini olishi ham ana shu qonuniyat mahsulidir. 

Shuni  aytish  kerakki,  joylarga  nom  qo'yishda  xalq  ijodi  va  jonli  til  katta  rol 

o'ynaydi.  Shu  nuqtayi  nazardan  qaraganda,  geografik  nomlarda  shevaning  izlari 

sezilarli  darajada  saqlanib  qolgan.  Tojikcha  «yangi  ariq»  ma'jiosidagi  Jui  nav 

toponimi bir joyda Jeynav yoki Jenov shakllarida uchraydi. Yoki ikki suv qo'shilgan 

joyi  tojikchasiga  Duob  deyiladi.  Bu  toponim  bir  joyda  Duob,  boshqa  joyda  Duoba, 

uchinchi bir xil yerda Dug'oba yoki Duvova tarzida talaffuz qilinadi. Bu kabi xilma-

xilliklarni bartaraf qilish oson emas. 

Arabcha  shayx  so'zi  (aynan  «keksa»,  «oqsoqol»)  islom  mamlakatlarida 

ulamolar,  ruhoniylarni  bildirgan.  O'rta  Osiyoda  shayx  deganda  ko'proq  muqaddas 

mozorlarda  va  qabristoalarda  sadaqa  va  nazr-niyoz  hisobiga  kun  ko'radigan 

ruhonlylar nazarda tutilgan. 

O'zbekiston  hududida  bu  so'z  shayx,  shix,  shex,  sheyx  shakllarida  toponimlar 

hosil qilgan. Shu bilan birga o'zbeklar, turkmanlar tarkibida shix (shex, shayx) nomli 

qavm  Ham  bo'lgan.  Bu  qavm  vakillari  o'zlarini  ulamo  shayxlar,  xo'jalar, 

sayyidlarning avlodlari deb bilishgan. 

Arabcha  amir  so'zi  («lashkarboshi»,  «amru  farmon  beruvchi»)  O'rta  Osiyoda 

mir  shaklini  olgan.  Bu  o'z  ma'nosidan  tashqari  O'zbekistonda  ijtimoiy  guruhni, 

Turkmanistonda kichik bir urug'ni bildirgan va bevosita yoki kishi ismlari orqali amir 

va mir shakllarida bir qancha toponiitttaftla uchraydi. 

Tall  atamasi  arab  tilida  «tepalik»  degan  so'z.  O'rta  Osiyoda,  jumladan, 

O'zbekistonda,  xususan,  Zarafshon  vodiysida  tal,  tol  shakllarida  ko'plab  toponimlar 

hosil  qilgan  (Tolimarjon,  Tollimoron,  Tolliqo'rg'on,  Tolimarjon,  Talaktepa, 

Toliborzu,  Tallaki  va  hokazo).  Tal  yoki  tol  deganda  tepalik,  qo'rg'ontepa, 

mozorqo'rg'on tushuniladi. 

Arabcha robot (ash ribot) deganda dastlab harbiy istehkomlar tushunilgan. O'rta 

Osiyoda  ikki  shahar  tashqarisidagi  shahar  rabod  deyilgan  (Aslida  raboz  –  zot  harfi 

bilan yozilgan. Keyinchalik bu ikki so'z birlashib ko'proq karvonsaroylarni bildirgan. 

Robot, Rabotak, Rahotixo'ja, Rabotcha, Ravot, Ravotobod, Ravotcha kabi toponimlar 



Robot,  Robod,  Ravot  shakllarida  uchraydi.  Turbat  (arabcha  –  «qabr»)  toponimining 

turvat shakli ham uchraydi. 

Bu  misollar  ana  shu  arabcha  atama  bilan  va  tol  daraxti  nomi  bilan  atalgan 

tarixiy toponimlarni farqlash oson emasligini ko'rsatadi. 

 


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish