b) Kichik Aravon, Kichik Qo'rg'oncha, Kichik Amirobod, Kichik Toshloq,
General Uzoqov ko 'chasi, Buyuk Ipak yo'li bekati, O’zbekistonning besh yilligi,
Istiqlolning o'n yilligi shirkat xo'jaliklari kabi ko'p so'zii nomlar ayrim-ayrim
yoziladi.
Quyidagi hollarda qo'shtirnoq ichiga olinadi: Zavod-fabrikalar, shirkat
xo'jaliklarining, firmalarning nomlari qo'sbtirnoq bilan yoziladi: «Toshkent» shirkat
xo'jaligi, «Zomin» jamoa xo'jaligi, «Malika» fabrikasi.
Geografik obyektlarning, matbuot organlarining nomlari bilan atalgan
toponimlar xaritalarda qo'shtirnoqsiz yoziladi: O'zbekiston ovozi gazetasi ko'chasi,
Movarounnahr ko'chasi.
Sonlar bilan yozilish tartibi: Geografik nomlar tarkibiga kirgan tartib sonlar
nomning oldida birinchi o'rnida so'z bilan yoziladi: Yettinciqo'tir (ruscha xutor
so'zidan), Beshinehi brigada kabi.
Geografik obyektning turini bildiradigan so'zlar geografik atamalar hisoblanadi.
Masalan, kol, cho'l, tog', adir, ariq, oral, quduq, muzlik, botqoqlik,t qirg'oq,
sharshara, qir, botiq, vodiy, soy, kanat, tekislik va b.
Geografik atamalar turdagi otlar bo'lganida gegrafik nomdan keyin kichik
harflar bilan alohida yoziladi.
Geografik atamalar toponimlar tarkibiga kirganda qo'ishib yoziladi va shu
geografik nomlardan keiyin yana takrorlanishi mumkin: Qora-tog' tog'i, Oqtepa
tepaligi, Sirdaryo daryosi, Kattaqishloq qishlog'i, Oqkon koni, Tandirqum qishlog’i
kabi.
Xartalarga aholi punktlarining nomlari yonida ularning turlarini bidiradigan
so'zlar (shahar, qishloq, ovul, shaharcha va boshqa) yozilmaydi.
Atamalar turli joylarda turlicha talaffuz qilinishi mumkin. Jonli til so'zlardan
iborat atamalarning talaffuz shakli joy nomlari yozilishida saqlanib qoladi.
Birinchi tarkibiy qismi ot yoki sifatdan, ikkinchi atoqli otdan iborat bo'lgan
toponimlar defis orqali, har ikki komponenti ham katta harflar bilan yoziladi:
Chig'atoy-Oqtepa, Ko'kcha-Oqtepa, Ozod-Buxoro, Dasht-Azlartepa, Dasht-Jaloir,
Bog'i-Samarqand, Do'ng-Qovchin, Qo'shtepa-Saroy, Tajik-Pistakent, O'qchi-
Qushqo'noq, Xaroba-Qulonchi, Chorbog'-Boyqo'ndi, Chek-Nasriddin, Chek-Jo'rabek,
Cho'ja-Arab, Cho'ja-Yuziya.
Ba'zi qo'shaloq so'zlardan iborat toponimlar orasida defis qo'yib, ikkinchi
tarkibiy qismi kichik harf bilan yoziladi: Oppon-soppon, Ekin-tikin, Shirin-shirin,
Ishchi-xizmatci.
Birinchi tarkibiy qismi fe'l, ikkinchi tarkibiy qismi toponim boigan geografik
nomlar: Qolgan-Sir, Qolgan-Chirchiq kabi yoziladi.
2. Davlat hokimiyat organlari va o'z-o'zini boshqarish organlarida, aloqa,
transport, statistika muassasalari, ommaviy axborot vositalarida, geografik xaritalar
va atlaslarda hamda iqtisodiyot, fan, madaniyat birlashmalari xodimlari, yuridik
shaxslar va fuqarolar tomonidan har qanday geografik nom – toponimning qat'iyan
bir shaklda, standartlashtirilgan holda yozilishiga erishish davlatning suverenligini
ko'rsatuvchi dalillardan biridir. Boshqacha qilib aytganda, har bir geografik obyekt
nomining rasmiy va umumiste'molda bir xilda yozilishini qat'iylashtirish,
qonunlashtirish geografik homlarni standartlashtirish deyiladi.
Agar bunday vazifa birgina davlatning manfaatini ko'zlab bir til (ko'p millatli
davlatda bir necha til) vositasida amalga oshiriladigan bo'lsa, bu geografik
nomlarning milliy standartlashtirilishi deb yuritiladi. Bordi-yu bu ish xalqaro
aloqalar tobora avj olajotgan hozirgi davrda ayni vaqtda bir necha davlatning
mushtarak manfaatlarini ko'zlab amalga oshirilsa, o'z-o'zidan geografik nomlarning
Do'stlaringiz bilan baham: