S, Qorayevning «Toponimika» qo'llanmasi toponimikaning ilmiy-nazariy asoslariga feamda O'zbekiston toponimiyasiga bag'ishlangan va shubhasiz, ijtimoiy hajitda gujnanitar fanJaming eng dolzarb



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/67
Sana03.07.2021
Hajmi0,88 Mb.
#108083
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
Bog'liq
toponomika faniga kirish

Bag'riqaro  degan  joy  ham  bor.  So'zlarning  tojik  tiliga  xos  o'rin  almashuvi 

toponimikada uchraydi. Masalan, Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahri yaqinida 

Amudaryodan  chiqarilgan  katta  bir  ariq  Qorasuv  deb  atalgan.  Shu  kanal  XIII  asr 

muallifi  Ibn  al-Asrning  arab  tilida  yozilgan  bit  asarida  Suvqora  deb  atalgan  va 

kanalning nomi «qora suv» degan so'z deb izohlab ham qo'yilgan. 

Komponentlarning  almashib  turishiga  toponimiyadan  emas,  antroponimiyada 

ham  ko'plab  misollar  keltirish  mumkin:  Qo'rg'ontepa  –  Tepaqo'rg'on,  Sar(i)bozor– 

Bozorboshi, Sariqo'rg'on – Qo'rg'ontagi, Alisher – Sherali, Alibek – Begali, Boy sari 

– Sariboy va h.k. 

Yuqorida qayd qilinganidek, bundan bir necha asr oldin bitilgan yodnomalarda 

qayd  qilingan  toponimlar  joy  nomlarining  qadimiy  shakllarini  bilib  olishga  yordam 

beradi.  Biroq  O'rta  Osiyo,  jumladan,  O'zbekiston  sharoitida  qadimiy  qaydlar  doim 

ham  toponimlarning  dastlabki  shaklini  aniqlash  uchun  ishonchli  manba 

bo'lavermaydi.  Chunki  Movarounnahrni  arablar  bosib  olgandan  so'ng  barcha  yozma 

yodgorliklar  arab  yozuvida  yozilgan  edi  (yunon,  sug'd,  qadimgi  turk  va  boshqa 

yozuvlarda  ayrim  geografik  nomlargina  qayd  etilgan).  Xitoy  manbalarida  mualliflar 

O'rta  Osiyo  joy  nomlarini  o'z  tiliga  moslab,  butunlay  buzib  yozishgan.  Masalan, 

xitoychada  Samarqand  Si,  Toshkent  Shi,  Qanguy  davlati  Yuni  shakllarida  qayd 

etilgan. 

Samarqand  shahri  yunon  tarixchilari  asarlarida  Marakanda  ko'rinishida 

yozilgan.  Biroq  undan  keyingi  barcha  manbalarda  bu  shahar  nomi  S  harfi  bilan 

boshlangan.  Chunonchi,  sug'd  hujjatlarida  bu  tarixiy  shahar  nomi  Smarakans  deb 

bitilgan. 

Tilni  tushunmaydigan  kishi  so'zni  noto'g'ri  eshitadi  degan  fikr  bor.  Bizning 

fikrimizcha,  yunonlar  ham  mahalliy  so'zlarni,  jumladan, nomlarni g'alati  eshitishgan 

va shahar nomini quloqlariga chalinganday, S harfisiz yozishgan. 

Ma'lumki,  O'rta  Osiyoda  ming  yildan  ortiq  davr  davomida  barcha  yozma 

yodgorliklar  arab  yozuvida,  ko'p  hollarda  arab  tilida  yozilgan.  Arab  yozuvi  turkiy 

tillarning imlosi ehtiyojlariga to'la javob bermas edi. 

Ana shuning uchun ham arab mualliflari, shahar-qishloqlar, daryolar va boshqa 

geografik  obyektlami  yozishda  jiddiy  xatoliklarga  yo'l  qo'yganlar.  Masalan,  «Arab 

geograflari  kutubxonasi»  seriyasiga  oid  (IX-XI  asrlar)  mashhur  tarixiy  geografik 

asarlarda  Movaraunnahr,  jumladan,  O'zbekistondagi  bir  necha  yuz  geografik  nom 

tilga olingan. Boshqa manbalardan farqli o'laroq, bu seriyadagi «Kitob ul-masolik va 

ul-mamolik»  (Yo'llar  va  mamlakatlar  haqida  kitob)  nomli  asarlar  to'plamida 

(mualiflar  Ibn  Xurdodbeh,  Ibn  Havqal,  Istaxriy,  Muqaddasiy  asarlari)  shahar-



qishloqlar, daryo va tog'lar, shahar darvozalari, bozorlar, tarixiy-me'moriy va boshqa 

yodgorliklarning  nomlarini  unli  tovushlarda  berishda  zeru  zabardan  ham 

foydalanilgan  va  mahalliy  talaffuzni  to'g'riroq  ifodalashga  harakat  qilingan.  Shunga 

qaramasdan,  joy  nomlarining  yozilishi  milliy  talaffuzni  to'la  aks  ettira  olgan  emas. 

Nomlarning haqiqiy talaffuzini aniqlash shuning uchun ham qiyinki, arab mualliflari 

bu  nomlarni  arabcha  talaffuz  qonunlariga  bo'ysundirishga  harakat  qilganlar,  holbuki 

arabcha talaffuzda cho'zinchoq unlidan so'ng ikki undoshning va qisqa unlidan keyin 

ham uchta undoshning kelishi mumkin emas. Shuning uchun ham Sam'oniy Sangbad 

o'rniga  Sangabad,  Surxkat  o'rniga  Surxakat,  Sutxon  o'rniga  Sutaxon  deb  yozishgan, 

Ko'pgina  nomlar  tarkibida  takror-takror  uchraydigan  oxirgi  qo'shimchalarning 

talaffuzini aniqlash ayniqsa muhim. Chunki bular turdosh otlar. Sug'dcha joy nomlari 

tarkibida  keladigan    varq  (to'g'on)  so'zi  arab  geograflari  asarlarida  varaq  deb,  fag'n 

«ibodatxona» so'zi esa fag'an shaklida yozilgan. 

Shundan  ko'rinadiki,  arab  mualliflari,  hatto  arab  yozuvida  yozgan  mahalliy 

mualliflar  ham  geografik  nomlarni  yozishda  mahalliy  sharoitni,  milliy  talaffuzni 

yetarlicha  inobatga  olishmagan.  Bunda  turkiy  tillarga  xos  bo'lmagan  tovushlarni 

ifodalaydigan  harflarning  ishlatishi  ham  rol  o'ynagan.  Arab  tilida  va  arab  yozuvida 

bitilgan  tarixiy  yodgorliklar  geografik  nomlar  transkripsiyasi  nuqtayi  nazaridan 

sinchiklab  o'rganilmas  ekan,  tarixiy  transkripsiya  masalasi  yuzasidan  uzil-kesil  flkr 

bildirish amri maxol. 

Arab  yozuvining  katta  kamchiliklaridan  biri  shu  ediki,  so'zlarni,  jumladan, 

atoqli  otlarni  yozishda  bir  qancha  hollarda  unli  tovushlar  o'z  aksini  topmas  edi. 

Masalan,  Samarqand  harfma-harf  o'qiganda,  Smrqnd,  Buxoro  –  Bxoro,  Farg'ona  – 


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish