18-AMALIY MASHG’ULOT
SPORTCHILARNING KUN TARTIBINI TUZISH.
Ishning maqsadi: Nazariy bilimlar asosida talabalarni kun tartibini tuzishga o’rgatish va har bir talaba o’zi qatnashayotgan sport turi bo’yicha kun tartbini tuzishni o’rganishi.
Har bir kishi o’zi uchun mukammal kun tartibi tuzib olsa, sog’ligi va ish qobiliyati yaxshi bo’lib, uzoq ko’radi. Kun tartibini tuzish jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ulla-nuvchilarda ham muhim ahamiyatga ega. Kun tartibi asosiy gigiyenik talablarni hisobga olgan holda tuzilib, quyidagilarga alohida e’tibor beriladi: sport turi, uy sharoiti, o’quv va mutaxassisligi, mashq qilish vaqti, holati, sutkada necha marta mashq bilan shug’ullani-shi va boshqalar. Quyida biz o’quv-mashq qilish yig’inlarida (lagerlarda) sportchilarning kun tartibi bilan tanishib chiqamiz.
25-jadval
Sportchilarni o’quv-mashq yig’inlarining kun tartibi.
№
|
Faoliyat turlari
|
Vaqti
|
Muddati
(minutlarda)
|
Ish faoliyati
|
1
|
O’rindan turish
|
7:00
|
|
|
2
|
Ertalabki badantarbiya
|
7:05-7:30
|
25
|
Sekin yugurish, gimnastika, mashq
|
3
|
Chiniqtirish omillari
|
7:30-7:40
|
10
|
Sovuq dush,tanani artish
|
4
|
Hojatga borish, o’rinni yig’ishtirish
|
7:40-8:00
|
20
|
Soqol olish, o’rinni tartibga solish va boshqalar
|
5
|
Ertalabki nonushta
|
8:00-8:20
|
20
|
Ovqatlanish
|
6
|
Aktiv dam olish
|
8:20-10:00
|
1,40
|
Hovlida sayr qilish, stol tennisi o’ynash
|
7
|
Mashg’ulot (trenirovka)
|
10:00-12:00
|
2,00
|
Maydonda mashg’ulot o’tkazish
|
8
|
Iliq dush qabul qilish
|
12:00-12:10
|
10
|
Dush qabul qilish
|
9
|
Dam olish
|
12:10-12:40
|
30
|
Badiiy kitoblar o’qish
|
10
|
Massaj
|
12:40-13:00
|
20
|
Muskullarni silash
|
11
|
Dam olish
|
13:00-13:40
|
40
|
Badiiy kitoblar o’qish
|
12
|
Tushki ovqat
|
13:40-14:00
|
20
|
Hotirjam ovqatlanish
|
13
|
Dam olish (uyqu)
|
14:00-15:00
|
1,00
|
Yotib miriqib uxlash
|
14
|
Aktiv dam
|
15:00-16:00
|
1,00
|
Sekin yurish va sayr
|
15
|
Mashg’ulot (trenirovka)
|
16:00-17:30
|
1,30
|
Mashq qilish
|
16
|
Iliq dush
|
17:30-17:40
|
10
|
Iliq dush qabul qilish
|
17
|
Dam olish
|
17:40-18:00
|
20
|
|
18
|
Yengil ovqatlanish
|
18:00-18:10
|
10
|
|
19
|
Dam olish
|
18:10-19:10
|
1,00
|
Televizor ko’rish
|
20
|
Massaj
|
19:10-20:10
|
1,00
|
|
21
|
Kechki ovqat
|
20:10-20:30
|
20
|
|
22
|
Dam olish
|
20:30-22:30
|
2,00
|
Televizor ko’rish, badiiy kitoblar o’qish
|
23
|
Aktiv dam olish
|
22:30-22:50
|
10
|
Tungi sayr
|
24
|
Uyquga tayyorlanish
|
22:50-23:00
|
10
|
|
25
|
Uyqu
|
23:00-7:00
|
8,00
|
|
19-AMALIY MASHG’ULOT
SPORTCHILARNING SUTKALIK ENERGIYA SARFINI HISOBLASH.
Ishning maqsadi: organizmda energiya sarfi bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash va xronomatraj-jadval metodi yordamida enargiya sarfini aniqlash.
Xronometraj-jadval maetodi boshqa metodlardan farqli o’laroq hech qanday murakkab asbob-uskunalar yoki apparatlarni talab qilmaydi v a har qanday sharoitda uni qo’llash mumkin. Bu metod xronometrajni kun davomida olib borish va har xil faoliyatlarda enargiya miqdorini hisoblashdan iborat. Ushbu metod ayrim sportchilar va terma jamoani ovqatlanishi-ni tashkil etishda samarali natija beradi, chunki bu yerda sportchilar bir xildagi kun tartibiga ega bo’ladilar.
Sutkalik energiya sarfini xronometraj-jadval usuli yordamida aniqlashda quyidagilar amalga oshiriladi:
ishchi jadval tayyorlab olinadi (26-jadval);
Izoh: 27-jadvalda berilgan ko’rsatmalar yoniga qavs ichida tur uchun yaqin bo’lgan faoliyat beriladi.
Masalan, Universitetda o’qiydigan va vazni 60 kg bo’lgan talabaning sutkalik energiya sarfini aniqlash kerak.
Spotrchining har xil faoliyatida energiya sarfini kun va qtli xronometraj ma’lumotlari sutkalik energiya sarfi jadvaliga ( 3-jadvalga qarang) kiritiladi. 3-jadval yordamida sportchi-ning turli faoliyatidagi energiya sarfi aniqlanadi. Keyin energiya kattalashishi bajarilgan ish-lar vaqtiga ko’paytiriladi va olingan natijalar bir-biriga qo’shiladi. Umumiy to’plagan kkal. Sportchining sutka davomida 1 kg og’irligiga sarf qilgan energiyasini ifodalaydi. Sutkalik energiya sarfini hisoblash uchun ko’rsatib o’tilgan (1 kg uchun sarfi) ko’rsatkichni og’irlik- ka ko’paytiriladi (60 kg, bu esa 42,068x60=2524 kkal. Sutkada olingan kattalikdan 15 %li (hisobga olingan energiya sarfi ) hisoblab topiladi: 2524+378,6=2902,6 kkal). Shunday qilib shu sportchining sutkalik energiya sarfi topiladi, u 2902,6 kkal dan iboratdir. Agar sportchi- ni kun tartibi yetarli darajada o’zgarsa unda yangidan energiya sarfi hisolab topiladi.
Kunlik xronometraj qilish va har xil ish faoliyatini vaqtini aniqlash;
3-jadvaldan har xil ish faoliyatida energiya sarfini topish bu bir minut davomida har bir kg og’irlik uchun sarf qilingan energiyani ifodalaydi. Agarda jadvalda faoliyat turi ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda faoliyatga yaqinroq ishni energiya sarfini hisoblash uchun olinadi.
Ko’rsatilgan vaqt davomida aniq faoliyat uchun energiya sarfini hisoblash va uni ush- bu faoliyatni vaqtiga ko’paytirish;
Sutka davomida faoliyat turlarini jamlash orqali, 1 kg og’irlikning sitkalik energiya sarfini tariflovchi kattalikni aniqlash;
Odamning sutkalik energiya sarfini hisoblash uchun 1 kg og’irlikka sutkalik energiya sarfini tana og’irligiga qo’shib, hisobiga olinmagan 15 % kattalik qo’shiladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, xronometraj-jadval usuli sutkalik energiya sarfini taxminan aniqlaydi. Chunki organizmning energiya sarfi har xil sabablar bilan o’zgarib turishi mumkin. Jumladan mehnat sharoiti, organizmning holati, tayyorgarligi va boshqalar sabab bo’lishi mumkin. Shunga qaramasdan ushbu usulda sportchilarning sutkalik energiya sarfini hisoblash qulay va muhim hisoblanadi. Chunki bu usul tajribada katta amaliy ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |