Nazorat savollari: 1. Termodinamika nimani o'rganadi?
2. Kimyoviy termodinamika nimani o'rganadi?
2. Termodinamikaning birinchi qonuni qanday ta'riflanadi? Entalpiya deb nimaga aytiladi?
3. Termodinamikaning ikkinchi qonuni qanday ta'riflanadi? Entropiya deb nimaga ayliladi?
4. Gess qonunini ta'rifini keltiring.
5. Gess qonununing 3 ta hulosasini keltiring
6. Hosil bo’lish issiqligi deb nimaga aytiladi?
7. Parchalanish issiqligi deb nimaga aytiladi?
8. Neytrallanish issiqligi deb nimaga aytiladi?
9. Erish issiqligi deb nimaga aytiladi?
10. Ushbu 2C(q)+ 2H2O(g) = CH4(g) +CO2 (g) reaksiyadagi ishtirok etayotgan moddalar hosil bo’lish entalpiyalari qiymatlaridan foydalanib, reaksiyaning standart entalpiyasini hisoblang.
Mashg’uloti № 8 Mavzu: Kompleks birikmalar. Tuzilishi, turlanishi, hossalari Tarkibiy qismlarining o‘zaro ta’siri natijasida kristallda ham eritmada ham erkin holda turg‘un bo‘lgan murakkab ionlardan tashkil topgan molekulyar moddalarga kompleks birikmalar deyiladi.
Misol sifatida kumushning suvda erimaydigan tuzlariga ammiak tasir qilinganda hosil bo‘lgan birikmalarni olish mumkin
Ko‘pchilik hollarda kompleks birikmalar suvlik eritmalarda hosil bo‘ladi. Lekin boshqa hollarda ham ularning hosil bo‘lishi kuzatilgan. Masalan 8 molekula gaz holidagi ammiakni qattiq holdagi kaliy xlorid ta’sirlashishidan quyidagi kompleks birikma hosil bo‘ladi.
Kompleks birikmalarning tuzilishi A.Vernerning koordinatsion nazariyasi asosida tushintiriladi. Bu nazariyaning asosiy bandlari quyidagilardan iborat:
1. Ko‘pchilik elementlar ikki tur valentlikni namoyon qiladi:
a) bosh (asosiy) valentlik va
b) yonaki valentlik Birikmalar tarkibida har bir element o‘zining bosh va yonaki valentliklarini to‘yintirishga intiladi. Odatda elementning asosiy valentligi uning oksidlanish darajasiga teng. Qo’shimcha valentlik hisobiga element o’zining tabiatiga mos ravishda bir nechta ion yoki molekulalarni biriktira oladi.
2. Kompleks birikmada markaziy o’rinni kompleks hosil qiluvchi yoki markaziy atom egallaydi (ko’p hollarda metall ioni). Uning biriktira oladigan ionlar yoki molekulalar soni markaziy atomning koordinatsion soni deyiladi.
3. Markaziy atomga bog’langan anion yoki qutbli neytral molekulalar ligandlar deb nomlanadi. Ular markaziy atom atrofida to’planadi (koordinatsiyalanadi). Shundan ularning koordatsion birikmalar degan nomi kelib chiqadi.
4. Ligandlik vazifasini anionlar (kislota qoldiqlari, gidroksid ionlari) va neytral molekulalar (NH3, H2O, NO, CO) bajaradi.
5. Kompleks hosil qiluvchi va ligandlar birgalikda kompleksning ichki sferasini tashkil qiladi.
6. Kompleks birikmaning ichki sferasiga kirmagan qismi tashqi sfera deyiladi.