S. M. Masharipov X. S. Tadjiyeva tibbiy kimyodan amaliy mashg’ulotlar uchun darslik



Download 8,51 Mb.
bet57/68
Sana26.03.2022
Hajmi8,51 Mb.
#511663
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68
Bog'liq
5.Тиббий киме дарслик

Kondensatsiya usuli. Yuqoridagidan farqli ravishda bu usul yordamida kolloid eritmalar molekulyar yoki ion tabiatli zarrachalarni yiriklashtirish (agregatlashtirish) orqalii olinadi.Bu usul oksidlanish, qaytarilish, qo‘sh almashinuv, gidroliz jarayonlari va erituvchini almashtirish hamda bug‘simon moddalarni kondensatsiya qilish orqali amalga oshirilishi mumkin.


Kolloid eritmalarni tozalash usullari
Kolloid eritmalarni tozalashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
- Dializ
- Elektrodializ
- Ultrafiltratsiya
Dializ yarim o‘tkazgichli membranadan o‘tadigan aralashmalardan kolloid eritmalarni tozalash usulidir. Yarim o‘tkazgichli membranaga kollodiy sellofanini misol keltirish mumkin.
Dializ o‘tkaziladigan asbobga dializator deb aytiladi. Eng oddiy dializatorni quyidagi ko‘rinishda ifodalashimiz mumkin:



Dializator

Elektrodializ. Elektr toki yordamida o‘tkaziladigan dializga elektrodializ deb aytiladi. Elektdializ o‘tkaziladigan asbobga elektrodializator deb aytiladi.

Elektrdializator

Ultrafiltratsiya uslubi kolloid eritmaning maxsus yarimo‘tkazgich membranadan filtrlab o‘tkazishga asoslangan. Bunda filtratga o‘lcham qiymati kichik bo‘lgan zarrachalar o‘tadi, filtrda esa kolloid zarrachalar tutib qolinadi.


Kolloid zarrachalarning tuzilishi
Kolloid zarrachalarning hosil bo‘lish jarayonlarini kuzatib borilsa, ularning tuzilishini o‘rganish bir qadar osonlashadi.
AgJ ning kolloid zarrachasi quyidagi reaksiya natijasida hosil bo‘ladi:
AgI molekulalari amalda erimaydigan zarrachalar bo‘lib birlashadi, Ag+ va I- ionlari ana shu zarrachalarda kristall panjara hosil qiladi.. AgNO3 va KI ekvivalent miqdorlarda olinsa, zarrachalar - kristallar kolloid zarrachalar kattaligidan ancha katta bo‘lib o‘sadi va cho‘kmaga tushadi. Reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri biroz ortiqroq olinsa, u AgI kolloid zarrachalarini barqaror qiladigan stabili­zator bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, KI ortiqroq bo‘lsa, eritmada ko‘p miqdor K+ va I- ionlari bo‘ladi. Lekin Panet—Fayans qoidasiga binoan, AgI kristall panjarasining tuzilishi uning tarkibiga kiruvchi ionlar hisobiga; bu holda I- ionlari hisobiga bo‘lishi mumkin.
Ag+ ionlari yadroning kristall panjarasini qurib borib uning strukturasiga mustaxkam o`rnashadi va unda elektrotermodinamik potensial deb ataladigan elektr zaryad paydo qiladi. Shu munosabat bilan yadroning kristall panjarasini oxirigacha tuzib bergan ionlar potensial belgilovchi ionlar deb ataladi. Ko‘pgina kolloid zarrachalarda elektr termodinamika potensiali yoki E-potensialning kattaligi 1Vga etadi. Zaryadi birmuncha katta bo`lgan bunday zarrachalar eritmada qolgan qarama – qarshi zaryadlangan K+ ionlarini (shu sababdan qarama- qarshi ionlar deb ataladigan) o‘ziga tortadi.
Qarama-qarshi ionlarning adsorbilanish jarayoni boshlanadi, buning natijasida adsorbilangan ionlar bilan erkin ionlar o‘rtasida dinamik muvazanat qapop topadi. Kolloid zarrachalar yadrosiga adsorbilangan barcha qarama-qarshi ionlarning asosiy qismi potensial belgilovchi ionlar bilan birgalikda adsorbsion qavatni hosil qiladi. Yadro bi­lan adsorbsion qavat granula (donacha) ni tashkil qiladi. Granulada ham elektr potensial bo‘ladi, uning belgisi E-potensialga o‘xshash, lekin uning qiymati bir qadar kichik bo‘lib, adsorbsion qavatdagi qarama-qarshi ionlarning miqdoriga boglikdir.

Adsorsion qavat

Diffusion qavat

M I T S E L L A
Kolloid eritmalarning turg‘un bo‘lishiga stabilizatorlar, ya’ni elekgtolitlar sabab bo‘ladi va granulalar zaryadining (ζ-potensialning) qiymatiga bog`lik. Bu potensial qancha yuqori bo‘lsa, zarrachalarning Broun harakati natijasida to‘qnashganda ularning birikishiga to‘sqinlik qiluvchi o‘zaro itarilish kuchi shunchalik ko‘p bo‘ladi. KI ortiq bo‘lganda, AgI mitsellasining tuzilishini sxemasi quyidagicha tasvirlanadi:
Potensial belgilovchi ionlar I-, qarama-qarshi ionlar esa K+ bo‘ladi. Barcha qarama-qarshi K+ ionlari diffuziya qavatidan adsorbsion qavatga o‘tsa ζ- potensial nolgacha pasayadi va granula elektroneytral (yoki izoelektrik) bo‘lib qoladi.
{m [AgI] • nI-• nK+}

Download 8,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish