S. M. Masharipov X. S. Tadjiyeva tibbiy kimyodan amaliy mashg’ulotlar uchun darslik



Download 8,51 Mb.
bet60/68
Sana26.03.2022
Hajmi8,51 Mb.
#511663
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68
Bog'liq
5.Тиббий киме дарслик

Mashg’ulot № 15
Mavzu: Dispers sistemalarning xossalari va turg’unligi
Zollarning dispers faza zarrachalari erituvchi molekulalari ta’siri ostida uzluksiz va betartib harakatda bo'ladi. Birinchi bor bu hodisa ingliz botaniki R. Broun tomonidan 1827-yilda kuzatilgan bo'lib, uning nomi bilan Broun harakati deb nomlanadi. Broun harakatining tabiati molekular-kinetik bo'lib, u issiqlik harakati natijasida vujudga keladi degan mulohazalar haqlidir. Broun harakati ta’siri ostida eritmada zarrachalarning bir tekis taqsimlanish jarayoni diffuziya deb ataladi. Diffuziya faqat molekular eritmalardagina emas, balki kolloid-dispers eritmalarda ham bo'ladi. Kolloid zarrachalar bir qadar osmotik bosimga ham sabab bo'ladi. Zarrachalar katta bo'lganligi sababli konsentratsiyaning kichik bo'lishi ularning osmotik bosimi juda kam bo'lishiga olib keiadi. Chin eritmalarga o'xshab, colloid eritmalarda ham osmotik bosim erigan moddaning konsentratsiyasiga mutanosibdir.
Kolloid eritmalarning optik xossalari
Kolloid eritmalarda chin eritmalarda kuzatilmaydigan nurni tarqatish xossasi kuzatiladi. Qorong'i honada colloid eritma quyilgan stakan orqali o'tayotgan nurni yon tomonidan kuzatsa, shu nurning yo'li, colloid zarrachalar nurini tarqatishi tufayli, konus shaklida ko'rinadi. Bu Faradey-Tindal hodisasi deb yuritiladi. Bu hossa faqat colloid eritmalardagina kuzatiladi va ularni chin eritmalardan ajratish uchun ishlatiladi.
Kolloid eritmalarning yana bir o’ziga hosliklaridan – ularning koagullanishi. Kolloid zarrachalar zaryadlarining qiymatlari kamaytirilsa, bunday zarrachalar osongina va tezgina koagullanadi. Granulalarining zaryadi nolga teng bo`lgan kolloid zarrachalar, ya’ni izoelektrik holatda bo‘ladigan zarrachalar juda katta tezlik bilan koagullanadi. Yirik agregatlar og‘irlik kuchi ta’siri ostida idish tubiga tusha boshlaydi. Sedimentatsiya jarayoni ro‘y beradi.
Oddiy ko’z bilan ilg’ab bo’lmaydigan kolloid zarachalar yiriklashishi yashirin koagulanish deyiladi. Oddiy ko’z bilan ko’rish mumkun bo’lgan, rang o’zgarishi, cho’kma tushushi bilan kechadigan yiriklashish jaroyoni aniq koagullanish deb aytiladi.

Download 8,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish