S kurbaniyazov, R. Q. Turniyazov


Nazorat savollari va topshiriqlar



Download 5,33 Mb.
bet20/90
Sana17.07.2022
Hajmi5,33 Mb.
#810821
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90
Bog'liq
4d3666e3d7b078debe65350c7f983ca9 Учебно-методический комплекс по курсу «Электричество и магнетизм»

Nazorat savollari va topshiriqlar.

  1. Mutloq qattiq jism deb nimaga aytiladi?

  2. Kuch momenti deb nimaga aytiladi?

  3. Inertsiya momenti deb nimaga aytiladi?

  4. Aylanma harakat qilayotgan jismning kinetik energiyasi formulasi qanday?

  5. Aylanma harakat qilayotgan jismning to’liq energiyasi qanday?

  6. Inertsiya momenti va uning o’lchov birligi qanday?

  7. Deformatsiya deb nimaga aytiladi?

  8. Nisbiy deformatsiya deb nimaga aytiladi?

  9. Mutloq deformatsiya nima?

  10. Yung modulining fizik ma’nosi qanday?

  11. Ideal suyuqlik qanday xossalarga ega?

  12. Oqim chiziqlari,tezlik vektori va oqim nayi degan tushunchalar nima?

  13. Oqim uzluksizligi teoremasi ma’nosini tushintiring.

  14. Bernulli qonuni qanday ta’riflanadi?

  15. Laminar va turbulent oqim deb nimaga aytiladi?

  16. Reynolds soni nimani bildiradi?

3 – MA’RUZA
Tebranma harakat. So’nuvchi va majburiy tebranishlar. Garmonik tebranishlarni qo’shish. To’lqinlar. To’lqin tenglamasi. Tovush to’lqinlari
Reja:

  1. Tebranma harakat

  2. So’nuvchi va majburiy tebranishlar

  3. Garmonik tebranishlarni qo’shish

  4. To’lqinlar. To’lqin tenglamasi. Tovush to’lqinlari

Tayanch iboralar: Mayatnik, garmonik, davr, chastota, tezlik, tezlanish, faza, amplituda, tebranish, logarifm, so’nuvchi, majburiy, dekrement, rezonans, aylana, ellips, nur, zichlik, vibrator, to’lqin uzunligi, front, sirt, sfera, radius, siljish, koordinata.
3.1. Tebranma harakat
Tebranma harakat deb u yoki bu darajada takrorlanishdan farq qiluvchi jarayonlarga aytiladi. Masalan, bunday xossaga soat mayatnigining tebranishi, torining yoki kamerton shoxlarining tebranishi, radiopriyomnik konturidagi kondensator qoplamlarida kuchlanish tebranishi va h.k. larni misol qilib ko’rsatish mumkin. Tebranishlarning fizik tabiati har xil bo’ladi, shuning uchun tebranishlar mexanik, elektromagnit va boshqa turlarga ajraladi. Sunivchi tebranishlar deb tashqi kuchlar ta’siri bo’lmaganda tebranuvchi tizimga berilgan boshlang’ich energiya hisobiga hosil bo’ladigan tebranishlarga aytiladi. Ipga osilgan sharcha (mayatnik) tebranishi bunga misol bo’ladi. Tebranma harakat hosil bo’lishi uchun yoki sharchani itarib yubrish yoki uni bir tomonga og’dirib qo’yib yuborish kerak. Majburiy tebranishlar deb tashqi davriy kuch ta’sirida yuz beradigan tebranishlarga aytiladi. Odamlarning qadamlab ko’prik ustidan yurayotgandagi harakati bunga misol bo’ladi. Tebranishlarning eng oddiysi garmonik tebranishlar bo’lib, vaqt bo’yicha ularning tebranish kattaligi sinus yoki kosinus qonuniyati asosida o’zgaradi. Garmonik tebranishlarni ikki sababga ko’ra qarash zarur: 1) tabiatda va texnikada uchraydigan tebranishlar garmonik tebranishlarga yaqin xususiyatga ega; 2) har xil davriy jarayonlarni garmonik tebranishlarni qo’shilishidan iborat deb tasavvur qilish mumkin.
Garmonik tebranma harakatlanuvchi kattaliklar quyidagi ko’rinishga ega tenglama bilan ifodalanadi.  (147)
Bu yerda A-amplituda, ya’ni tebranuvchi kattalikning maksimal qiymati, ω0-doiraviy (siklik) chastota, φ-vaqtning t=0 qiymatidagi boshlang’ich fazasi. ω0t+φ – vaqt t ning biror qiymatidagi fazasi. Kosinus +1 dan -1 oraliqda o’zgargani uchun +A dan –A gacha o’zgaradi deb hisoblanadi.
Bir marta to’la tebranish uchun sarf bo’lgan vaqtga tebranish davri deyiladi. Bu vaqtda faza 2π ga oshadi, ya’ni  (148)
Bu yerdan  (149)
Davrga teskari kattalikka, ya’ni vaqt birligi ichida tebranishlar soniga chastota deyiladi. Chastotaning o’lchov birligi – 1Gers (gs), 1gs, 1s da 1 sikl jarayon yuz bergandagi jarayondir.
X dan vaqt bo’yicha birinchi va ikkinchi tartibli hosila (tezlik va tezlanish) olamiz.
 (150)
 (151)
ya’ni bir xil doiraviy chastotaga ega garmonik tebranishlarga ega bo’lamiz. Tezlik fazasi siljish fazasidan ga farq qiladi, tezlanish esa siljishdan faza bo’yicha π ga farq qiladi. Binobarin vaqtning x=0 bo’lgandagi qiymatida maksimal qiymatga ega bo’ladi, x manfiy maksimal qiymatga erishganda eng katta musbat qiymatga ega bo’ladi (29-rasm).
(151) ifodadan garmonik tebranishlarning differensial tenglamasi hosil bo’ladi:  (152)
Bu tenglamaning yechimi (147) ifoda bo’ladi.



Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish