126
sekin aylanadi. SHu sababli pechning yuqori qismidan tushadigan xom granulalar
uning aylanishidan pastki qismiga qarab xarakatlanadi, bu qismida gaz va suyuq
ko‘rinishdagi yoqilg‘ilarni yondirish uchun gaz gorelkasi yoki forsunka
joylashtiriladi. Natijada, xom granulalar issiq gazlarga qarshi xarakatlanadi, isiydi
va qizdirish zonasida ko‘pchiydi. Granulalar pechda o‘rtacha 1 soat bo‘ladi.
Issiqlik ishlov berishning optimal rejimini ta’minlash uchun, pechning
ko‘pchish zonasi uning boshqa qismlari (tayyorlash zonasi)dan xalqa yordamida
ajratiladi. Aylanma pechning ko‘pchish zonasi
yoki ikkita oxirgi qismlari
kengaytirilgan va o‘rta qismi toraytirilgan bo‘lsa analogik samaraga erishiladi.
Granulalarning ko‘pchishi gilni piroplastik holatga o‘tishida sodir bo‘ladi, bunda
ishlab chiqarishning oz miqdorda ham berilgan parametrlardan chetlashishi
granulalarni o‘zaro yoki pechning ichki devoriga elimlanib qolishiga olib keladi.
Keramzit ishlab chiqarishning samarali yo‘li bu granulalarni olovga bardoshli
kukunlar bilan qoplash hisoblanadi. Bu kukun sepuvchi maxsus barabanda yangi
tayyorlangan granulalar qoplanadi yoki bevositia aylanma pechda ko‘pchish
zonasidan oldin maxsus qurilma yordamida amalga oshiriladi. Granulalar sirtini
kukun bilan qoplash ishlab chiqarish jarayonini
va pishirish xaroratini
barqarorlashtiradi. Natijada keramzit uyilma zichligi pasayadi va pechning ishlab
chiqarish mahsuldorligi ortadi rasm 7.3.).
Rasm-7.3. Aylanma pechga olovga bardoshli kukunni kiritish qurilmasi:
1-
aylanma pech; 2-kukunning zaxira bunkeri; 3-kukunni kiritish qurilmasi; 4-gorelka
(forsunka); 5-ikkilamchi xavoni kiritish qurilmasi; 6-elevator.
127
Aylanma pechdan chiqadigan issiq gazlarni qayta qo‘llashda yoqilg‘i sarfini
kamaytiradi. SHu maqsadda pechdan tashqari va pech ichidagi issiqlik
almashinuvini qo‘llash yoqilg‘i sarfini 10% dan 30% gacha tejashga erishiladi.
Pechdan tashqari issiqlik almashuvi uchun kuydirish agregati (rasm.7.4.) tarkibiga
kiruvchi qatlam tayyorlovchi SMS-197 ishlatiladi.
Rasm-7.4. Kuydirish agregati SMS-197:
1- qatlam tayyorlovchi; 2-aylanma
pech 2,8 × 20 m; 3- qatlam sovitgich; 4- xom granulalar
Qatlam tayyorlovchi qurilmada xom granulalar nafaqat quritiladi, balki 200-
300
0
S gacha qizdiriladi, natijada uzunligi 20m va diametri 2,8m
aylanma pechlar
ishlatiladi. Keramzitni kuydirishda ishlatiladigan ikki barabanli pechning
tayyorlash va ko‘pchish zonalari ikkita turli tezlikda harakatlanuvchi
barabanlardan tashkil topadi.
Issitish barabani (kichik diametrli) va ko‘pchish barabani (katta diametrli)
bitta o‘qda joylashgan bo‘ladi, ya’ni birinchisi ikkinchisi ichiga kiradi yoki turli
o‘qlarda joylashtiriladi, bunda ular oraliq kamera (rasm.7.5.) bilan bog‘lanadi.
128
Rasm 7.5. Ikki barabanli pechning sxemasi:
a- bitta o‘qda joylashgan
barabanlar; b- turli o‘qlarda joylashgan barabanlar; 1-issitish
barabani; 2-oraliq
kamera; 3-ko‘pchitish barabani
Rolikli tayanchalarda turgan xar bir barabanning ekspluatatsiya paytidagi
holati jiddiy nazorat etiladi, chunki roliklarga tushadigan yuk oshib ketmasligi
kerak. Isitish barabanlari diametri 2,5-3m va uzunligi 20-35m, ko‘pchish
barabanlarining diametri 3,5-4,5m va uzunligi 19-24 m ni tashkil etadi. Har bir
baraban mustaqil yurgizuvchiga ega bo‘lib, uni belgilangan tezlikda aylanishini
ta’minlaydi.
Barabanlarning aylanish tezligi
shu holatda tanlanadiki, bunda ko‘pchish
barabanidagi to‘shalgan granulalar isitish barabanidagiga nisbatan 1,5-2 marta
tezroq harakatlanishi kerak. Ikki barabanli pechda har bir xomashyo turi uchun
optimal issiqlik ishlov berish rejimi tanlanadi. Sanoat miqyosidagi ishlab chiqarish
shuni ko‘rsatadiki, bu holatda olingan keramzitning sifati ortadi, mahsuldorlik
oshadi, yoqilg‘i sarfi kamayadi.
Granula ichida tiklanish muhiti undagi organik aralashmalar yoki
qo‘shimchalar yordamida ta’minlanadi, biroq pechda
oksidlanish muhitida bu
organik aralashmalar va qo‘shimchalar yonishi mumkin. SHu sababli xom
granulalarni isitishga tayyorlash jarayonida oksidli gazli muxitning bo‘lishi shart
emas, biroq boshqa nuqtai nazar bo‘yicha ko‘pchimagan zich qobig‘li o‘ta
mustahkam keramzit shag‘alini olish mumkin. Bunday 3mm gacha qalinlikdagi
qobig‘ granulalar yuzasida organik aralashmalaning oksidli muxitda yonishida
yuzaga keladi.
Biroq keramzit ishlab chiqarishda xomashyoning ko‘pchish koeffitsientini
oshirish
zarur,
chunki
yuqori
mustahkamlikdagi
to‘ldiruvchi
olishda
ko‘pchimaydigan yoki kam ko‘pchiydigan gilli xomashyo ko‘p uchraydi, yaxshi
ko‘pchiydigani esa etarli bo‘lmaydi.
129
Keramzit shag‘alida etarli qalinlikdagi zich qobig‘ning mavjudligi
xomashyoni ko‘pchishi qobiliyatidan to‘la foydalanilmaganligi bilan tushuntiriladi
va maxsulot chiqishi kamayadi.
Kuydirish qurilmasining mahsuldorligi (m
3
/yil):
Do'stlaringiz bilan baham: