152
bo‘ladi (jadval-14.1). Lekin agloporitni keramzitga nisbatan mustahkamligi kichik
deb emas, balki dona shaklini xam inobatga olish kerak.
Agloporit chaqiq toshining mustaxkamligiga qo‘yiladigan talablar
jadval- 7.2
Uyilma
zichligi
bo‘yicha
markasi
Silindrda maydalanish
mustaxkamligi, MPa sifat
darajasiga ko‘ra, kam emas
Uyilma
zichligi
bo‘yicha
markasi
Silindrda maydalanish
mustaxkamligi, MPa sifat
darajasiga ko‘ra, kam emas
oliy
birinchi
oliy
birinchi
400
0,4
0,3
700
1,0
0,9
500
0,6
0,5
800
1,4
1,2
600
0,8
0,7
900
1,6
1,4
Silindrda maydalashda mustahkamlikning absolyut emas balki nisbiy qiymati
aniqlanadi, chunki mustahkamlik sinalayotgan to‘ldiruvchi shakliga bog‘liqdir.
Metall silindrga solingan o‘ta qirrali agloporit chaqiq toshni ezishda keramzit
shag‘aliga nisbatan kam kuch sarflanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘satdiki,
agloporitning mustahkamligi betonda sinalganda silindrda standart mustahkamlikni
sinashdagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 25-30 barobar ortadi.
Turli fraksiyadagi agloporit quyidagi uyilma zichlikni tashkil etadi:
chaqiq tosh fraksiyasi 20-40mm, uyilma zichligi 500-600kg/m
3
; 10-20mm,
600-700 kg/m
2
; 5-10mm, 700-800kg/m
3
;
5mm gacha yiriklikdagi qumda – 1000kg/m
3
gacha.
Agloparit chaqiq toshining donalari orasidagi bo‘shiqlik 50-60% ni (yuqori
sishafli uchun 50% gacha) tashkil etadi.
Dona zichligi chaqiq tosh uyilma zichligiga nisbatan 2 va undan ko‘p martaga
ortadi. Agloporit chaqiq toshining donalar g‘ovakligi 40-60% ni tashkil etadi.
Donalar shakli koeffitsienti o‘rtacha 2,5 dan oshmasligi kerak (yuqori
sifatli
agloporit uchun -2). Keramzit shag‘alidan farqli ravishda agloporit chaqiq toshda
ko‘p miqdorda ochiq g‘ovaklar (15-20%) bo‘lib,
betonda suv yoki sement
qorishmasi bilan to‘ladi. Bu sement sarfini bir muncha oshishiga olib keladi, biroq
153
to‘ldiruvchining sement qorishmasi bilan yaxshi bog‘lanishini va mustahkamligini
oshishini ta’minlaydi. Natijada yuqlri mustahkamlikdagi agloporit beton olinadi.
Agloporit yuqori darajada zichligi va mustahkamligi bo‘yicha bir jinsligi
bilan
farqlanadi, bu esa betonda qo‘llanishi samaradorligini oshiradi. Davlat
standartiga ko‘ra uning uzoq muddatga chidamliligi va bardoshliligini ta’minlash
maqsadida talablar qo‘yiladi. Agloparit chaqiq toshining
bardoshliligi silikat
nurash va sovuqqa bardoshliligi bilan tekshiriladi. YOnmagan yoqilg‘ilar qoldig‘i
chegaralanadi. Agloporit chaqiq toshi namunasining qizdirishda massa yo‘qotishi
3% dan oshmasligi kerak. Agloporit chaqiq toshida yonmagan donalar miqdorini
chegaralash uchun natriy sirka kislota aralashmasida sinov ishlari bajariladi, bunda
uch sikl aralashmaga solish va quritishda massa yo‘qotilishi 5%dan
oshmasligi
kerak. Agloporit qumi uchun donadorlik tarkibi normaga keltiriladi. Qumning
qizdirishda massa yo‘qotishi 5% gacha ruxsat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: