S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


O’z-o’zini tekshirish uchun savollar



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/111
Sana20.03.2023
Hajmi3,98 Mb.
#920444
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   111
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar: 
1.
Keramzit qumi olishni tushuntiring? 
2.
Keramzit qumi ishlab chiqarishning texnologik sxemasini keltiring? 
3.
Keramzit qanday sohalarda ishlatiladi? 
4.
Keramzit qumi ishlab chiqarishda qanday uskunalar ishlatiladi? 
5.
Keramzit ishlab chiqaruvchi korxonalar asosan qanday fraksiyalardagi 
mahsulotlarni ishlab chiqaradi? 
6.
Keramzit xom granulalarini plastik usulda tayyorlash va SMS-197 


145 
qurilmasida kuydirishning texnologik sxemasini tushuntiring? 
7.
Ikki zonali qaynovchi qatlam pechining ishlash sxemasini keltiring? 
8.
Ikkt yoki uch qatlamli devor panellarida keramzit qo‘llashning 
afzalligi nimadan iborat? 
 
4-§. Agloporit ishlab chiqarish texnologiyasi 
Agloporit
 
(1-rasm) bo‘lak-bo‘lak , g‘ovakli material bo‘lib , gil xom 
ashyoning ko‘mir bilan aralashmasidan iborat granul (donador) larni qovushishi 
xom ashyo tarkibidagi ko‘mirning yonishi hisobiga sodir bo‘ladi va bir yo‘la 
massasi bo‘rtadi. Agloporitni tayyorlashda nam gilli xom ashyo maydalangan 
ko‘mir bilan aralashtiriladi , donador qilinadi va aglomeratsion qurilmaga 
yuboriladi. Aglomeratsiyaning davom etishi 25-45 minut. Agloporitning g‘ovakli 
engil palaxsasi sovitilgandan keyin maydalanadi va bo‘lakchalarga ajratiladi. 
Agloporit mayda toshining zichligi 300-1000 kg

m
3
,mustahkamligi 0,3-3 
MPa. Tarkibidagi yonib ulgurmagan ko‘mir miqdori ortadi 3% dan oshmaydi, bu 
esa engil betonlar uchun to‘ldirgich sifatida ishlatishga qulaylik yaratadi. 
7.13-rasm.Agloporit 
Xomashyo materiallar 
Keramzit olishda yaroqli gil xomashyosi hamma joyda uchramaydi. 
Kuydirganda ko‘pchimaydigan kamplastikli, qumoqlangan gilli jinslar suglinok 
tabiatda keng tarqalgan. Bu jinslardan boshqa sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi –agloporit 
ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Agloporit ishlab chiqaruvchi korxonalarda asosiy xomashyo materiallar 
sifatida gilli jinslar ishlatiladi. Agomeratsiya uchun yaroqli gilli jinslar (suglinok, 


146 
supess, lyosslar) Respublikamiz xududida ko‘p uchraydi, shu sababli mahalliy 
xomashyolar asosida agloporit ishlab chiqarishni kengaytirish mumkin. Dastlab 
sanoat miqyosida gil xomashyosi asosida agloporit Minskda 1958 yilda ishlab 
chiqarilgan. Xomashyo materiallar sifatida turli sanoat chiqindilari, ayniqsa 
yoqilg‘i tarkibli chiqindilardan foydalanish istiqbolli hisoblanadi. Bundan tashqari 
yoqilg‘i shlaklari, kul, slanets va ko‘mir chiqindilari asosida agloporit ishlab 
chiqarish ilmiy asoslangan. Bunday sanoat chiqindilarida mavjud yoqilg‘i 
aglomeratsiya jarayonining borishi uchun etarli hisoblanadi. Faqat xomashyoni 
yoqilg‘i bo‘yicha me’yoriga olib kelish kerak, agar xomashyoda yoqilg‘i kam 
bo‘lsa, u holda shixta tayyorlashda qo‘shish kerak, agar xomashyoda yoqilg‘i ko‘p 
bo‘lsa, u holda gilni qo‘shish zarur. Agloporit ishlab chiqarishni ko‘mir qazish va 
ko‘mirni boyitishda chiqadigan chiqindilar asosida kengaytirish mumkin. Ularda 
ko‘mir miqdori o‘rtacha 20% ni tashkil etadi. Bu yoqilg‘ilarni qo‘llab agloporit 
tanarxini 30% ga kamaytirish mumkin. Dunyo statistik malumotlariga ko‘ra 
Polshada ko‘mir chiqindilaridan eng ko‘p foydalanilar ekan, bunda ko‘mir qazish 
chiqindilarining 17% va ko‘mir boyitish chiqindilarining 95% dan ko‘pi 
ishlatiladi. 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish