S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti


Shag‘alni qazib olish va fraksiyalarga ajratish



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/111
Sana20.03.2023
Hajmi3,98 Mb.
#920444
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   111
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

Shag‘alni qazib olish va fraksiyalarga ajratish. 
Shag‘al asosan qum-shag‘al konlarni qayta ishlashda olinadi. Qum-shag‘alli 
aralashmada shag‘alning massa ulushi o‘rtacha 30-40% ni tashkil etadi. 


72 
Qum-shag‘alli konlarni qayta ishlashda qum alohida va shag‘al standart 
fraksiyalarga ko‘ra donalari yirikligi bo‘yicha alohida ajratiladi. 
Xozirgi vaqtda qazib olinayotgan qum-shag‘alli aralashmalar hamma vaqt 
ham navlarga ajratilmaydi. Ularni bevosita beton tayyorlashda ishlatiladi. Bu 
qulay, arzon va ba’zan maqsadga muvofiq bo‘lib, bunda qum-shag‘alli 
aralashmaning donadorlik tarkibi beton uchun optimalga yaqin bo‘lishi shart. 
Qum-shag‘alli aralashmalarni navlarga ajratishda katta ko‘zli g‘alvirlar 
ishlatiladi va sochiluvchan aralashmaning donalari yirikligi bo‘yicha ajratish 
jarayonini esa 
elash 
deyiladi. 
Elash bevosita aralashmani katta ko‘zli g‘alvir bo‘yicha harakatlanishidan 
bajariladi. Ba’zan bu elaklar burchak ostida o‘rnatiladi, bunda aralashma tabiiy 
qiyalik burchagidan katta bo‘ladi. Bu holatda aralashma o‘z og‘irligi bo‘yicha 
harakatlanadi. 
Bunday g‘alvirlarni harakatlanmaydigan deyiladi. Ko‘pincha harakatlanuvchi 
g‘alvirlar ishlatiladi, unda navlarga ajratish jarayoni jadal ketadi. 
Katta ko‘zli g‘alvirlarning elash yuzasi kolosnikli, shtampalangan quyilma 
yoki chetanli bo‘lishi mumkin. Kelosnikli katta ko‘zli g‘alvirlar alohida kolosnik 
elementlaridan yig‘iladi, bu maxsus profilli sterjinlardan iborat bo‘lib, navlarga 
ajratilayotgan aralashma kolosniklar orsidagi yoriqdan tushadi. 
Shtampalangan quyilma panjara listli po‘latdan aylana yoki yoriqsimon 
tirqishlardan iborat holatda tayyorlanadi. 
Elash yuzasining asosiy parametri bu kesimga yoki tirqishlar yuzasining 
g‘alvirning yoki panjaraning yuzasi nisbatiga bog‘liq. 
G‘alvirlardagi va panjaradagi teshiklarnig o‘lchamlari shu holatda 
hisoblanadiki, bunda aralashmadagi zarur olinadigan donalar ulardan erkin o‘tishi 
kerak, bu esa panjaraning qiyaligi, qalinligi va donalarning panjarada 
harakatlanishi tezligiga bog‘liq. 
Standartda bu holatlar bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan: qumda 5% yoki 10% shag‘al 
bo‘lishi, shag‘alda esa 10% gacha qum bo‘lishi ruxsat etilgan. Amaliyotda bu 
chegaralar hamma vaqt ham saqlanmaydi. 


73 
Shag‘alni navlarga ajratishda turli konstruksiyali qo‘zg‘aluvchan katta ko‘zli 
g‘alvirlar ishlatiladi. 
Yassi katta ko‘zli g‘alvirlar eng ko‘p qo‘llanilib, harakatlanish xarakteriga 
ko‘ra ikkita guruhga bo‘linadi: chayqaluvchan va tebranuvchan. 
Chayqaluvchan g‘alvirlar shunisi bilan farqlanadiki, undagi panjara 
haraktlanuvchi krivoship mexanizmi bilan qattiq kinematik bog‘lanishi orqali 
harakatga keladi. Rasm-4.2, a da aylanma chayqaluvchi g‘alvir sxemasi keltirilgan. 
Bunday g‘alvirlarni giratsion deb ataladi. 
Tebranuvchan, ba’zida inersion deb nomlanadigan g‘alvirlar ularda 
joylashgan tebratgich-debalansli val (rasm-3.2, b) harakatlanishidan tebranadi. 
Rasm-3.2. YAssi harakatlanuvchi katta ko‘zli g‘alvirning sxemasi: a-gratsion; 
b-inersion 
 
Panjaraning tebranish amplitudasi va nuqta sahnasi debalanslar inersiya 
kuchiga, shu bilan birga prujina elastikligiga, g‘alvirning massasiga va uni 
materiallar bilan yuklash darajasiga bog‘liq. 


74 
Rasm-3.3. Baraban tipidagi g‘alvirning sxemasi 
 
Qurilishda yassi g‘alvirlardan tashqari, baraban tipidagi g‘alvirlar ishlatiladi 
(rasm-3.3), ularda materiallarni navlarga ajratish nisbatan sekin qiya o‘q atrofida 
silindr panjaraning bir tekisda aylanishidan bajariladi. 
Baraban tipidagi g‘alvirlar turli o‘lchamdagi tirqishlardan iborat seksiyalardan 
iborat bo‘lib, material mayda ko‘zli panjaradan yirikka qarab harakatlanadi, rasm-
3.3 da ko‘rsatilgan. Ba’zida ikki yoki uchta panjaradan iborat biri-ikkinchisida 
joylashgan baraban tipidagi g‘alvirlar ishlatiladi. Bunda yassi g‘alvirlardagi kabi 
navlarga ajratish yirikdan maydaga qarab bajariladi. 
Yirik ko‘zli g‘alvirlarning ishlashini baholashda elashning sifat koeffitsienti 
kiritiladi (%), elashning samaradorligi ham deb ataladi: 
E = (b/a)*100 = (100/a)*(a-s)/(100-s)*100 
bu erda: 
v
-quyi sinfning chiqishi, butun material massasi bo‘yicha 
(masalan, qum - shag‘alli aralashmadan qumning chiqishi); 
a
- foydalanilgan material tarkibida mayda fraksiyaning massa ulushi (qum-
shag‘alli aralashmada qumning miqdori),%; 
s- 
yuqori sinfdagi mayda fraksiyaning ifloslanishi (shag‘alda qumning massa 
ulushi),%. 
Agar 
s- 
kattaligi 5% dan oshmasa, u holda elashning samaradorligi, masalan 
a
=60% da quyidagidan kam bo‘lmasligi kerak: 
E = (100/60) * (60-5)/(100-5) * 100 = 96.5


75 
Agar 
s
=10% bo‘lsa, u holda elashning samaradorligi 
E
=93% bo‘ladi. 
Bir martali elashda 
E
-kattaligi, tajriba ma’lumotlariga ko‘ra, baraban tipidagi 
g‘alvirlar uchun-60% gacha, chayqaluvchi g‘alvirlar uchun-90% gacha, 
tebranuvchi g‘alvirlar uchun -98% gacha. 
Aralashmani g‘alvirda suv bilan yuvganda ho‘l elashning samaradorligi 
oshadi. Bu holatda shag‘al pastki sinf bilan birga yuvilgan qo‘shimchalardan 
tozalanadi. 
Titranuvchan katta ko‘zli g‘alvirlarning mahsuldorligi (m
3
/soat) quyidagi 
formuladan aniqlanadi: 
Q=cF·q·l·m·n·o·p 
,
bu erda: 
c
- elak yuzasidan foydalanish koeffitsienti; yuqori elak uchun c =1;0,85 va 
g‘alvirni material yuklaganda eni 70 dan katta va 65% dan kichkina mos keluvchi 
pastki elak uchun -c
 
=0,8 va 0,7; 
F
-elakning ishchi yuzasi, m², g‘alvir turlari GIS- 62, GIS- 52 ,GIS- 42 uchun 
9,7,5 qabul qilinadi, GIT-41 uchun 
F
=4,5; 
q
- kvadrat ko‘zli 1m² elakning solishtirma hajmiy mahsuldorligi, m
3
(m²·soat); metall elak ko‘zi o‘lchami 3,5,10,20,40,80 va 100 mm uchun mos holda 
q
=7,11,19,28,38,58va 63; 
R, l, m, n, o, p 
–tuzatma koeffitsientlar; 

va 
l
- elak ko‘zidan katta va yarmidan kichigiga mos keluvchi o‘lchamdagi 
donalarning miqdorini hisobga oladi; 
R
=0,6-2,0 bo‘lib, 20 dan 90% gacha tarkibda 0,2 interval bo‘yicha har 10% 
dan so‘ng; 
l
=0,94; 0,97; 1,0; 10, 20, 25% uchun va 
l
=1,03; 1,09; 1,18; 1,32; 1,55 ;2,0; 
3,36- 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90% uchun; 
m-
elakning samaradorligi-
E
ga bog‘liq bo‘lib: 
n
=1,0 va 1,25- maydalangan 
material va qum-shag‘alli aralashma uchun; 0=1,0 va 0,75....0,9-quruq va nam 
materialga mos keladi; 


76 
R
=1,25 – 1,4 suvda elashda elak o‘lchami 25mm dan kichik uchun, boshqa 
holatda quruq va ho‘l elash uchun 
R
=1. 
 
Rasm-3.4. Konussimon g‘alvir: 
1-qumli-loyqa suvni yo‘naltiruvchi pattrubka; 2-shag‘alni yo‘naltiruvchi 
patrubka; 3-korpusning konussimon qismi; 4-konussimon panjara; 5- korpusning 
silindrsimon qismi; 6-qopqoq 
 
Qum-shag‘alli aralashmani gidromexanizatsiyalashgan usulda qazib olishda 
suvli aralashma konussimon suvli g‘alvirda qum va shag‘alga ajratiladi. 
Konussimon g‘alvir (rasm-5.4) ichida konussimon panjara o‘rnatilgan bo‘lib, 2,5-5 
m/s tezlikda suvli aralashma tangensial holatda uzatib turiladi. Qumli- loyqa suv va 
shag‘alni ajratish suvli aralashmaning tepa qavatida bosim va markazdan qochma 
kuchlar ta’sirida bajariladi. 
Korpusning silindrik qismi ichki diametri 1,1-3m bo‘lganda g‘alvirning 
o‘rtacha mahsuldorligi 20-400 m
3
/soat ni tashkil etadi, qattiq mahsulot (shag‘al) va 
suvli aralashma (qumning suvli aralashmasi)ga mos keladi. So‘ngra gidravlik 
klassifikatorlarga yuboriladi, shag‘alni donalar yirikligi bo‘yicha fraksiyalarga 
ajratiladi. 


77 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish