S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/111
Sana20.03.2023
Hajmi3,98 Mb.
#920444
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   111
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

Rasm-2.7. Gidravlik klassifikatorning sxemasi: 
a-pastdan suvli aralashmani uzatish (GKD tipida); b-yuqoridan suvli 
aralashmani uzatish (GKX tipida); 1- yo‘naltiruvchi truba; 2-yirik fraksiyalar 
uchun bo‘shatish trubasi; 3-mayda fraksiyali qumli suvli aralashmaning chiqishi; 
4-klassifikatsion kamera; 5-quyish trubasi; 6-shitok; 7-klassifikator qabul 
kamerasining korpusi; 8-diffuzor; 9-tayanch; 10-suvni uzatish trubasi; 11-
klassifikatsion kamerada suvni uzatish uchun xalqa; 12- voronka; 13-poplavka; 
14-qabul qilish-tushirish kamerasi; 15-so‘ndiruvchi silindrlar; 16-klassifikatsion 
truba; 17-yopqich; 18-toza suvni tangensial uzatuvchi. 
Gidravlik klassifikatorlar suvli aralashmani pastdan yoki tepadan uzatish 
orqali ishlaydi. Birinchi holatda (rasm-2.7, a) suvli aralashma tuproq so‘ruvchi 
qurilma orqali truba-1ga uzatiladi, undan esa diffuzor-8 orqali klassifikatsion 
kamera-4ga etkaziladi. Toza suv oqimida aralashgan mayda qum kamera 
yuqorisidan o‘tib, truba-5 orqali chiqadi. Yirik fraksiyalar voronka- 12 ga cho‘kadi 
va patrubka-2 orqali uzatiladi. 
Ikkinchi holatda (rasm-2,7. b) suvli aralashma truba-1 yordamida yuqoridan 
uzatiluvchi yukni qabul qiluvchi kamera-14da bo‘linadi, chunonchi mayda 
donadorli qumlarning suvda cho‘kish tezligi keluvchi toza suv oqimining 
tezligidan kichik, shu sababli diffuzor-8 orqali trubaga tushadi, nisbatan yirik 


67 
donalarning suvda cho‘kish tezligi yuqori bo‘lib, keluvchi suv oqimida bo‘lmaydi, 
shu sababli klassifikatsion truba-16 orqali voronka-12ga tushadi va truba-2 orqali 
tashqariga chiqariladi. 
Gidravlik klassifikatorga tushuvchi toza suv oqimining tezligini nazorat qilish 
orqali qumni talab etilgan dona yirikligida ajratishga erishish mumkin. 
Mayda qumni qisman suvsizlantirish markazdan qochma klassifikator 
gidrotsiklonda (rasm-2.8.) amalga oshiriladi. Suvli aralashma tangensial ravishda 
siklonga yo‘naltiriladi va devor atrofida aylanadi. 
Rasm-2.8. Gidrotsiklonning sxemasi: 
1-chiqish patrubkasi; 2-quyish patrubkasi; 3-po‘lat korpus, ichi ishqalani-
shga bardoshli material bilan qoplangan; 4- qumni bo‘shatish uchun teshik; 5-
qoplash. 
 
Bu holatda qumlar oqimdan chiqadi va devorda ushlab qolingan holatda 
pastga tushadi, suv esa chang va gillar bilan birga yuqori patrubka bo‘ylab 
chiqariladi. 
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar:
1.
Otqindi tog‘ jinslariga qanday minerallar kiradi? 


68 
2.
CHo‘kindi tog‘ jinslari qanday hosil bo‘ladi? 
3.
Metomorfik tog‘ jinslariga qanday minerallar kiradi? 
4.
Beton uchun ishlatiladigan tabiiy qumlar asosan qaysi tog‘ jinslaridan 
olinadi? 
5.
Qumning donador tarkibi qanday aniqlanadi? 
6.
Yiriklik moduli bo‘yicha qumlar qanday guruxlarga bo‘linadi? 
7.
Qum tarkibidagi keraksiz aralashmaar miqdori qanday aniqlanadi? 
8.
Tabiy qum qanday usullarda qazib olinadi? 
9.
Tabiiy qumni qazib olishni tushuntiring? 
10.
Maydalash chiqindilari asosidagi qumni keltiring? 
11.
Qumni boyitish va fraksiyalarga ajratishda qanday uskunalardan 
foydalaniladi? 
12.
Tabiiy zich tog‘ jinslari asosidagi qum qanday ishlab chiqariladi? 
13.
Qanday qumlar beton uchun ishlatiladi? 
14.
Yiriklik moduli deganda nimani tushunasiz? 
15.
Yiriklik moduli bo‘yicha qumning qanday turlari mavjud? 
16.
Qumlarda qanday aralashmalar uchraydi? 
17.
Qumning zarrachalar tarkibini keltiring? 
18.
Qum tarkibida qanday gil, gilsimon qo‘shimchalar uchraydi? 
19.
Qum tarkibidagi sulfid va sulfat qo‘shimchalarning miqdori qanday 
chegarada bo‘lishi kerak? 
20.
Qumning namligi necha foizdan oshmasligi kerak? 
21.
Tabiiy qumni tayyorlashda qanday mashina va uskunalardan 
foydalanadi? 
22.
Qumning markalarini keltiring? 
23.
Gidromexanizatsiyalashgan 
konlarda 
qo‘llanilayotgan gidravlik 
klassifikatorlar. 
24.
Qum ishlab chiqarish texnologik sxemasiga izoh bering. 


69 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish