63
Rasm 2.6.Qum yuvish apparati:
1- suvni uzatish; 2-yuvilgan qumni bo‘shatish; 3- xalqali elevator;4-
konussimon baraban; 5-qumni ortish; 6-ifloslangan suvni to‘kish.
Bunday 2ta mashinaning sxemasi rasm.2.5 va rasm.2.5 da keltirilgan. Qumni
suvda yuvish uni suvli muxitda aralashtirishni va tozalashdan iborat bo‘lib, bunda
qum donasi sirtini qoplab turgan gilli qo‘shimchalar va parda suv bilan birikib
changlar bilan birgalikda loyqaga aylanadi, toza suv qo‘shishda oqiziladi.
Qum yuvgichlar shu taxlidda ishlaydi. Tabiiy qum-shag‘alli aralashmadan
qumni navlarga ajratishda elaklar qo‘llaniladi va bu elaklarning o‘zida
qumlar
yuviladi va ifloslangan suv chiqarilib yuboriladi. Biroq bunda yuvishlari
ishlarining sifati maxsus qumyuvgichlar ishlatganga nisbatan pastroq. Qumni
yuvgandan so‘ng uni qayta qayta quritish shart bo‘lib, bu ayniqsa qishki
mavsumda texnologik jarayonni murakkablashtiradi.
SHu sababli qumni quruq usullarga boyitishga xam e’tibor beriladi, masalan
xavoga uloqtirilgan qumni xavo oqimida tozalash.
Bunday usulda tabiiy qum
donasi sirtidagi gil pardasini yo‘qotib bo‘lmaydi, biroq tosh maydalash chiqindilari
asosidagi va maydalangan qum tarkibida mavjud chang bo‘laklariniolib tashlash
mumkin. Qumni boyitishdan asosiy maqsad qumning talab etilgan donadorlik
tarkibini ta’minlash xisoblanadi. Respublikamizning ko‘pgina tumanlarida mavjud
konlardagi qum o‘ta maydadir. Ularni betonda qo‘llagan sement sarfini 20-30% va
64
ba’zan 50%gacha oshiradi. Bunday qumlarni tashib keltiruvchi tabiiy qum yoki
maydalangan qum qo‘shib boyitish maqsadga muvofiq.
O‘zRST 728-96 bo‘yicha mayda tabiiy qumni boyitishda yirik
fraksiyalar sifatida maydalangan qum ko‘pincha maydalash chiqindilari ishlatiladi.
Noruda materiallar sanoatida istiqbolli yo‘nalishlardan biri bu qumni fraksiyalash
bo‘lib, qumni dona yirikligi bo‘yicha fraksiyalarga ajratish xisoblanadi.
Keyinchalik beton tayyorlashda fraksiyalarni aloxida – aloxida miqdorlashda
tayyorlangan qorishma qum tarkibini doimiyligini ta’minlaydi. Bunday ishlarning
bajarilishi standartda ko‘zda tutilgan. Qumni fraksiyalashning
zarurligi shundan
iboratki, ko‘pgina qum pechlaridagi qum donadorlik tarkibi bo‘yicha bir jinsliligi
etarli emas. Ba’zida agar qumning donadorlik tarkibi standart talablariga javob
bersa xamki, ular bir jinsli bo‘lmasligi mumkin. Masalan 0.63mm li elakda qolgan
to‘la qoldiq 20dan 70% gacha bo‘lishi mumkin, bunday qum yirikligi bo‘yicha
turli guruxlarga mansub bo‘lishi mumkin, kam miqdorda bo‘shliqligi va
solishtirma yuzasi bilan fraksiyalanadi. Beton tayyorlashda esa sementning
qo‘shimcha saralanishiga olib keladi.
Qumni fraksiyalashda qum ikkita mayda va yirik fraksiyaga ajratiladi,
bunda nazorta elaklar 1.25 yoki 0.63mm ga mos keluvchi donalarga bo‘linadi.
SHunday qilib yirikligi 0-5mm li oddiy qum o‘rniga istemolchi talabiga ko‘ra
aloxida yirik qum (1.25-5 yoki 0.63-5mm) va mayda qum (1.25 yoki 0.63mm
gacha) ishlab chiqarish mumkin. Konlarda qumni fraksiyalashda mayda va yirik
fraksiyali qumlarning chiqishi tabiiy bo‘lib, u etarli chegarada o‘zgarishi mumkin,
chunki qum kelib chiqishida bir jinsli bo‘lmaydi.
Biroq beton tayyorlashda 0.63mm dan kichik fraksiyali qumni 0.63-5mm li
fraksiyali
qumga aralashtirganda masalan, 1:1 proporsiyada (massa bo‘yicha),
xosil bo‘lgan aralashma bir jinsli bo‘ladi. SHunday qilib qumni fraksiyalash beton
sifatini oshiradi va sement sarfini kamaytiradi. Biroq 2ta muammo mavjud:
birinchi fraksiyalash texnologiyasini tanlash; ikkinchi 2ta fraksiyadagi bo‘lingan
qumdan foydalanishning samarali sharoitini ta’minlash. Biroq ko‘pgina beton va
temir beton konstruksiyalar ishlab chiqarish korxonalarida, beton qorish sexlarida
65
qumning ikki fraksiyasini miqdorlash, qabul qilish va omborga joylash kabi
sharoitlar yaratilmagan.
Amaliy jixatdan fraksiyalangan qumni talab etilgan
nisbatdagi va donadorli
tarkibdagi fraksiyali aralashma shaklida etkazish mumkin. Biroq buni bajarish o‘ta
qiyin . agar qumni 2ta fraksiyaga bo‘lish oson kechmas ekan, demak ular asosida
bir jinsli aralashma qurilmalari talab etiladi va qumning tannarxi oshadi. SHu
sababli korxonalarda beton ishlab chiqarishning eng to‘g‘ri yo‘li bu qumning ikki
fraksiyasini ishlatish va omborga aloxida saqlash, so‘ngra beton qorishmasi
tayyorlashda ularni bonus komponentlar bilan birga aralashtirish. Bu asosan yangi
korxonalarni loyixalashda va qurishda, xamda mavjudlarini qayta tamirlashda
nazarda tutiladi.
Ko‘p fraksiyali qum aralashmasi to‘kish jarayonida
bunkerlardan tushirishda
shtabellar yoki konuslardan bo‘shatganda, lenta konveyrlarda uzatishda
qavatlanish yuzaga keladi, donalar yirikligi bo‘yicha ajralib qoladi, natijada
donadorlik tarkibini optimallashtirishda qiyinchilik yuzaga keladi.
SHu sababli
qumlarning fraksiyalash va istemolchi talabiga ko‘ra bo‘lgan xolda etkazish
maqsadga muvofiqdir.
Qumni ishlab chiqarish sharoitida boyitish, fraksiyalash gidravlik
klassifikatsiyalashda
bajariladi.
Donadorli
materiallarni
gidravlik
klassifikatsiyalash standartda keltirilgan bo‘lib, turli zichlikdagi va yiriklikdagi
donalarni suvli muhitda turli tezlikda cho‘ktirish bilan aniqlanadi.
Qum donalari zichligi deyarli bir xil bo‘lib, gidravlik klassifikatsiyalashda
qumni donador yirikligi bo‘yicha ajratish imkonini beradi.
Turli gidravlik klassifikatsiyalar mavjud: gravitatsion (turli og‘irlik kuchi
hisobiga donalarning ajratilishi sodir bo‘ladi) va markazdan qochma (oqimning
aylanishi hisobiga markazdan qochma tezlashtirgich ta’sirida ajratish intensivligi
oshiriladi).
Gidromexanizatsiyalashgan
konlarda
qo‘llanilayotgan
gidravlik
klassifikatorlarning sxemasi rasm-2.7 da ko‘rsatilgan.