58
A, massa bo‘yicha
Rasm-2.3. Og‘ir beton uchun ishlatiladigan qumning donadorlik tarkibiga
qo‘yiladigan talablar:
1- qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (M
k
=1,5);
2
- V15(M200) va undan yuqori markali betonlar
uchun ishlatiladigan
qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (M
k
=2);
3
– V25(M350) va undan yuqori markali betonlar uchun ishlatiladigan
qum yirikligining ruxsat etilgan pastki chegarasi (M
k
=2,5);
4- qum yirikligining ruxsat etilgan yuqori chegarasi (M
k
=3,25);
Tabiiy quruq kvars qumining uyilma zichligi tahminan 1500-1600 kg/m
3
ni
va bo‘shliqligi -30-40% ni tashkil etadi.
Beton qorishmasida sement qum donasining sirtini yupqa qavat bilan o‘rab
oladi (ko‘pincha 0,01dan 0,1mm gacha). SHu sababli qum donasining yuzasi
qancha katta bo‘lsa, sement sarfi ham oshadi. Fraksiya 2,5-5mm
uchun qumning
solishtirma yuzasi 10sm
2
/g ni, mayda fraksiya qum uchun 100-300 sm
2
/g ni tashkil
etadi. Tabiiy o‘rta donadorli qumning solishtirma yuzasi 40-70sm
2
/g yoki 4-7m
2
/g
ni tashkil etadi.
Qumda beton uchun xavfli qo‘shimchalar mavjud bo‘ladi. SHu sababli
standart ularni chegaralaydi. Qumda mavjud changsimon, gilsimon qo‘shimchalar
(o‘lchami 0,05mm dan kichik) standart usullarda suvda yuvish orqali aniqlanadi.
Olingan namuna qumni o‘lchov idishga solinadi va suv quyib 2 soat ushlab turiladi
59
(vaqti-vaqti bilan aralashtiriladi). Aralashtirgandan 2 minutdan so‘ng qum ustidagi
suv to‘kiladi, toza suv quyib qumni yuvishni toki suv bilan qumni aralashtirganda
tiniq holatga qolguncha davom ettiriladi.
SHundan so‘ng yuvilgan qum
doimiy massagacha quritiladi, tarkibidagi
yuvilgan aralashmalar (%) quyidagi formuladan topiladi:
Pyuv
.
aral
m
m
1
100%
,
m
Bu erda:
m
- yuvilmagan doimiy massagacha quritilgan qum massasi, g
m
1
- yuvib doimiy massagacha quritilgan qum, g.
O‘zRST 8736-93 “Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar”ga ko‘ra tabiiy
qumda ortiqcha aralashmalar 3%dan (massa bo‘yicha) oshmasligi kerak, boyitilgan
qumda -2%, maydalangan qumda esa 5% gacha ruxsat etiladi.
Qum tarkibida amorf kremnezem turlarining mavjudligi
sement ishqorlari
bilan reaksiyaga kirishib, betonning nurashiga olib keladi. Sement ishqorlari bilan
quyidagi tog‘ jinslari va minerallar bog‘lanadi: opal, xalsedon, kremniy.
O‘zRST 728-96 “Og‘ir va mayda to‘ldirgichli beton”ga ko‘ra gidrotexnika va
transport inshootlarida ishlatiladigan betonlarda sulfid bog‘lamalar 1% dan
oshmasligi kerak.
Qumning namligi uning xususiyatlariga, ayniqsa
uyilma zichligiga etarlicha
tasir ko‘rsatadi. Chunki boshqa qurilish materiallarni namlashda ularning zichligi
oshadi, qumda esa teskari. Bu qum nam holatda bo‘lganida
quruqga nisbatan
sochiluvchanligi kichikligi bilan tushuntiriladi.
60
W, % massa bo‘yicha
Rasm-2.4. Qum hajmining uning namligini oshishiga qarab o‘zgarishi: 1-
mayda qum; 2- yirik qum
Qumga quyilgan suv uning donalarini elimlaydi,
shu sababli bunday qumni
biror sig‘imli uskunaga solganda kompakt joylashmaydi va bo‘sh tarkibni xosil
etadi. Qumning eng katta bo‘sh tarkiblisi namlik 4-7% bo‘lgada (massa bo‘yicha)
kuzatiladi (rasm-4.4). Bunda qumning uyilma zichligi 10-40% ga kamayadi. Beton
tayyorlashda qumning namligini inobatga olish zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: