S. J. Razzaqov Namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 3,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/111
Sana20.03.2023
Hajmi3,98 Mb.
#920444
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111
Bog'liq
Beton told texnologiyasi darslik

Maydalashda olingan qum 
- 5 mm gacha yiriklikdagi noorganik 
sochiluvchi material, qoya tog‘ jinslaridan chaqiq tosh ishlab chiqarishda xosil 
bo‘ladigan va sanoat chiqindilarini boyitishda olinadigan qum.
Tabiiy qumni qazib olish. 
Tabiiy qum, 
qum va qum-shag‘alli konlardan qazib olinadi. Qum-shag‘alli 
aralashmani navlarga ajratishda qum olinadi. 
Qum konlari kelib chiqish sharoitiga qo‘ra boshqa foydali qazilmalar kabi 
tog‘ oldi, tekislik va suvda olinadigan turlarga bo‘linadi. Tog‘ oldi jinslari tog‘ 
yonbag‘irlarida joylashadi. Bunda qumni qazib olish joyi o‘rab turgan atrof-muxit 
va transport yo‘llaridan tepada joylashgan bo‘ladi. Bu konlarda hamma vaqt quruq 
qum uchraydi. 


51 
Tekislik konlarida qum er yuzasidan pastda va ba’zan grunt suvlaridan pastda 
yuzaga keladi va yig‘iladi. Bu konlar quruq yoki nam holatda bo‘ladi. Qumni qazib 
olish usulidan kelib chiqib, kondan suvni yo‘qotish uchun quritiladi (drenajda) 
yoki qumni olish uchun suv bilan to‘ldiriladi. 
Suvli konlarda qum daryo, ko‘l va boshqa suv havzalaridan suv ostidan 
olinadi. SHunday qilib, konlarda qumlar ochiq usulda yoki yopiq usulda ishlab 
chiqariladi. Qumni ochiq usulda qazib olish eng ko‘p tarqalgan. Konlardagi qumlar 
zamin, gil va boshqa jinslar ostida yig‘iladi. Bu qavatni ochish qavati deyiladi va 
uni hajmining foydali qazilma hajmiga nisbati ochish koeffitsientini ifodalaydi. 
Ochish ishlari, kon chegarasidagi ochish qavatini olib tashlash, foydali 
qazilmalar ustini ifloslantiruvchi va boshqa zararli jinslardan tozalash uchun 
bajariladi. Konlarni ochishda buldozer, skreperdan foydalaniladi va ba’zan katta 
hajmdagi ochishda ekskovatorlarda chuqurlarga jo‘natish bajariladi. 
Konlarni ochishda buldozer, skreper jo‘natish bajariladi. Konlarda ochish 
ishlari bajarilgandan so‘ng transport yo‘llari va ishlash pog‘onalari xosil qilishda 
transheyalar yotqiziladi (rasm 2.1). 
Ishlash pog‘onalari balandligi 6-10m va undan yuqorini tashkil etadi. U 
bevosita ekskovator chumichi balandligiga bog‘liq. Agar qum konda katta 
vatlamda mavjud bo‘lsa, u xolda uni qayta ishlash qavatma-qavat bajariladi. Qazib 
olish qavatiing eni ekskovator chumichi radiusiga bog‘liq xolda 1.2-1.3m ni tashkil 
etadi. 
Ochiq konlarda qumni qazib olishda turli tipdagi ekskavatorlar, skreperlar va 
boshqa mashinalar ishlatiladi. Eng ko‘p bir cho‘michli to‘g‘ri kurakli ekskavatorlar 
(cho‘mich sig‘imi 0,25-15m
3
) qo‘llaniladi. Bunday ekskavatorlarning cho‘michi 
balandligi 6-30m bo‘lib, qazish radiusi 6-40m ni tashkil etadi. 
To‘g‘ri kurakli bunday ekskavatorlar ishlash pog‘onasining pastki maydonida 
transport vositalari bilan bir qatorda joylashadi. 
Ekskavator–draglaynlar bir kovshlidan shunisi bilan farq qiladiki, ularning 
cho‘michi katta belkurakli tipda bo‘lib, o‘qda kanatlarda osilgan bo‘ladi. Draglayn 


52 
o‘zi turgan joyning pastki qismini qaziydi, shu sababli konning yuqori maydonida 
ishlaydi. 
Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar hozirda eng ko‘p ishlatiladi. Zanjirli ko‘p 
kovshli 
ekskavatorlar 
konveyr 
shaklidagi 
to‘xtovsiz 
harakatlanuvchi 
cho‘michlardan iborat. CHo‘michlarni bo‘shatish lentali transporterga tashlash 
bilan bajariladi. 
Rasm 2.1. Qumni ochiq holatda qazib olish: 
1- pastki maydon; 2-qiyalik; 3-yuqori maydon; 4-ishlov berilayotgan maydon. 
Suv ostidagi qum konlarini qayta ishlashda suzuvchi uskunalardan tuproq 
so‘ruvchi snaryadlar keng ishlatiladi. Ularda ponton mavjud bo‘lib, ma’lum 
vaziyatga troslar, langarlar va qoziqsimon uskunalar yordamida joylashtiriladi. 
Pantonda tuproq so‘ruvchi markazdan qochma tipdagi nasos mavjud bo‘ladi. Suv 
ostiga tuproq so‘ruvchi uskuna va zarur holda mexanik bo‘shatgich tushuriladi. 
Tuproq so‘rgich va bo‘shatgich birga ishlaydi, chunki bo‘shagan qum suv bilan 
birga trubada suvli aralashma ko‘rinishida so‘riladi, suzuvchi aralashma uzatuvchi 
yordamida yig‘iladi. 
Markazdan qochma tuproq so‘rgichlardan tashqari qum suvli aralashmani 
qazib olishda gidroelevatorlar ishlatiladi. Qum suvli aralashmalar qirg‘oq 
bo‘yidagi maxsus ombor maydonchasida yig‘iladi, u erdagi suv havzaga 


53 
qaytariladi. Bunda bir vaqtning o‘zida qumni chang va gilsimon qo‘shimchalardan 
tozalash, boyitish va fraksiyalash ishlari bajariladi. 
Qumni gidromexanizatsiyalashgan qazib olish faqat daryo yoki boshqa suv 
havzalarida emas, balki suvli tekislik konlarida ham ishlatish mumkin. Suv 
yuzasidan yuqorida joylashgan qum konlarini qayta ishlash gidromonitorlarda 
bajariladi. Gidromonitor o‘zida boshqariladigan trubali stvol va ohirida tor 
nasadkani mujassamlashtiradi. Nasos yordamida yaqin masofadagi suv havzasidan 
uzatilgan suv gidromonitordan katta tezlikda tomchilab otiladi. 

Download 3,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish