105
po‘latlardan tayyorlangan (diametri 20–1500 mkm) simlar-
dan ham foydalaniladi. Masalan, matritsa Al va uni qotish-
masidan bo‘lgan kompozitsion materiallar mustahkamligi
400–500
o
С
da alyuminiy qotishmalarga qaraganda 2–3
marta ortiq bo‘ladi. Shu sababli bunday kompozitsion mate-
riallardan samolyot detallari tayyorlanadi. Matritsasi polimer
material bo‘lgan kompozitsion materialdan, avtomobil va
kemasozlikda masalan, avtomobil kuzovlari, trubalar va
boshqalar tayyorlashda, shuningdek, kimyo sanoatida,
kriogen texnikada foydalaniladi.
XIV bob.
NOMETALL MATERIALLAR
l-§. Umumiy ma’lumot
Mashinasozlikda konstruksion materiallar sifatida metall
qotishmalari bilan bir qatorda nometall materiallardan ham
keng foydalaniladi va ularni qo‘llanilish sohalari borgan sari
ortib bormoqda. Ma’lum M, nometall materiallar xili ko‘p,
lekin sanoatda keng qo‘llaniladiganlariga plastik massalar,
rezina, lak, bo‘yoq, yelim, asbest, shisha, keramika va
boshqalar kiradi. Nometall materiallarning yetarli puxtaligi,
yengilligi, termik va kimyoviy chidamligi, yuqori izolatsion
xarakteristikalari, ayniqsa, texnologik va ekspluatatsion
xossalarining yaxshiligi ulardan metallar o‘rnida emas, balki
zarur materiallar sifatida ham foydalanilmoqda.
Nometall materiallar asosi polimerlar (yuqori molekular
birikma)dan iborat bo‘lib, ular tabiiy va sun’iy xillarga
ajratiladi.
Tabiiy polimerlarga sellyuloza, slyuda, asbest, grafit,
paxta va boshqalar, sun’iylariga polietilen, viskoza, sintetik
kauchuk va boshqalar kiradi.
106
2-§. Plastik massalar va ulardan detallar tayyorlash
Plastik massalar tabiiy yoki sun’iy polimerlar asosida
olingan materiallar bo‘lib, ularni olish yoki qayta ishlashning
ma’lum bosqichida yuqori plastiklikka ega bo‘ladi. Plastik
massalar oddiy va murakkab xillarga ajratiladi.
Oddiy plastik massalar yolg‘iz polimerlardan iborat
bo‘lib, ularga polietilen, polistirol, kapron, organik shisha va
boshqalar kiradi.
Murakkab plastik massalarda bog‘lovchi polimerlardan
tashqari toldiruvchilar, plastifikatorlar, stabilizatorlar,
katalizatorlar, moylovchi va bo‘yovchi moddalar ham
bo‘ladi. Ba’zan bog‘lovchilar sifatida polimerlar o‘rniga
bitum, asfalt, sementlardan ham foydalaniladi.
To‘ldirgichlar plastmassalarni fizika-mexanik, kimyoviy
va texnologik xossalarini yaxshilash bilan kam yeyiladigan
qiladi. Ularning narxini arzonlashtirish maqsadida tarkibiga
zaruriyatiga ko‘ra 40–80% gacha to‘ldirgichlar sifatida
yog‘och uni, paxta, qog‘oz, asbest, to‘qima va shisha
tolalari, bo‘r, gips, grafit, kaolin, talk kukunlari va boshqa
materiallar qo‘shiladi.
Plastik massalarning plastikligi, elastikligi va oquv-
chanligini oshirish maqsadida plastifikatorlar kiritiladi va
plastifikatorlar sifatida kamfara, kana-kunjut moyi, glitserin,
dibutilftolat va boshqalar.
Stabilizatorlar plastik massalarga issiqlik, nur va boshqa
faktorlar ta’sirida turg‘unligini oshirish maqsadida oltingu-
gurtli birikmalar, fenollar va boshqalar ma’lum nisbatda
qo‘shiladi.
Katalizatorlar sifatida magneziya, urotropin, ohak va
boshqa materiallardan foydalaniladi. Ular polimer material-
larning qotish jarayonini tezlatadi.
Moylovchi moddalar plastmassalarni presslash jarayonini
107
osonlashtirish uchun qo‘shiladi. Ularga mum, steorin,
transformator moyi va boshqalar kiradi.
Bo‘yoqlar plastmassaga kerakli rang beradi. Bo‘yoq
sifatida oxra, rodanin, nigrozin va boshqalardan foydala-
niladi.
Plastik massalar xossalariga (molekulalararo bog‘lanish
xarakteriga) ko‘ra termoplastik va termo-reaktiv xillarga
ajratiladi.
Termoplastik plastmassalarda polimer molekulalari
o‘zaro bo‘shroq chiziqli bog‘lanadi. Ular qizdirilganda
yumshab, sovitilganda qotadi. Shu sababli, ularni takror
qizdirib ishlov beriladi. Bu holda xossalari saqlanadi.
Termoreaktiv plastmassalar molekulalari o‘zaro kimyo-
viy puxta bog‘lanadi. Shu sababli, ularning xossalari termo-
plastiklardan keskin farqlanadi. Bu plastmassalar qizdiril-
ganda yumshab borib, keyin ma’lum temperaturada suyuq-
lanmaydigan qattiq holatga o‘tadi. Shu sababli, ular qayta
ishlanmaydi. Ular, odatda, maydalanib to‘ldirgichlar sifatida
ishlatiladi. Mashinasozlikda korpus detallari, truba, shkiv,
tishli g‘ildirak, podshipnik va boshqalarni tayyorlashda
foydalaniladigan plastik massalar va ularning xossalari 15-
jadvalda keltirilgan.
Plastik massalardan turli shakldagi va o‘lchamdagi
detallarni tayyorlashda qator texnologik usullar bo‘lib, ular
ichida metall qoliplarga qizdirib bosim bilan quyish,
presslash, siqib chiqarish usullari ko‘proq tarqalgan. Masa-
lan, metall qolipga quyish usulidan termoplastik plastmas-
salar (polietilen, polistirol, poliamid va boshqalar)dan
detallar tayyorlashda, qizdirib presslashdan termoreaktiv
plastmassalar (epoksid, getinaks va boshqalar)dan detallar
tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |