S. E. Xolmurotoy, N. T. Shoyusupova


Asosiy ijtimoiy va ahloqiy ehtiyojlar va ularni mehnat



Download 5,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/165
Sana29.03.2022
Hajmi5,92 Mb.
#516137
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165
Bog'liq
Iqtisodiy sotsiologiya S. E. Xolmuratov 2005 (2)

6.3. Asosiy ijtimoiy va ahloqiy ehtiyojlar va ularni mehnat 
nuqtai 
nazaridan asoslashning ahamiyati
Juda ko'plab ijtimoiy va ahloqiy ehtiyojlar mavjud, ular sotsiologiyada turîi 
nuqtai nazarlarga asosan o'rganiladi. Ulaming asosiy qismi mehnatni asoslashga 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bogiiq boiadi:
• nazorat va oylik ish haqidan qat’iy nazar o ‘z-o‘zini hurmat qilishga ehtiyoj 
(vijdonan mehnat qilish, ya’ni o‘zi haqida ham inson, ham ishchi sifatida ijobiy 
flkr hosil qilish);
• o‘z o ‘mini topishga boigan ehtiyoj (yuqori miqdoriy va sifat ko'rsatkichlari, 
obro' orttirish, rahmatnomalar, rag'batlantirishlar, o‘ziga nisbatan jamoaning 
ishonchini oqlash, rahbariyat, oila, tanishlar, do‘stu-birodarlarda ijobiy taassurot 
qoldirish);
• tan olinishga boigan ehtiyoj;
• o‘z mehnat xulq-atvorini, kasbining zarurligini isbotlashga yo'naltirish. 0 ‘z 
qobiliyatini namoyon qilish, ish joylarini attestatsiya qilish va hokazo;
• ijtimoiy o ‘rindosh ehtiyoj (yaxshi ish «kimdir boiish uchun» o'ziga xos 
usul, yo‘l, odamlar uchun zarur bo‘lishining tasdig‘i, odamlar orasida munosib 
o‘rinni egallash va hokazo);
• o‘z-o‘zini koi'satish, bildirishga boigan ehtiyoj. (Ishga ijobiy munosabatda
6.1-chizma. Mehnatning asosiy ijtimoiy funksiyalarda namoyon bo'lishi
88


boiish asosida yuqori ko'rsatkichlarga ega boiish, qaysidir bilimlami, g‘oyalami 
egallash uchun ish usulida individuallikni namoyon qilish, ya’ni o ‘zining 
qobiliyatlarini ko'rsatish vä hokazo);
• faollika boigan ehtiyoj tufayli mehnat faoliyatini o'zining maqsadiga aylantirib 
qo'yish, faollik asosida sogiiqni mustahkamlash, saqlab qolish, o‘zini yaxshi his 
qilish, ish vaqtini qandaydir o'tkazish zarurati, ish vaqtida nima bilandir 
shugiillanishi ehtiyoji;
• o'zini qayta ishlab chiqarish va avlodni davom etdirishga boigan ehtiyoj (mehnat 
faoliyati davomida eng muhim maqsadlami ko'zda tutish, ya’ni oila a’zolari va 
yaqinlarining shodligi, yutuqlari, ulaming jamiyat hayotidagi maqomlarining oshishi 
va hokazo);
• dam olishga va bo‘sh vaqtga boigan ehtiyoj (ozroq ishlab ko'proq maosh 
olishga va bo'sh vaqtning ko‘p boiishiga, dam olishiga intilish. Ishga ma’lum bir 
qadriyat deb qarash, uni hayotining mazmuniga aylantirmaslik);
• o‘z-o‘zini saqlashga boigan ehtiyoj (eng yaxshi shart-sharotlar bor joyda 
ozroq ishlash, ish haqi oz boisa ham mayli, sogiiqni saqlash, va hokazo);
• barqarorlikka boigan ehtiyoj (ishni mavjud yashash tarzi uchun o'ziga xos 
usul deb qabul qilish, ozchilikning foydasi uchun boiadigan yutuqlardan voz 
kechish, mehnat faoliyatining shakl va tamoyillari, maqsadga intilish, kelajak haqida 
g‘amho‘rlik qilish, qayg'urish, ishga borib kelish har kuni odatiy hol).
Yuqorida biz sanab o‘tgan ijtimoiy-axloqiy ehtiyojlar, mehnat asoslari, dalil, 
sabablari sifatida boshqa moddiy rejalaming o‘mini bosa olmaydi. Shunga qaramasdan, 
u lar ju d a m uhim hisoblanadi. M asalan, m utaxassislar tad qiqo tlarin ing
so'rovnomalaridan biriga quyidagi savolni kiritganlar. «Agar sizda boshqa bir daromad 
manbai bo ig an d a, siz m ehnat qilmay 
q o 'y a r
edingizmi?» So'raganlarning 
ozchiligigina tasdiqlovchi javob berishgan (aytish mumkinki, bu fakt moddiy 
maqsadlar qadrlanadigan jamiyatga tegishli).
Mehnat faoliyatining bir subyektida, bir vaqtning o‘zida, bir joyda ijtimoiy va 
ahloqiy asoslaming yig'indisi boiish mumkin emas (ya’ni, ulaming hammasi 
birga to ‘plangan boiishi mumkin emas). Konkret (aniq) individual omillar 
quyidagilardir: jinsi, yoshi, ish staji, lavozim statusi, oilaviy ahvoli, oilasining 
katta-kichikligi, maium oti, yashash shart-sharoitlarining darajasi, hayotiy tajribasi, 
xarakteri (tabiati), tarbiyasining o ‘ziga xos tomonlari, jamoasining o‘ziga xos 
tomonlari, jamoadagi muhit, sogiigining ahvoli va hokazolar.
Mehnatni ijtimoiy ahloqiy asoslanishining ba’zi bir individual omillarini ko'rib 
chiqamiz:
1. Qiyin mehnat shart-sharoitlarida ijodiy ishlashning turli shakllari juda ko‘p, 
yakuniy natijaga ko‘ra xodimning ijodi, hayol, orzulari darajasini belgilaydi
2. Insonda faollikka nisbatan ehtiyojning kuchaymasligi, ko‘p jihatdan uning 
sogiigiga bogiiqdir, chunki faollik unga qoniqish olib keladi, mustaqil ravishda 
mehnatni asoslashga hissa qo‘shadi.
3. Lavozim maqomining oshishi — boshqarish, qarorlar chiqarish bo'yicha
89


mas’uliyat, huquqlarining oshishi, shuningdek mehnatga munosabatda mas’uliyat 
omili, uning ahamiyati oshib boradi.
4. Ma’lumot (savod) ning past darajasi insonning ijodiy fikrlashiga, ijtimoiy va 
ahloqiy qadriyatlami tushunishiga y o i qo‘ymaydi.
5. 0 ‘z xarakteri, tabiatidan kelib chiqib, inson individual yoki birgalikda 
bajariladigan mehnatga intiladi.
6. Tarbiyajarayonida insonda qaysidir qadriyatlarga yo'nalish paydo boiadi (pul, 
hamkorlik, vijdoniylik), bu esa uning mehnat va iqtisodiy xulq-atvoriga ta ’sir 
ko‘rsatadi, uning mehnati sabablari, asoslarini belgilaydi.
7. Yashash shart-sharoitlarining yuqori darajasi — bu qaysidir asosiy moddiy 
muammolaming hal qilinganligi darajasi, buning natijasida moddiy boim agan 
mehnat asoslarini izlash imkoni paydo boiadi.
8. Mehnatning yaxshi tashkil qilinganligi — bu mehnatni asoslash sifatida o‘z- 
o'zini hurmat qilishning eng muhim omili (Mehnatning yomon tashkil qilinganligi 
esa insonlarning qadrini tushirib yuboradi).
9. Yoshidan qat’iy nazar, inson uchun bo'sh vaqtining boiishi juda muhimdir.
Mehnatga nisbatan strategik ijtimoiy, ahloqiy asoslar sifatida birdamlik va o ‘z
o‘mini topishni ko‘rib chiqish mumkin.
Birdamlikni asos sifatida tahlil qilar ekanmiz jamoa muammosiga e’tibor qaratish 
kerak. 
Birdamlik uchun negiz sifatida obyektiv, subyektiv asoslar mavjud boiganda 
uni asoslash mumkin. Mehnat faoliyatida birdamlik va o‘z o'm ini topish, uni 
mustahkamlash asoslarini qaror toptirish ijtimoiy identifikatsiyaning har uchala 
darajasida 
ham boiish mumkin: tashkilot-kasb-millat. Shuning uchun mehnatni 
asoslashni 
shu jamoadagi o‘zaro munosabatlarsiz tasavvur qilish mumkin emas, 
kasb 
assotsiatsiyalarining ahvoli, kasblami targibot qilish, jamiyatdagi etnomilliy 
munosabatlar ham bunda katta rol o'ynaydi.
Qisqacha xulosalar
Mavzuda m ehnatni asoslash, m ehnatdan qoniqish, insonlarning unga 
munosabatini o'rganishda ko'plab sotsiolog olimlar fikrlari, amaliyo tajribalari 
keltirib o‘tilgan. Insonlar o'zlarining iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlarini mehnat orqali 
qondiradilar. Shu sababli barcha insonlar o‘z ish o'rinlaridan qoniqishlari turlicha 
boiadi. Ba’zi insonlarni ish joylaridagi holat qoniqtirsa, ish haqi qondirmasligi 
mumkin va aksincha.
H azorat va muhokama uchun savollar
1. Mehnatni asoslash va mehnatdan qoniqish o'rtasida qat’iy bir-biriga bogiiqlik 
va bir-biriga tobelik nimalarda ko'rinadi?
2. Mehnatni asoslash borasidagi qarama-qarshiliklaming mazmuni deganda 
nimalarni 
tushunasiz?
3. Mehnatni asoslashning qanday turlari mavjud?
4. Mehnatni asoslashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bogiiq bo‘lgan omillar nimalardan
90


iborat?
5. Mehnatni ijtimoiy ahloqiy asoslanishining individual omillariga nimalar 
ta’sir ko'rsatadi?
6. Mehnat dinamikasini asoslashning mexanizmlariga ta’rif bering.
7. Mehnatni asoslashda jamoaning rolini ta’riflab bering.
8. Guruhlar va individlar mehnatini asoslashning real mexanizmlarini sanab 
bering.
9. Jismoniy va ma’naviy ehtiyojlar orasidagi kurash nimalardan iborat?
Ш. Ehtiyojlami qondirishning umumiy mantigini tushuntirib bering.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro ‘yxati
1. Худойбердиев 3. Дунё мамлакатларида демографик жараёнлар. / /
Узбекистан ик,тисодиёти. №2, 2005.
2. Плакся В.И. Безработица. -М .: РАГС, 2004
3. Васильев В.Ю. Рынок труда в условиях «шведской модели»: проблемы 
и решения. Учебное пособие. -М .: МГИМО (У) МИД России, 2004.
4. А лле М. Г л о б а л и за ц и я: р азр е ш ен и е услови й зан я т о с т и и 
экономического роста. —М.: ТИЕС, 2003.
5. Продолжительность занятости и трудовая мобильность. —М.: ТИЕС,
2003.
6. Рязанцев Д. Зарплата и кадры. Секреты работы. -СПб.: БХВ-Петербург,
2004.
7. Тарасевич A.C.'., Гребенников П.И. Макроэкономика. Учебник. —М.: 
Юрайт, Издат, 2004.
Internet saytlari

Download 5,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish