4- §. Òorli kamonli cholgular
Ozbek ananaviy cholgulari orasida oziga xos 3 xil kamon
yordamida ijro etiladigan cholgular mavjud. Qobiz, gijjak va sato.
Ular ijro uslubi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Qobiz kamonli
cholgularning eng qadimiysi hisoblanadi.
Qobiz ozbek ananaviy musiqa sanatining baxshichilik
yonalishida keng ommalashgan cholgulardan biridir. Otmish
zamonlarda xalq orasida mashhur bolgan qobiz zamonaviy
jarayonga kelib nisbatan kam qollaniladi.
Qobiz, azaldan kovushga yaqinroq shaklda oyib, kosasi va dastasi
bir butun holatda daraxtdan yasalgan. Unga ikki tor taqilgan. Òorlar
ham oziga xos bolib, otning dumidan tayyorlanib, kamon yordamida
ijro etilgan. Cholguning tepa qismida 2 ta quloqlar ornatilgan.
Uning xarragi esa, boshqa cholgular xarraklariga nisbatan uzunroq
va kattaroq tayyorlanib ornatilgan. Chunki qobizning kosaxonasi
ochiq holda qolgan. Unga maxsus qopqoq ornatilmaydi. Shuning
hisobiga, torni kotarish uchun xarraklar uzun holda tayyorlaniladi.
Qobiz torlari grifdan baland joylashgan. Shuning uchun ijroda
sozandalar barmoqlarini torga salgina tekkizadi va «flojeletto» uslubida
ijro etadilar. Cholguning diapozoni 1 1,5 oktavan oraligini
tashkil etadi. V.Belyayevning korsatmalariga kora cholgu diapozoni
quyidagicha:
Gijjak ozbek ananaviy cholgularidan biri bolib, murakkab
ijro uslubiga ega. Otmish risolalarida gijjak xususida turli malumotlar
mavjud. Ozining rivojlanish jarayonida 2 torli va 3 torli hamda
kosasining turli jihoz va daraxtdan yasalganligi bayon etiladi.
Zamonaviy gijjak tut, yongoq, orik daraxtlaridan oyilib
yasaladi (Oldinlari kakos yongogi, qovoqdan yasalgan).
Cholguning kosasi qalin teri yoki baliq pardasi bilan qoplaniladi.
Gijjakning dastasi unchalik uzun bolmagan, 3840 sm (umumiy
uzunligi 60 sm gacha) atrofida boladi va pardalarga ajratib
boglanmaydi. Shu bois bolsa kerak, otmishda juda kam sozandalar
meyoriga yetkazib ijro etganlar. Kop hollarda nomutanosib
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
cholgu (V.Belyayev va A.Fitrat)
hisoblanganining sababi ham shunda
bolishi ehtimolgan xoli emas.
Cholgu dastasining pastki (kosaga
ulangan) joyidan metall qoziq (teri
ostidan) ornatiladi. Uning cholguga
nisbatan kosa ostidan davom etgan qismi,
sozni tizzaga qoyib ijro etish uchun
moslanadi. Gijjak kamon vositasida ijro
etiladi.
Gijjakning 4 tori mavjud bolib, ular
xalq ijrochilik amaliyotida kvarta, kvinta,
tersiya kabi intervallar oraligiga asoslanib
sozlangan. Hozirgi paytda gijjakning
kvarta va kvinta sozlari keng omma-
lashgan:
Gijjakning ijroviy imkoniyatlari katta va 3 oktavadan ortiq
diapozonga egadir:
XX asrga kelib, Ozbekistonda gijjak ijrochiligining juda
ommalashish va rivojlanish davri boshlandi. Bunga Andijon gijjak
ijrochilik maktablarining mohirlik darajasiga erishganligi yorqin misol
boldi. Ijrochilik amaliyotida Mominjon Sobirov, Komiljon
Jabborov, Òoxtasin Jalilov, Nabijon Hasanov, Ganijon
Òoshmatov kabi yetuk sozandalar yetishib chiqib, elga mashhur
boldilar. Ular nafaqat ijrochilik, balki musiqa ijodiyotiga ham
samarali hissa qoshdilar. Zamonaviy musiqa sanati amaliyotida bu
oziga xos ananaga aylanib bormoqda desak ham adashmaymiz.
Chunki, zamonaviy jarayonda keksa ustalardan Gulomjon
Hojiqulov, Salohiddin Òoxtasinov, yetuk sanatkorlardan
Abduhoshim Ismoilov, Olmas Rasulov, Ziyovuddin Qosimov,
www.ziyouz.com kutubxonasi
34
Òursunboy Jorayev, Ahmadjon Dadayev, Muhammadjon
Marahimov, Salohiddin Azizboyev, Otkir Qodirov, Murodjon
Norqoziyev, Ulugbek Hojiqulovlar ham gijjak ijrochiligi va
musiqa ijodiyotida munosib faoliyat olib bormoqdalar. Gijjak
ijrochilik sanatining eng gozal ananalarini davom ettirib, yosh
avlodga munosib targib etishda oz hissalarini qoshmoqdalar.
Sato qadimiy nay tanburning
ozi, yani kamon bilan ijro
etiladigan hozirgi tanburning
namunasidir. Zamonaviy musiqa
cholgusi ustalari (xususan usta
Usmon Zufarov) satoning yangi
shaklini, yani kosaxonasini malum
shaklga moslab va kattaroq holda
yaratganlar. Sato kamon bilan ijro
etiladi. Barcha tarkibiy va tuzilish
jihatlari tanbur cholgusinikidek.
Sato cholgusida mohirlikka
erishgan ustoz sozandalardan
Marufjon Òoshpolatov, Òurgun
Alimatovlarni xalqimiz alohida
ezozlaydi. Zamonaviy jarayonda bu
cholguga yoshlar tomonidan etibor
ancha oshganligini biz Mahmudjon
Òojiboyev, Òoyir Qoziyev, Abror Zufarov kabi sozandalarning
benazir ijrolarida korishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |