III BOB.
PUFLAMA-DAMLI CHOLGULAR TASNIFI
Qadimgi ajdodlarimiz inson ovozidan kuchliroq tovush
beradigan, ochiq havoda chalinadigan cholgularni ixtiro qilgan va
uni ovda, harbiy yurishlarda, toy, sayil, bayram va boshqa turli
yiginlarda qollash odat tusiga kirgan.
Damli cholgular eramizdan avvalgi III-I asrlarda ham
naysimon, tilli va karnaysimonlarga tavsiflangan. Qadimgi Misr,
Bobil va boshqa Sharq mamlakatlarida damli cholgular haqida
malumot beruvchi tasviriy sanat asarlari mavjud bolib, ular
haykalchalar va arxeologik topilmalarda oz aksini topgan.
Qadimgi Misr tarixiy yodgorliklaridan malumki, yuksak
qadrlangan harbiy sozandalarga kohinlar qatoridan orin
korsatilgan, hatto jang maydonida sozandalar oldirilmas, balki
asir olinib, oz kasbi doirasida xizmat qilishga buyurilgan.
Qadimgi Xorazm hududidagi «Qoy qirilgan qala» (miloddan
oldingi IV-III asr), «Òuproq qala» (I-III asr), «Qirq qiz qala»
(V-VI asr) istehkomlaridan topilgan nay, mizmar, surnay, daf va
nogoraga oxshash asl nomlari saqlanmagan cholgu sozlari
ushlagan mutriba ayol va erkaklar tasvirlangan tangachalar, ganch
haykalchalar hamda Ayritomdan topilgan haykalchalardagi
cholgular tasviridan biz ularning qaysi turga mansubligini
aniqlashimiz mumkin. Ammo ularning osha paytda qanday atalgani
malum emas. Yani nomlari hozirgacha saqlanib qolmagan.
Samarqandning Urgut tumani Mominobod qishlogidan
topilgan suyakdan ishlangan besh teshikli miloddan besh ming
yil oldingi nay qisman saqlangan bolib, osha davrda bunday tovush
kolamiga ega cholguda qanday kuylar chalinganligini tasavvur
qilish mumkin.
Eramizning V-VII asrlariga taalluqli Namanganning Pop
tumanidan topilgan, qamishdan yasalgan qoshnay esa hozirgi
qoshnaylardan deyarli farq qilmaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
41
Annikov laganidagi yetti karnaychi rasmiga qarab va bu
tasvirdagi dramatik holatdan kelib chiqib, sozandalar tomonidan
«Kinni Siyovush», yani Siyovushning motamiga bagishlangan
marsiya chalinayotganligi taxmin qilinadi. Osha davrlarda karnay,
nafir, shox nafir, bug, burgu, tashdorlar sopol karnayi va boshqa
cholgulardan foydalanilgan degan xulosaga kelish mumkin.
VIIX asrlarga kelib arablar istilosi bilan birga yangi ananalar
taraqqiy topa boshlaydi. Sharq xalqlarida inson nafasi, yani dami
ilohiy va shifobaxsh deb qaralgan. Bunday qarashlar islomdan
oldingi otashparast, kohin va qom(shaman)larda ham bolgan. Bu
haqda Quroni Karimnning «Yosin» surasi 51-oyatida «Va nufixa
fis-suri faziahum mina-l-ajdasi ila robbihim yansilun», manosi:
«Qiyomat soati kelib farishta Isrofilning suri chalanishi bilan
banogoh ular qabrlaridan parvardigorlari (huzuriga hisob-kitob
uchun) sugurilib chiqurlar», deyiladi. Bunda nufixa puflanmoq,
manosida bolib, nafas, yani puflash orqali oliklar tirilishi
aytilmoqda. Bu fikrni quvvatlagan holda Abdurahmon Jomiy:
Mani samo ki mikunad, fakih,
Gofil az sur va nufihat fih.
Manosi: ey fakih, samoni (musiqani) man qiluvchilar sur va
unga puflanishidan gofildurlar, deb nafas orqali nagma kuy
hosil qilinib, u insonga jon bagishlashini gofil va johil bandalar
bilmasliklarini yana bir bor takidlaydi. Bu fikrlarni tilshunos olim
Nafas Shodmonov «Òafakkur» jurnalidagi «Musiqa bu uygonish
demak» maqolasida yanada rivojlantirgan.
28
Sharq uygonish davrining olimlari ozlarining qomusiy asarlarida
musiqani matematikaning bir bolagi deb hisoblaganlar va osha
asarlarida oz davrida istefoda qilingan cholgular nomlarini ham
keltirganlar. Shundaylardan al-Forobiy oz risolalarida mizmar,
mizomir nomli (bulamonga oxshash) damli cholgular haqida
axborot bergan bolsa, al-Xorazmiy ozining «Mafatix al-ulum»
asarida torli va urma cholgular bilan birgalikda surnay va bulamon
sozlarini ham keltirib otgan.
Mahmud bin Masud Qutbiddin ash-Sheroziy (1236-1310) ning
«Durrat ut-toj li-gurrat id-diyboj» («Shoh tojini bezovchi noyob
28
N.Shodmonov «Musiqa bu uygonish demak», «Òafakkur», 1993,
3-son.
www.ziyouz.com kutubxonasi
42
dur») qomusiy risolasida damli cholgular tovush hosil etilishi
boyicha uch turga tasniflangan. Bular hushtaksimonlar, tilli-dudikli
va karnaylardir. Shuningdek, u cholgular pardalarini ijrochi ogzi
tomoniga qarab ochilib borishi natijasida tovushning balandlashuvi
va safillar (ïåðåäóâàíèå)ga doir malumotlarni ham keltirgan.
Darvish Ali Changiyning «Òuhfat us-surur» musiqiy risolasida
aytilishicha, Nayi Eban cholgusi XIII asrda yashab otgan
musiqashunos olim Safiuddin Abdulmomin al-Urmaviy tomonidan
ixtiro qilingan. U temirchilarning dam beruvchi meshini korib,
mazkur cholguni yasagan ekan
29
. Echki terisidan yasalgan meshning
uch tomonidan uchta qamish naycha tiqib ornatilgan bolib, bir
naychadan puflab havo toldiriladi. Ikkinchi naycha olti teshikli
bolib, asosiy kuy chalinadigan. Uchinchi naycha faqat bir ohang
(tovush) chiqaruvchi bolib, asosiy nayga jornavoz hisoblanadi.
Nayi Eban Xorazmshohlar davrida toy, sayil, harbiy yurish va
boshqa marosimlarda chalingan. Jaloliddin Manguberdining harbiy
yurishlari davrida u kopchilik xalqlar orasida tarqalgan bolib,
Sharqiy Ovrupada volinka, ojarlarda chiboni, ozarbayjonlarda tulum,
osetinlarda lalim, chuvashlarda sarnay va shunga oxshash nomlar
bilan atalgan. Mazkur soz hozirgi davrda Fransiya hukumati faxriy
qorovullarining ramziy cholgusi sifatida qollaniladi.
Bu davrda shaharlarning rivojlanishi turli hunarmandlar va
kasb egalarining dokon (dokon forscha manzil, qonimgoh,
uyushma)lari vujudga kelishi bilan mehtarlik (mehtar forscha
boshliq, zobit, rahbar) qoshlari, guruhlari paydo boladi. Ularning
tarkibi uch nafar (surnay karnay doira) dan to on besh nafargacha
bolgan sozandani oz safiga birlashtirgan. Mehtarlar ochiq havoda
chalinadigan cholgu ijrochilaridan tashkil topgan. Ularning vazifasi
kuchli musiqiy tovush sas, dabdaba va asasa bilan dushmanga
dahshat solish, lashkarlarga ruhiy madad berish, kuy chalib xalqni
jang boshlanganidan, qoshinning qaytib kelishidan, galaba
tantanasidan, xonning chiqishidan va boshqa voqea hamda bayram,
sayil va toy tadbiridan ogoh etishdan iborat bolgan. Mehtarlar
oz cholgulari imkoniyatiga yarasha turli navbalar chalishgan va
ular navbati murattab deb ham atalgan (navba arabcha kuylar
turkumi, navbati bilan chalinadigan tartiblashtirilgan asarlar).
Ayniqsa Xorazmshohlar davrida navbalar chalish ananasi juda
29
«Ñðåäíåàçèàòñêèé òðàêòàò ïî ìóçûêå Äåðâèøà Àëè XVII âåêà», ïðîô.
A.A.Ñåì¸íîâ. Ò., 1946. 20-bet.
www.ziyouz.com kutubxonasi
43
rasmiy tus olgan. Buning sababi Sultonmuhammad Olovuddin
Xorazmshohning ozi ham ud cholgusida mashq qilish va shatranj
oynashni juda xush korar, udda navbalar chalib ozini sozlagandan
keyingina arzxonaga chiqib fuqarolar arzini tinglar ekan. Shuning
uchun ham osha davrda musiqa sanati bilan birgalikda mehtarlik
ancha rivoj topgan.
Damli va zarbli cholgularning harbiy yurishlardagi ahamiyatini barcha
sarkarda va lashkarboshilar yaxshi bilganlar. Dushmanni faqat lovu-
lashkar, nayza, qilich, yoy bilan emas, balki uning yuragiga qulogi
orqali tovush-sas bilan dahshat va gulgula solish yoli bilan urushda
golib chiqishda karnay va nogoralarning oz orni borligini tan olganlar.
Ammo inson hayotida harbiy yurishlardan kora toy, bayram va
sayillar koproq bolgan, «Navroz», «Mehrjon», «Mina», «Qizil
gul» kabi bayram va sayillardagi ommaviy teatrlashgan raqs
oyinlarida ochiq havoda chalinadigan damli cholgular ularga jor
bolganligini, bunday marosimlarda xalqni yigish, ularga xush
kayfiyat bagishlash, ruhini kotarish kabi ezgu amallarni bajarishda
qol kelganligini etirof etish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |