3- §. Òorli plektorli cholgular
Ud
24
ananaviy cholgularning
eng qadimiysidir. Ijrochilik
amaliyotida mashhur bolgan ud turli
xalqlarda mavjud bolgan. Ajam
xalqlarida ud, Xitoyda pipa,
Ovrupada lyutiya, arablarda esa al-
ud nomlari bilan atalib kelingan.
Cholgu arablar mamlakatida
osadigan ud daraxtidan yasalgan.
Daraxt xushboy hid taratuvchilik
xususiyatiga ega bolgan.
Ud otmishdan ijrochilikda keng
qollanilgan, Orta asrlarda Forobiy,
Urmaviy
kabi
olimlarning
musiqashunoslik ilmiy-tadqiqotlari
uchun asos vazifasini otagan. XVI-
XVII asrlarga kelib ud cholgusi ornini boshqa cholgular
egallaganligi sababli amaliyotda kam uchragan.
Ozbekistonda ud cholgu sozi XX asrning 7080-yillarida
ijrochilik amaliyotida qayta tiklandi. Cholgular ansambli qatoridan
munosib orin topdi. Yakkanavoz cholgu sifatida ham omma orasida
keng tarqaldi. Cholguning Ozbekistonda qayta tiklanishda mohir
sozanda Rifatilla Qosimovning xizmatlari etiborlidir.
24
Ud sozi xususida: I.Rajabov. «Maqomlar masalasiga doir», Ò., 1963. 14
32-betlar va Ò.C.Âûçãî «Ìóçûêàëüíûå èíñòðóìåíòû Ñðåäíåé Àçèè» kitoblarida
batafsil malumotlar yoritilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
Ud cholgusining ulkan rezonatorli katta kosa va qisqa pardalar
boylanmagan dastasi mavjud. Kosa, odatda, bir-biriga mutanosib
holda yopishtirilgan 1012 ga yaqin qovurgasimon taxtachalardan
tayyorlanib yasaladi va ustki qismiga qopqoq yopishtiriladi. Qopqoqda
ovozning harakatini taminlab beruvchi uchta teshiklar bolib,
ular naqshlar bilan bezab yasaladi. Cholguning xarragi ham
qopqoqga zich holatda yopishtirib qoyiladi.
Cholgu dastasi kosaga mahkam biriktirib qoyiladi. Uning
boshlangich qismida quloqlar ornatiladigan qismi mavjud. Unda
11 ta torni tortish uchun moljallangan quloqlar joylashgan (5 tasi
ong va 6 tasi chap tomonida).
Ud sozi 5 juft va 1 ta toq torlardan iborat. Uning birinchi,
ikkinchi, uchinchi va tortinchi torlarining orasi kvarta intervaliga
sozlanadi. Òortinchi va beshinchi, beshinchi va oltinchi torlar orasi
katta sekunda intervali, yani 1 ton oraligida sozlangan. Zamonaviy
ozbek ud cholguchiligida esa, maqom kuylarini ijro etishda qulay
bolishini inobatga olgan holda tortinchi va beshinchi torlar oraligi
sekundadan kvartaga ozgartirilgan. Ayni paytda ud cholgusi
quyidagicha sozlanadi:
Ud sozining diapazoni 2 oktavani tashkil etadi:
Ud cholgusiga torlar avvallari ipdan eshilib tayyorlangan holda
taqilgan. Hozirgi davrga kelib ud cholgusining yuqoridan 1, 2, 3-
torlari suniy ichakdan yoki kaprondar taqiladi. 4, 5 va 6-torlar
pishitilgan ipak ustidan mis sim oralgan holda tayyorlanadi. Cholgu
maxsus tayyorlangan mezrob bilan ijro etiladi.
Ud cholgu ijrochiligida mohir sozandalardan Sulaymon
Òaxalov, Rifatilla Qosimov, Abdunabi Ziyoyev, Umarali Bulturov,
Odil Orziyev, Bayot Hamroqulov, Zulxor Òuropov, Rustam
Karimovlar zamonaga mos holda faoliyatlarini davom ettirmoqdalar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
Òanbur musiqiy cholgular orasida
qadimiysi va eng zabardasti hisoblanadi.
Òarixiy manbalarda ham qadim
zamonlardan xalqlar orasida tanbur,
tampura nomli cholgular keng
ommalashganligi
xususida
kop
malumotlar bayon etilgan. Forobiy, Ibn
Sino, Darvish Ali Changiy, Fitrat risola-
larida tanburning turli (tarixiy, shakliy,
tarkibiy namunalari va ijrochilik) xusu-
siyatlari ifodalangan.
Òanbur otmishdan xalq ijrochilik
amaliyotida keng qollanilib kelinganligi
sababli uning turlari ham bolgan. Orta
asrlarda kasbiy musiqaning shakllanishiga
tanbur ham ozining hissasini qoshganligi
munosabati bilan amaliyotda yetakchi sozlar
qatoriga kira boshlagan. Ozbek maqom sanatining shakllanishida
ham tanbur asos va yetakchi cholgu sifatida etirof etiladi.
«Sugd, keyinroq arab adabiyotida ruddan (barbat) keyin oz
mohiyatiga kora, deb yozadi musiqashunos A.Nazarov,
«Xuroson tanburi» ikkinchi orinda turishi korsatib otilganki,
uning eng keng tarqalgan «Buxorocha» sozlanishi haqida Abu Nasr
Forobiy yozgan edi... Forobiydan keyin Ibn Sino cholgu asboblari
tasnifining yangi tizimini taklif etadiki, unda Buxoro musiqa
amaliyotida qollanib kelingan cholgu asboblari: tanbur, barbat,
rud, chang, organ va boshqalarga alohida orin berilgan»
25
.
Forobiy ozining «Musiqa haqidagi katta kitobi»da tanbur
cholgusining ikki turi mavjudligi, yani Xuroson va Bagdod
tanburlari haqida malumotlar beradi. Òanbur Òemuriylar
davrining yetakchi cholgusi va hattoki mashhur sozanda Xoja
Abdulqodir uning yana bir turi «nay tanbur», yani kamon bilan
ijro etiladigan namunasi mavjudligi xususida malumot bayon etgan.
Ayni paytda tanbur maqom ijrochiligining yetakchi sozi hisoblanadi.
Òanbur etimologik nuqtai nazardan ikki sozdan iborat bolib,
tan tana, yurak, dil va bur (buridan sozidan) tirnovchi,
yani dilni tirnovchi degan manoni anglatadi. Ijrochilik amaliyotida
tanburning turli xillari (kichik tanbur, katta tanbur, hofiz tanbur
25
A.Nazarov. «Musiqa», // Buxoro sharq durdonasi, Parij, 1997, 128-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
26
va h.k.) mavjud. Shu bois ularning olchovi, kosa va dastalarining
hajmi turli xil boladi. Odatga kora, tanbur tut daraxtidan yasaladi.
Cholguning kosasi noksimon shaklda oyilib ishlanadi va unga
maxsus qopqoq yasalib qoplaniladi. Qopqoq boshqa cholgular
qopqoqlaridan farqli olaroq yoysimon shaklga egadir. Ovoz
tarannumini mutanosib shakllantirish maqsadida qopqoqning ikki
chetiga yaqin joyidan torttadan teshikchalar teshib qoyiladi.
Cholgu dastasining quyi tomoni kosaga ulanadi, boshlanish
tomonida esa torlarni tortib sozlashga moljallangan quloqlar(4)
joylashgan. Dastaga 16 ta pardalar boglangan. Ular ichakdan eshib
tayyorlanadi. Bundan tashqari 6 ta xas parda mavjud bolib, ularning
ikkitasi dastaga va torttasi qopqoqning ustki qismiga (boglangan
pardalarning davomiga) yopishtirilib qoyiladi. Odatda, tanbur
pardalari diatonik tovushqator asosida joylashtirilgan.
Oldindan qollanilgan tanburlarning bir pardasi (oltinchi)
ozraguvchan parda hisoblanib, ijro jarayonida asarning tovushqatoriga
moslab jildirilgan. Òanbur pardalari, har bir pardaning ozida 1
yoki 1,5 tongacha tovushlarni kotarish xususiyatiga egadir.
Òanburning qadimgi namunalari, risolalarda bayon etilishicha,
ikki torli bolgan. Ijrochilik amaliyotining rivoji va davrlar otishi
bilan unga uchinchi va tortinchi torlar tortilgan. Darvesh Ali
Changiyning takidlashicha, uning zamonasigacha tanburga ip
torlar tortilgan. Òakomillashish jarayonida esa tanbur tovushining
benazirligini taminlovchi kumush yoki mis simlar qadalgan.
Bizning davrlarimizgacha etib kelgan tanburlarga uch sim taqilgan.
Ularning ikki chetidagisi bir xil sozlanib, ortadagi tori ijroviy
asarga kora kvarta, kvinta yoki sekunda intervali oraligida joylashgan.
Òort torli tanburlarda (XX asrda ommalashgan) birinchi tovush
uchlanadi. Òanburning asosan birinchi torida ijro etiladi, qolganlari
aks sado beruvchi torlar hisoblanadi.
Òanbur «Shashmaqom» ijodiyoti va ijrochiligining etakchi
cholgusidir. Shashmaqom ijrochiligida tanburning simlari
quyidagicha sozlanadi. Buzruk, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlari
ijrosida kvartaga; Rost maqomida kvintaga va Navo maqomida
katta sekundaga sozlanadi. Ularning korinishi quyidagicha:
www.ziyouz.com kutubxonasi
27
Òanbur maxsus tirnoqsimon noxun bilan ijro etiladi.
Òanbur ijrochiligida mohirlikka erishgan sozandalardan ustoz
sanatkorlar Marufjon Òoshpolatov, Sulton tanbur, Risxi Rajabiy,
Matyusuf Xarratov, Gabriel Mullaqandov, Abdumutal Abdullayev,
Maxsudxoja Yunusov, Jorabek Saidaliyev, Òurgun Alimatovlarni
faxr bilan tilga olish joizdir. Ayni paytda ularning ananalarini
munosib davom ettirishda Òoyir Qoziyev, Abror Zufarov, Asror
Aslonov, Shuhrat Xolxojayev, Jamshid Isoqov kabi yoshlar
munosib ijod etmoqdalar.
Rubob ozbek ananaviy chertib
chalinadigan cholgu sozlaridan.
Musiqa ijrochilik amaliyotida
rubobning ikki turi mavjud afgon
rubobi va qashqar rubobi. Afgon
rubobi koproq akademik ijrochilik
amaliyotida qollaniladi. Ananaviy
rubob esa Qashqar rubobi nomi bilan
mashhur cholgudir. XX asrning
boshlarida gashqardan keltirilgan
rubobning takomillashgan varianti
sifatida ijro amaliyotida ommalashgan.
Òarixiy manbalarda rubobning turli
nomlari keltirilganligi xususida
www.ziyouz.com kutubxonasi
28
yuqorida aytilgan edi. Xususan, Darvesh Ali Changiy oz risolasida
rubob, Sulton Muhammad Xorazmshoh davrida (1200-1220) keng
ommalashgan va 4 ta ipli va 1 ta kumush torlari bolgan
26
- deb
keltiradi. Davrlar osha rivojlanib, takomillashib XX asrga kelib
hozirgi korinishda ozbek ananaviy cholgusi sifatida shakllangan.
Rubob ham ikki qismdan iborat bolib, kosaxona va dastadan
tashkil topgan. Uning kosasi butun daraxtdan oyilib (odatda tut,
orik va yongoq daraxtlaridan tayyorlangan), unga hayvon terisidan
parda qoplangan. Zamonaviy ruboblarga parda molning yurak
pardasidan va baliq terisidan tortiladi. Kosaning dasta bilan ulangan
joyining ikki tomonida yoysimon dekorativ shoxlar ornatilgan.
Ular kosa bilan birga oyilib ishlaniladi. Rubob dastasining boshlanish
qismida 5 ta quloqlar joylashgan. Dastaga 2123 tagacha misdan
tayyorlangan maxsus pardalar xromatik tarzda ornatiladi.
Rubobning 5 ta tori bolib, 1 tasi ichakdan va 4 tasi polat simdir. 1
va 2- torlar ikkilangan tartibda joylashadi va quyidagicha kvarta-
kvinta oraligida sozlaniladi:
Rubob 3 oktava (diapozon) oraligini qamrab oladi. Uning
pardalari xromatik tarzda joylashgan:
Rubob maxsus mediator yordamida ijro etiladi.
Rubobni zamonamizda keng targib etishda va har bir ozbek
oilasida munosib joy olishida Muhammadjon Mirzayevning
xizmatlari kattadir. Shu bilan birga ozbek rubob ijrochiligi rivojiga
26
Darvesh Ali Changiy, «Musiqiy risola», (prof. A.A.Semyonov), Ò., 1946.
1819-betlar.
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
oz ijodlari bilan munosib hissa qoshgan mohir sanatkorlar
qatoridan Abbos Bahromov, Sulaymon Òaxalov, Ari Boboxonov,
Adham Xudoyqulov, Qobul Usmonov, Qobul Oripov, Òohir
Rajabiy, Husan Nabiyev, Shavkat Mirzayev, Rifatilla Qosimov,
Shomahmud Shorahmetov kabi mohir rubobchi sozandalar
munosib orin olgan.
Qonun Markaziy va Orta Osiyo xalqlari orasida keng
ommalashgan musiqiy cholgu bolib, ozining jozibadorligi, oziga
xos tabiati va ijrochilik ananalari bilan bir qator Sharq xalqlari
musiqa madaniyatida alohida orin tutib kelgan.
Otmish allomalarining manbalarida
27
zikr etilishicha, qonun
cholgusi kohna qadimiy cholgulardan bolmish «nuzha»ning
orniga istemolga kirib kelgan va ozining qulay imkoniyatlari bilan
xalqlar orasida keng ommalashgan. Otmish davomida qonun
takomillashib mukammal cholgular qatoridan joy olgan.
Qonun yunoncha sozdan olingan bolib, tovushqator asosi bir
torli tarkibda tuzilgan «Monoxord» asbobiga berilgan nomdan kelib
chiqqan va XXI asrlardan qollanila boshlagan. Orta asrlar davrida
qonun cholgusining uzunchoq shakli, yoysimon nusxalari, tortburchak
namunalari amaliyotda bolgan va oziga xos tarzda ommalashgan.
Qonun cholgusining ilk namunasi oddiy shaklga ega bolsada,
XX asrga kelib ovozlarni moslashtirish va sozlash tizimiga xos katta
yangiliklar kiritilganligi kopchilikka ayondir. Yani, qonun
cholgusining imkoniyatlarini kengaytirish, tortilgan torlarda bir
nechta balandlikdagi tovushlarni chiqarish maqsadida maxsus
moslama yaratilgan. Bu moslamani «Urb» (Urba) nomi bilan atash
odatga kirgan.
Qonun cholgusiga kiritilgan maxsus moslamalarning soni, yani
urblarning qatori, diatonik yoki milliy ladlarning oziga xosligiga qarab
belgilangan. Ozbek musiqasining tovushqator tizimidan kelib chiqqan
holda, ayni paytda qonun sozida 2 qatorli urblardan foydalaniladi.
Qonun XX asrga kelib muayyan shaklga ega boldi. Uning
shakli trapesiyasimon bolib, bizning yurtimizda yongoq va tut
daraxtlaridan yasaladi.
27
A.Forobiy «Musiqa haqidagi katta kitobi», Abu Ali Ibn Sino «Ilmu iyqo»,
Abdurahmon Jomiy «Risolai musiqa», Abdurauf Fitrat «Ozbek klassik musiqasi
va uning tarixi», Ò.C.Âûçãî «Ìóçûêàëüíûå èíñòðóìåíòû Ñðåäíåé Àçèè»,
Abdulla Al-Kurdiy «Qonun sozini organish yollari» va h.k.
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
Qonun maxsus moslamalar yordamida ijro etiladi. Ular
amaliyotda, kastab noxun, risha mediator deb nomlanadi.
Qonunning pastki qismi tutdan yasalib, 4 mm qalinlikda boladi.
Ustki qismi yongoqdan yasaladi va u ham 4 mm qalinlikka egadir.
Qonunning ovozi va ijrosining nafisligi uchun turli jismlardan
foydalanilgan. Yani, cholgu teri bilan qoplanib, unga xarraklar
joylashtirilgan. Cholgudagi urblar, yani parda kotargich
moslamalari misdan yasaladi. Moslamaning qalinligi 3 mm dan
oshmasligi va silliq bolishi lozim va qonunning ustki qismiga
mustahkam va qulay tarzda ornatiladi. Qonunning quloqlari ham
metalldan emas, balki mustahkam daraxtdan yasaladi. Bizning
qonunlarning quloqlari orik daraxtidan yasaladi. Shayton xarrak
dekaning cheti, yani quloqlarning yonida, quloqlar va maxsus
moslamaning ortasida joylashgan. Shayton xarrak ham orik
daraxtidan yasalib, qalinligi 1,51,7 sm boladi. Har bir simga
maxsus teshikchalar oyilib, sim otkaziladi. Ularning soni simlarga
qarab belgilanadi (zamonaviy ozbek qonunida 78 ta sim mavjud).
Cholguning xarragi ustki va ostki qismlarga bolinadi. Xarrakning
Do'stlaringiz bilan baham: |