2- §. Òorli chertim cholgulari
Ozbek xalq cholgulari orasida torli hamda chertib ijro etiladigan
cholgularga dombira va dutor kiradi. Ushbu cholgular oz ijrochiligi,
tabiati, ovoz tarannumi bilan amaliyotda alohida ahamiyat kasb etib
kelgan. Shu bilan birga, xalq ijrochilik amaliyotida oz orni va
yonalishiga ega bolib, baxshi va sozandalar qolida, otmishdan
sozlovchi cholgular sifatida oz mavqeini saqlab kelmoqda.
Dombira
22
torli ozbek ananaviy cholgularidan
biri bolib, ayni paytda ozbek baxshichilik
sanatining yetakchi cholgusi hisoblanadi. Cholgu-
ning ikki torliligi va turli tovushlarga sozlanib bir
paytda ijro etilishidan, uni cholgu ijrochiligining
ancha shakllangan davrida yuzaga kelgan asbob, deb
qayd etadi V.Belyayev.
Dombira, tanburga nisbatan kosasi katta, dastasi
esa kalta, dutorga nisbatan dastasi kalta, kosasi
kichkina ikki torli cholgudir. Kosasining shakli
koproq tanburga oxshash bolib, asosan tut, yongoq
yoki orik daraxtidan oyib yasaladi.
Uning qopqogi tut daraxtidan yupqagina qilib
yasalgan. Dastasi esa unchalik uzun bolmagan va
maxsus pardalar ham boglanmagan. Cholguning
ikkita tori bolib kvarta kichik oktava lyare yoki lya bemol-re
bemol yoki lya-mi yoki lya bemol-mi bemol; kvinta lya-mi
yoki lya bemol-mi bemol oraligida sozlanadi. Diapazon ikki
oktavani qamrab oladi. Cholguning xarragi ham soz jussasiga mos
qilib bagri qattiq tut yoki yongoqdan yasaladi.
Dombirada ikki tor bir vaqtda chertilishi bilan birga alohida-
alohida ham ijro etiladi. Bu ijrochi baxshilarning badihasiga bogliq.
Cholgu alohida simlarda chertilganda har ikki toridan keng
foydalanilishi mumkin. Shu bilan birga chap qolni «pisikato» usuli
bilan ijro etish uslubi ham keng qollaniladi.
22
Dombira xalqlar orasida dombra, dombra, dumbra, dumbrak nomlarida
ham yuritilib kelingan. Ozbek baxshilari orasida dombira nomi koproq
ommalashgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi
21
Ozbekistonda dombira Surxondaryo, Qashqardaryo, Samarqand
vohalari baxshi-shoirlarining ijrochilik amaliyotida keng qollaniladi.
Dutor ozbek ananaviy chertim
cholgu sozlaridan biri. Uzoq otmishdan
xalq ijrochilik amaliyotidan munosib
orin egallab kelayotgan dutor, ayni
paytga kelib ananaviy ijro uslubiga xos
barcha guruhlar tarkibidan joy oldi.
Ananaviy yakkanavoz cholgu sifatida
shakllandi va yetakchi cholgular qatoriga
kirdi.
Dutorning tarixiy shakllanishi va
boshqa cholgular bilan uygunlik jihatlari
uzoq otmishga borib taqalsada, musiqiy
risolalarda XV asrdan boshlab tariflanib
keladi. «Forobiy malumotlariga qaragan-
da, Xuroson tanburi ozining koplab
belgilari bilan zamonaviy dutorni
eslatadi»
23
. Lekin, dutorning oz nomi va
uning barcha (shakliy, tarkibiy, ijroviy)
imkoniyatlari bilan ilk bor XV asrda yashab ijod etgan
musiqashunos olim Zaynullobiddin al-Husayniy ozining musiqa
ilmiga bagishlangan «Qonuni ilm va amali musiqiy» nomli risolasida
bayon etgan. Darhaqiqat, unda ikkita torli va ularning oraligi
kvarta intervalini tashkil etuvchi, dastasiga boglangan pardalari
on bitta bolgan dutor cholgu asbobi tariflanadi. Lekin, qayd
etish joizki, risolada tavsiflangan cholgu har tomonlama zamonaviy
dutor soziga yaqin. Farq faqat, shaklda deyish mumkin. Chunki
tavsiflangan dutorning kosaxonasi hozirgi zamon dutoridan oz
bolsada kattaroq, dastasi esa qisqaroqdir. Davrlar osha cholgular
ozgarish yoki mukammallashish jarayonini otashi muqarrardir.
Dutor Orta Osiyoning ozbek, turkman, tojik, qoraqalpoq
xalqlari orasida keng ommalashgan cholgudir. Qayd etish joizki,
har bir xalq dutorining oz bolsada, oziga xoslik jihatlari mavjuddir.
Dutor ikki torli cholgu asbobidir. Odatga kora, tut daraxtidan
tayyorlanadi. Cholgu ikki asosiy qismlarga bolinadi: a) kosaxona
(rezonator); b) dasta. Cholguning kosasi 1012 ta yupqa
23
O.Matyoqubov, «Maqomot», 2004, 277-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi
22
qovurgachalarni bir-biriga birlashtirib yopishtirish orqali hosil
qilinadi va uning ustki qismi maxsus qopqoq bilan qoplanadi.
Cholguning kosasida torlar ilinadigan maxsus moslama, yani
ilgichlar ornatiladi. Dutorning dastasi cholgu jussasiga qarab
belgilanadi. Unda 1415 ta pardalar mavjud bolib, ular ichak,
zamonaviy jarayonda jilka (suniy ip)dan boylanadi va torlari
ipakdan eshilib tayyorlanadi. Ananaviy dutor pardalari diatonik
tovushqator tarkibida joylashgan. Dastaning boshlanish qismida
esa, ikkita maxsus quloqlar joylashgan. Quloqlar iplarni tortish va
cholguni sozlash uchun qollaniladi. Cholguda ovoz taran-
numining sof holda taralishi uchun ikkita xarrak ornatiladi.
Cholguning yuqori qismida joylashgan xarrak shayton xarrak
deyiladi va birinchi parda bilan quloqlar mobaynida joylashadi. Pastki
xarrak maxsus shaklda yasaladi va cholguning sozlanishiga kora
qopqoq ustiga ornatiladi.
Dutor ozbek xalq cholgulari orasida ozgaruvchan xususiyatli
cholgular tarkibiga kiradi. Shu bois, bu toifadagi cholgularning sozlari
(torlari) ijro uchun kerakli parda (tovush)ga sozlanib olinadi. Dutor
ijrochilik amaliyotida ijro etilayotgan asarga qarab turlicha, yani kvarta,
kvinta, qoshtor (unison), oktava va sekunda intervaliga sozlanadi.
Ijrochilik amaliyotida, ananaviy ijro uslubida kvinta sozi keng
qollaniladi. Kvarta-Òanovor sozi, unison-qoshtor, oktava-Bayot
sozi nomlari bilan ham yuritiladi.
Sekunda va tersiya intervali asosida sozlash zamonaviy jarayonda
juda kam qollaniladi.
Dutor cholguning ijroviy diapozoni quyidagicha:
Dutor ananaviy cholgular orasida turli va rang-barang zarblarga
boy, nafis va nazokatli, falsafiy ovozga boy cholgu soz sifatida turli
yoshdagi ijrochilar amaliyotida keng qollanilib kelinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
Ozbekistonda dutorning xalq ananaviy va hududiy ijrochilik
uslublari mavjuddir. Hududiy uslublarga Fargona-Òoshkent va Xorazm
dutor ijrochilik maktablari kirib, har biri ozining xususiyatlariga ega.
Xorazmda esa maxsus dutor maqomlari ham shakllangan.
Ijrochilik amaliyotida mohirlik darajasiga erishgan xalq dutorchi
sozandalaridavn Mahmud Yunusov, Gulomjon Qochqorov,
Faxriddin Sodiqov, Zokirjon Obijov, Orif Qosimov, Nurmuham-
mad Boltayev, Pahlavon Rasulov, Yusuf Jabborov, Òurgun
Alimatov, Sayfiddin Yoldoshyev, Ismatilla Rahmatillayev,
Abdurahmon Hamidov, Malika Ziyoyeva, Ahmadjon
Abdurahmonov kabilar doimo xalqimiz ezozida bolib kelganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |