77
10 -j a d v a I Xo'jalikda ichki yer tuzish bo'yicha bajarilgan ishlarning hajmi va qiymati
Ko'rsatkichlar
|
1971-1975 y.
|
1976-1980 y.
|
1981-1985 y.
|
Xo'jaliklarda ichki yer tuzish loyihalari soni
|
13379
|
18897
|
19228
|
Yer tuzish o'tkazilgan xo'jaliklarning umumiy maydoni, mln.ga
|
166,5
|
238,7
|
243,7
|
Mualliflik nazorati o'tkazilgan xo'jaliklar soni va tuzatish kiritilgan loyihalaming umumiy soni
|
9895
|
18193
|
20000
|
Xo'jaliklarda ichki yer tuzish bo'yicha ishlarning umumiy qiymati (oldin tuzilgan loyihalarga tuzatishlarai va mualliflik nazorati bo'yicha ishlarni qo'shib), mln so'm
|
78,6
|
93,9
■
|
98,9
|
Dehqonchilik madaniyatini va qishloq xo'jalik ishlab chiqarishi samaradorligini o'stirish zarurati sababli, respublikalar Giprozemlari 1984-yildan 1988-yilgacha bo'lgan davrda kolxozlar va sovxozlarda dehqonchilik tizimlarini joriy etish, buzilgan almashlab ekishlarni tezatish, eroziyaga qarshi tadbirlami loyihalash, almashlab ekishlarni yiriklashtirish bilan bog'liq yer tuzish ishlarini olib bordilar. Yer tuzish xizmati yer - baholash ishlarining bir necha turlarini o'tkazishdabevosita ishtirok etdi va yerlarni xo'jalikda ichki baholashni amalga oshirishga kirishdi. Yer tuzish chizmalarini ishlash va xo'jaliklararo yer tuzish bo'yicha ishlar ham davom ettirildi.
Shunday qilib mamlakatda yer tuzish ishlarining yerdan foyda-lanishni rejalashtirish, bashoratlash va loyihalash, hududni tashkil etish, tuproqlar unumdorligini oshirish bilan bog'liq masalalarni bajarish imkoniyatiga ega ma'lum tizimi tarkib topdi.
Shu bilan bir qatorda, yerdan foydalanishni tashkil etishda jiddiy kamchiliklar saqlanib qoldi. Qator xo'jaliklarda qabul qilingan yer tuzish loyihalariga amal qilinmadi, doimiy ravishda almashlab ekish loyihalari, haydalma yerlarni dalalar ichida tashkil etish, ozuqa yetish-tiriladigan yerlardan oqilona foydalanish tartiblari buzildi, tuproqlarni
78
eroziyadan himoya qilish bo'yicha choralar amalga. .oshirilmadi. Tumanlarda, viloyatlarda, respublikalarda ASM rivojlanish rejalari, boshqa boshqaruv qarorlari ko'pchilik hollarda yer tuzish organlari bilan kelishilmadi va yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish talablariga javob bermadi. Xo'jaliklar yerdan foydalanishlarining turg'unligi tez-tez asossiz buzildi, ulajming chegaralari va maydonlari buyruqlar bilan o'zgartirildi. Bularaiing hammas.i qishloq xo'jalik korxonalarr iqtisodiyotiga jiddiy zarar etkazdi, tuproqlar unum-dorligining pasayishiga, eroziya jarayonlarining rivojlanishiga, qayta sho' rlanishga va boshqa salbiy oqibatlarga olib keldi.
80-yillarda ekologik vaziyat, shu jumladan yerdan foydalanish sohasida, sezilarli darajada keskinlashdi. ASM rivojlanishi va yerdan foydalanish rejalarining o'zaro bog'liqligi ta'minlanmaganligi, ekin maydonlarining nooqilona tarkibi, og'ir qishloq xo'jalik mashina-larini, texnikasini nojoiz qo'llash mamlakatning ko'plab tumanla-, rida tuproq unumdorligining pasayishiga, tuproqlarning qayta zich-lanishiga, eroziya jarayonlarining rivojlanishiga olib keldi.
1981-yildan 1987-yilgacha har yiliga melioratsiya tadbirlari,; melioratsiyalangan yerlarni o'zlashtirish, daraxtlarni ekish, yerlarni yaxshilash, ulardan oqilona foydalanish uchun daylat va kolxozlar mablag'lari hisobiga qilinadigan kapital xarajatlar sobiq ittifoq bo'yicha 10 mlrd. so'mdan oshib ketdi, shulardan faqat 4% yerlarni himoya qilish va tuproq eroziyasiga qarshi kurashishga to'g'ri keldi. Katta meliorativ holati yomon yerlarda ularni yaxshilash bo'yicha hech qanday ishlar qilinmadi.
Yerdan foydalanish ishlari notekis bo'lib qolaverdi. 1966-1985 yfflarda besh-yilda o'rtacha 218 mln. ga maydondagi 17 mingdan ko'p xo'jaliklarda qayta yer tuzish o'tkazildi. Shu yillarda hududda qayta tashkil etiladi. Xo'jalik 120,6 mln. ga maydondagi 9,6 ming, har yili o'rtacha 2 ming atrofida. Qator hollarda yerdan foydalanishlarning va ishlab chiqarishning tarkibi, o'lchamlari o'zgarishi yer tuzish loyihalarini amalga oshirish darajasidan o'zib ketdi. Bu yerdan foy-dalanishda ortiqchalikka, qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorligi pasayishiga olib keldi; tarmoqning qiymat ko'rinishidagi yalpi mahsuloti hajmi 30% gaeha kamaydi, ko'p hollarda o'ylangan yer tuzish ishlari tizimi bir martalik tezkor kompaniyalar (almashlab
79
ekishlarni yiriklashtirish, dehqonchilik tizimlarini joriy etish, chor-vachilik majmuaiarini joylashtirish va ularriirig ozuqa bazasini asoslash, yerlarni inventarizatsiyalash) bilan almashtirildi.
80-yillar oxirida yuzaga kelgan buyruqbozlik iqtisodiyotming umumiy tangligi tub islohotlarni, shyjumladan, yer munosabatlari sphasida ham o'tkazish zaruratiga olib keldi,
Do'stlaringiz bilan baham: |