S. A. Salixov «patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanidan Darslik toshkent – 2010


Tekshirishning mikrobiologik usullari



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/94
Sana31.03.2022
Hajmi1,15 Mb.
#521299
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94
Bog'liq
PATENTSHUNOSLIK-LITSENZIYALASH-VA-SERTIFIKATLASH

Tekshirishning mikrobiologik usullari.
Mikrobiologik tekshirishlar oziq-ovqat mahsulotlarida kishi organizmi 
uchun zararli hamda mahsulotlarni saqlash paytida ularni buzadigan mikroblar 
borligini aniqlash uchun o’tkaziladi. Ozuqa moddalarida patogenli mikro flora bor-
yo’qligini tekshirish ishlari sanitariya muassasalarida olib boriladi. Oziq-ovqat 
laboratoriyalarida mikrobiologik tekshirishlardan boshqalarga nisbatan ko’proq 
shisha tayoqchasi va jelatinni suyuqlashtiruvshi mikroblarni umumiy sonini, 
shuningdeq ishlab chiqarishning turli bosqichlarida va tayyor mahsulotlarni 
saqlash paytida paydo bo’ladigan pupanak va achitqilarni aniqlash uchun analizlar 
o’tkaziladi. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun belgilangan ko’pchilik standartlarda 
yo’l qo’yilish mumkin bo’lgan mikroblar miqdori va titra-koli miqdori ko’rsatilgan 
bo’ladi. Oziq-ovqat mahsulotlarining mikrobiologik holati uning sifatiga baho 
berishda katta ahamiyatga ega va uning yaxshi sotilishini ta’minlaydi. Resurslar 
sarfi texnika texnologiya darajasiga bog’liq bo’ladi. Bu daraja qanchalik yuqori 
bo’lsa, ehtiyojlarni qondirish shu qadar kam resurs talab qiladi yoki aksincha. 
Masalan, eski texnologiya sharoitida 1O so’mlik mahsulot olish uchun bir kvt. 
elektr energiya sarf qilinsa, ilg’or texnologiya sharoitida 0,5 kvt. sarflanadi, demaq 
energo resurs birligi evaziga ikki barobar ko’p mahsulot olinadi. Sanoatdagi ilg’or 
tajriba hamda ilmiy ma’lumotlarning kengayishi chiqarilayotgan mahsulot sifatini 
oshirish uchun kurashning navbatdagi, butunlay yangi bosqich uchun shart-
sharoitlar mavjudligini ko’rsatadi. Mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirish 
doimo bozor qonunlari asosida iste’molchilarni talabini o’rganib borishni davlat 
miqyosida amalga oshirish kerak. Ishlab chiqarish tovarlarga iste’molchilarning 
talabi bo’lmasa, bu tovarlarni yaratish ularni ishlab chiqarishga tadbiq etish yangi 
tovarlarin sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash to’grisidagi dastur va ishlab chiqarish 
tamoyili bilan bir vaqtda amalga oshirish kerak bo’ladi. Hozirda xalqaro sifat 
bozorida resurslar taqsimot va rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarish tovarlar tipi 
yuqori sifat ko’rsatkichlariga ega ekanligi bu dunyo miqyosida texnika 
texnologiyani rivojiga yangi-yangi uskunalarni yaratishga ishlab chiqarish tovarlari 
raqobatini oshirishga olib bormoqda, shu borada rivojlangan mamlakatlar 
zamonaviy uskunalar bilan o’zlarining ishchi korxonalarining yangidan tashkil 
etilishi, shu davlatlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish potensiali oshib borichiga 
olib kelmoqda. 
2.2.2. Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashda normativ-texnik hujjatlarni 
roli
Hozirda qo’shma korxonalarni barpo etish O’zbekistonda ishlab chiqarish 
mumkin bo’lgan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishga xizmat 
qilmoqda. Normativ texnik hujjatlarda GOST mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarni 
boshqarish deb, ishlab chiqarishda texnika texnologiya bilan ta’min etilishidir. 
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari ishlab chiqarishga kiritishda ishlab chiqarish 
davrida ish uskunalarini ishlash potensiali yaxshi darajada bo’lishini ta’min etadi. 
166


Iste’molchilar talabini doimo qondirishda sifat ko’rsatmalarini boshqarish ma’lum 
tomonga yo’naltirish uchun qilinadigan barcha shemalar va ishlab chiqarish uchun 
ta’sir etadigan barcha faktorlar mahsulot-larni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashda 
asosiy omil hisoblanadi. Ishlab chiqarish potensialini boshqarishda sifatli 
mahsulotlarni yaratishda 4 ta faktor katta rol o’ynaydi.
1) Ishlab chiqarishdan oldingi davr -proektlash ya’ni loyihalash davri 
deyiladi.
2) Mahsulotlarni ishlab chiqarish davr.
3) Mahsuloglarni etkazish ya’ni realizastiyalash davri.
4) Mahsulotlardan foydalanish ya’ni iste’mol davri.
1-davrda, ishlab chiqarishga kerak bo’lgan mahsulotlarni rejalashtirish 
davrida shunga o’xshash mahsulotlarni o’rganish orqali yangi mahsulotlarni sarf 
ko’rsatkichlarini yuqori darajaga etkazishni ta’minlovchi omillarni o’ylab topish 
lozim. Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni esa talab va taklif bo’lgani uchun har 
bir ishlab chiqarilgan tovarga iste’molchilarni qo’ygan talabi katta ahamiyatga ega. 
Shuning uchun bozor sharoitida iste’molchilarni talabi davriga nisbatan ishlab 
chiqarish korxonalariga doimo yangi taklif beriladi. Shu sababli tovarlarning sifat 
ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib borishligi va ularning bozor sharoitida 
raqobatdoshligi oshib boradi. Shuning uchun xalq xojaligida yangi turdagi 
sigmentlar bunyod etiladi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlarning sifatlari yaxshilanib 
ularga bo’lgan talab ortadi. Shuning uchun bozor sharoitida ishlab chiqarish 
strukturasi bilan iste’molchilar orasida doimo raqobat sodir bo’ladi. Shuning uchun 
bozor sharoitida ishlab chiqarishdagi korxonalarga mahsulotni ishlab chiqarish 
davrida ularning sifatiga qo’yiladigan talablar doimo o’zgaruvchan bo’ladi. 
Shuning uchun tayyorlangan mahsulotning sifatini har tomonlama tahlil qilib 
ularning iqtisodiy barqarorligini chiqarilayotgan mahsulotni miqdori, ularning 
potensialiga ya’ni korxona uskunalariga, quvvatiga, xom-ashyo sifatiga bog’liq. 
Shuning uchun mahsulotlarning sifatini boshqarish yangi assortimentdagi 
mahsulotlarni yaratish ishlab chiqarishni rivojlantirishga texnologiyalarni 
yaratishga asosiy omil bo’ladi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish